Get Mystery Box with random crypto!

Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi krepeduz — Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal K
Telegram kanalining logotibi krepeduz — Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @krepeduz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 301
Kanalning ta’rifi

▪️ "KREATIV PEDAGOG" loyihasining rasmiy telegram kanali
- Zamonaviy metodlar;
- Foydali maslahatlar;
- Qiziqarli maqolalar.
🏆 Krepeduz natijalari: @Ustozlar_fikri
📲 Murojaat uchun: @krepeduz_admin
Reklama 👉 @krepeduz_support

Ratings & Reviews

1.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 75

2022-05-10 16:05:00 #tahliliy_maqola

"O'zgaruvchan dunyoga qanday qilib moslashish mumkin?"

Mega dunyo mikro dunyolardan tashkil topgan. Biz muayyan bir tarzda dunyo rivojlanishida ishtirok etamiz. Siz o'qituvchi sifatida bu o'zgarishlar asoschisisiz. Hayot bu katta maktab. Bunda o'qituvchi ulkan bilim va tajribasini o'z farzandlari, jamiyat yoshlari hamda kelajagimiz davomchilariga o'rgatib boradi

Dunyo kundan kunga o'zgarib, rivojlanib borar ekan, bunda eskicha yashaydiganlar ortda qolib boraveradi. Poyezdni old lokomotivi tortgani singari, jamiyatni ham olg'a tortadigan kuch bu - o'qituvchilardir.

O'zgarishlar va rivojlanish ichkaridan tashqariga prinsipi asosiga qurilgan. Kapalak dastlab oddiy qurt edi, u pillani ichkaridan o'z kuchi ila yorib chiqqani uchun u go'zal kapalakka aylandi va parvoz zavqiga erishdi.

Siz o'z farzandlaringizga, jamiyatning farzandlariga kechagidanda yaxshiroq bilim bermoqchi bo'lsangiz, vaqtida o'zingiz shunday bilimni egallashingiz kerak. Buning uchun, o'zgarish va rivojlanishga qat'iy o'zingizda kuch topa biling.

Ishonamiz, siz bunday bilim va mahoratni qayerdan o'rganishni bilasiz.

Vaqtida qabul qilinmagan to'g'ri qaror - noto'g'ri qarordir.

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
5.8K viewsedited  13:05
Ochish/sharhlash
2022-05-10 13:00:07 O'zbekiston va Finlandiya ta'lim tizimidagi 13 ta farq

11-farq.

Finlandiyada hech bir o'quvchi rassomchilik bo'limida o'qib, matematikadan dars qilib o'tirmaydi. Mamlakatimizda o'quvchilar matematikadan zerikishadi va daftarlariga rasm chizishadi.

Keyin matematika o'qituvchisi bolani rasm darsida "ushlaydi" va uni matematikadan o'qishga olib boradi. Tizim shunday ekan, tizimning samarali shaxslarni ishlab chiqarishini kutish, albatta, qiyin.

Ammo, o'quvchini darsga qiziqtirish uchun pedagogdan ham kuchli mahorat talab qilinadi. Siz ham o'z mahoratingizni rivojlantirishga shoshiling!

Kurs haqida batafsil ma'lumot:
@Krepeduz_info

Kursga ro'yxatdan o'tish:
@Krepeduz_admin

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
5.8K views10:00
Ochish/sharhlash
2022-05-10 09:33:10 Samarali o'qituvchining 10 ta samarali odati

1- odat. O'qitishni yoqtiradi

O'qituvchilik siz uchun juda yoqimli va foydali soha bo'lishi kerak (garchi ba'zida charchoqni his qilsangiz ham). Agar siz bolalarni sevsangiz va ularga yuragingiz bilan g'amxo'rlik qilishni xohlasangiz, o'qituvchilik siz uchun eng munosib kasbdir. Siz o'quvchilar bilan quvnoq darslar tashkil qilishingiz kerak.

Agar siz faqat darslikdagi ko'rsatmalarni o'qib chiqsangiz va shu bilangina cheklansangiz bu samarasiz. Buning o'rniga, darslaringizni iloji boricha interaktiv va qiziqarli qilish orqali jonli qiling. O'qitishga bo'lgan ishtiyoqingiz har kuni ko'zlaringizda porlasin. Har bir ta'lim daqiqasidan to'liq rohatlaning. Siz bunga qodirsiz!

Qolgan 9 ta samarali odatni ham o'zingizda shakllantirishni istasangiz, kanalimizni kuzatib boring! Biz sizga eng yaxshisini ulashamiz:)

Eslatib o'tamiz, "Kreativ Pedagog" kursining yangi guruhiga qabul tugashiga oz fursat qolmoqda! Shoshiling joylar soni cheklangan! Darslar 16-may kunidan start oladi.

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
5.8K views06:33
Ochish/sharhlash
2022-05-10 06:00:02 #mulohaza

Ikki bo'ri...

Bir paytlar keksa va dono hind nabirasiga bir muhim haqiqatni ochdi:

– Har bir odamda ikkita bo'rining kurashiga o'xshash jang ketadi. Bitta bo'ri yovuzlikni anglatadi: hasad, rashk, pushaymonlik, xudbinlik, shuhratparastlik, yolg'onchilik …

Boshqa bir bo'ri yaxshilikni anglatadi: tinchlik, sevgi, umid, haqiqat, mehribonlik, sadoqat …

Bobosining so'zlari qalbiga teggan nabira bir necha lahza o'ylanib qoldi va so'ng so'radi:

– Oxirida qaysi bo'ri g'olib chiqadi?

Keksa hind tabassum bilan jilmayib, javob berdi:

Sen boqqan bo'ri doim g'alaba qozonadi.

Xo‘sh, siz qaysi birini boqayapsiz?

Hikoya yoqqan bo'lsa uni o'quvchiliaringizga ham aytib bering!

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
6.8K views03:00
Ochish/sharhlash
2022-05-09 17:44:53 "Sohil koptogi," Qarmoq", "Qarsak" va "Avtofokus" metodlarni qo‘llab yosh avlodning ilmga bo‘lgan qiziqishini orttirib boryapman!

Bizning bugungi kreativ qahramonlarimizdan biri, Kuanisheva Nodira ustozimiz salkam 25 yildan buyon boshlang'ich ta'limda yosh avlodga bilim berib kelmoqda.

Ustozimiz o'z hamkasblari bilan birgalikda "Kreativ Pedagog" kursida o'qigan va kasbiga yangicha yondashuvlar kiritgan pedagoglarimizdandir. Qahramonimiz kurs haqida o'z fikrlarini quyidagicha bayon etdilar:

"Kreativlik" shaxsni rivojlantiruvchi kategoriya sifatida inson tafakkuri va ma‘naviyatining ajralmas qismi hisoblanadi. "Kreativ Pedagog" kursi esa, har bir o‘qituvchida ana shunday ma'naviyatni rivojlantirishda o‘zining ulkan hissasini qo‘shib kelmoqda desam adashmayman.

Bizning jamoamizdagi barcha o‘qituvchilar yuzlab ilmga chanqoq yoshlarga shu kurs tufayli yangicha bilim berib kelishmoqda. Maktabimizda qotib qolgan eski metodlardan voz kechib, "Kreativ Pedagog" kursida o‘rgangan metodlardan foydalanib dars o‘tib kelmoqdamiz.

Ta'lim jarayonidan fotolavhalar

Jumladan men darsimda "Sohil koptogi," Qarmoq", "Qarsak" va "Avtofokus" metodlarni qo‘llab yosh avlodning ilmga bo‘lgan qiziqishini orttirib borayapman. "Kreativ Pedagog" kursi kasbimizda uchraydigan muammolarga kreativ yechim topishda ko'maklashmoqda.

Ushbu kursga o'z minnatdorchiligimni bildiraman!

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
6.2K viewsedited  14:44
Ochish/sharhlash
2022-05-09 08:20:24 Sifatli ta'lim bor joyda - "Kreativ Pedagog" o'qituvchilari bor.

Ta'lim tizimi rivojlanib borgani sari, yetakchi hamda kreativ o'qituvchilarga bo'lgan talab ham oshib boradi. Bu hech kimga sir bo'lmagan haqiqat. Xalq ta'limi vaziri Baxtiyor Saidov ham ayni shu haqida ta'kidlab o'tgani bejizga emas. O'zbek ta'limi katta o'zgarishlar va ulkan rivojlanish bo'sag'asida turibdi.

O'zbekiston ta'limiga innovatsion yondashuvi bilan kirib kelgan "Kreativ Pedagog" loyihasi o'z mavqeyiga ega bo'lib ulgurdi. Loyihaning asosiy maqsadi - bir o'qituvchiga ta'lim berish orqali butun avlod ta'limiga hissa qo'shishdan iborat!

"Kreativ Pedagog" kursi 2021-yil 5-apreldan beri faoliyat yuritib keladi. Ushbu qisqa fursatda, Kursda 30 ta guruhda 2500 dan ortiq o'qituvchilar o'qib, darslarini sifatli va mazmunli o'ta olishga erishishdi.

Ayni vaqtda, Kursda 031, 032, 033-guruhlar ta'lim olishmoqda. Ushbu 3 ta guruhda darslar qizg'in tarzda olib borilmoqda. 033-guruhda Toshkentning eng yaxshi xususiy maktablaridan biri Merit maktabi o'qituvchilari o'qishmoqda.

Sizda esa 16-may kunidan boshlanadigan 034-guruhda o'qish imkoni bor

Krepeduz INFO - batafsil ma'lumot
Adminstrator bilan bog'lanish

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
6.0K viewsedited  05:20
Ochish/sharhlash
2022-05-09 07:00:05 Konkursda ishtirok eting va chegirmani qo'lga kiriting!

Yuqoridagi so'rovnomaga asosan, "Kreativ Pedagog" kursi ajoyib chegirmali konkursni e'lon qiladi!

Konkurs shartlari judayam oddiy bo'lib, unda barcha ustozlarimiz birdek ishtirok etishlari mumkin! Konkursda qatnashish uchun quyidagi shartlarni ketma-ketlikda bajarishingiz kifoya:

@Krepeduz_info kanaliga kirib, undan 70 ta darsning to'liq tahlilini o'qib chiqishingiz kerak.

70 ta darsdan o'zingizga yoqqan 5 tasini tanlang va nega aynan shu darslarni tanlaganingiz to'g'risida metodlar va muammolarni ochib beruvchi motivatsion xat yozib, @Kreped_aloqarobot ga yuboring!

"Kreativ Pedagog" kursi haqida (kurs tartibi, kurs darslari, narxi va maqsadi) to'liq ma'lumotga ega bo'ling!

Yuqoridagi shartlarni to'liq bajargan, dastlabki 100 kishiga "Kreativ pedagog" kursi kursda ishtirok etishi uchun 10% lik CHEGIRMA taqdim etadi.

Murojaatlar 24 soat ichida qabul qilinadi va g'oliblar darhol aniqlanadi! Shoshiling, sizda g'olib bo'lish imkoniyat mavjud!

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
5.6K viewsedited  04:00
Ochish/sharhlash
2022-05-09 06:00:03
Konkursda ishtirok etib, "Kreativ Pedagog" kursi uchun chegirma yutib olishni istaysizmi?
Anonymous Poll
72%
Ha, istayman
21%
Ajoyib bo'lardi
7%
Men kursda o'qiganman
1.0K voters5.3K views03:00
Ochish/sharhlash
2022-05-08 18:25:57 "Kreativ Pedagog" kursining ishonchlilik darajasi!!!

Kursning ishonchlilik darajasi maksimal 100% hisoblanadi. Buni bir necha faktorlar isbotlab beradi. Siz pedagog sifatida e'tiborli bo'lishingiz va xavfsiz bilimga ishonchli sarmoya kiritishingiz uchun quyida sizga Kursning 3 ta ishonchlilik darajasini keltirib o'tamiz:

1. "Kreativ Pedagog" loyihasi o'tgan 12 oyda 2500 dan ortiq o'qituvchilarni o'qitdi. Kursda o'qigan barcha o'qituvchilar maksimal natija bilan darsni sifatli tarzda o'tish darajasiga erishdilar. "Kreativ Pedagog" jamoasi o'z natijalaridan faxrlanadi. Sizga ham birma-bir natijalarni o'qib chiqishni tavsiya etamiz:

Natijalar bilan tanishib chiqing: @Ustozlar_fikri

2. Loyiha faoliyatini 2021-yil 5-aprel kunidan boshlagan. Kursning ilk 001-guruhiga ham aynan shu sanadan darslar boshlangan. "Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal" imizni hozirda 26,000 dan ziyod aktiv o'qituvchilar kuzatib borishadi. Shundan 10% qismi Kursda o'qishgan ustozlar hisoblanadi.

Kanalimiz faoliyati bilan tanishib chiqing: @Krepeduz

3. Kurs mukammal tarzda tuzilganligi borasida ham ishonchli ma'lumotlarni sizlarga taqdim etamiz. "Kreativ Pedagog" kursi o'tgan 1 yilu 1 oy davomida 32 ta darsdan iborat bo'lgan bo'lsa, endilikda o'tgan mart oyidan boshlab darslar soni 70 tani tashkil etmoqda.

Kursning maktab ta'limidagi barcha fan o'qituvchilariga birdek mos kelishi eng muhim jihatidir.

Yana bir eng muhim jihati bu - Kursni siz istalgan vaqtingiz, qachon vaqtingiz bo'lsa shunda o'rgana olishingizda. 70 ta darsning barchasi sizda 1 yil saqlanishi kafolatlanadi

Kurs mundarijasi bilan tanishib chiqing: https://t.me/Krepeduz/3591

Kurs tartibi va har bir metod haqida batafsil o'qib chiqing: https://t.me/krepeduz_info/56

Ro'yxatdan o'tish uchun: @Krepeduz_admin
6.0K viewsedited  15:25
Ochish/sharhlash
2022-05-08 10:53:50 Nega "Kreativ Pedagog" kursiga 120 ming so'm narx belgilangan?

Bugun juda ko'pchilikka qiziq bo'lgan savolga batafsil javob berishga harakat qilamiz. Nega kursga narx belgilangan va aynan 120 ming?

Birinchi navbatda biz kurs bizga nega kerakligini tushunib olishimiz kerak! Misol uchun siz hali yangi o'qituvchisiz va hech qanday ish tajribasiga ega emassiz. Siz o'zingizning shaxsiy ko'nikmalaringizni va metodlaringizni shakllantirish uchun eng kamida 5-10 yil sarflaysiz. Shu muddat ichida juda katta qiymatga teng bo'lgan vaqt, energiya va sog'ligingizni yo'qotasiz.

Yoki boshqa misol, sizning ko'p yillik va yetarli darajada tajribangiz bor. Ammo siz qo'llayotgan metodlar XXI asr avlodlari uchun samara bermayapti. Buning oqibatida esa yana sizda muammolar vujudga kelayapti! Shu sababli siz ta'lim berishning yangi (samarali) yo'llarini topishingiz kerak! Bu esa sizdan yana shuncha vaqt va energiyani talab qiladi. Siz yana shunday yo'qotishlarga tayyormisiz?

Kurslar esa aynan shu kabi "katta yo'qotishlar" ni oldini olish uchun tashkil qilinadi. Yana bir misol sifatida "Kreativ pedagog" kursini oladigan bo'lsak, 1 oylik, 70 ta darsdan iborat bo'lgan intensiv kurs. Bu nima degani?

70 ta dars bu:
- butkul yangi 70 xil metodni o'rganishga imkoniyat;
- ishingizdagi 70 ta muammoga yechim (shovqinli sinf, stress, qoloq o'quvchilar kabi);
- siz qilishingiz mumkin bo'lgan 70 ta xatoni oldini olish;
- va kamida 5-10 yillik tajribaga 1 oyda ega bo'lish deganidir.


Kursning 120 ming ekanligi bu nisbiy narx. O'zingizga savol berib ko'ring, balki, shuncha muammoga yechim bera oladigan, sizga Jahon ta'lim uslublarini qisqa fursatda o'rgatadigan Kurs 120 mingga arziydimi?

Endi savol: Siz o'z vaqtingizni, energiyangizni va sog'ligingizni (asablaringizni) qanchaga baholaysiz? Uning qiymati qanday?
Xulosa o'zingizdan!

16-maydan boshlanadigan Kursga joylar soni kam qoldi!
Hoziroq murojaat eting -
@Krepeduz_admin

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
5.8K views07:53
Ochish/sharhlash