Get Mystery Box with random crypto!

Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi krepeduz — Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal K
Telegram kanalining logotibi krepeduz — Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @krepeduz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 301
Kanalning ta’rifi

▪️ "KREATIV PEDAGOG" loyihasining rasmiy telegram kanali
- Zamonaviy metodlar;
- Foydali maslahatlar;
- Qiziqarli maqolalar.
🏆 Krepeduz natijalari: @Ustozlar_fikri
📲 Murojaat uchun: @krepeduz_admin
Reklama 👉 @krepeduz_support

Ratings & Reviews

1.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 77

2022-05-01 14:13:16 Maktabingizdagi direktor qanday tashabbus ko‘rsatmoqda?

Direktordan eng avvalo bilim, tajriba, o'z ishiga sodiqlik, halollik, tashabbuskorlik, talabchanlik, adolatlilik va jamoani ma'lum maqsadga yo'naltira olishda liderlik xislatlari talab qilinadi.

Bugungi "Krepeduz Qahramoni" ruknida sizga zamon bilan hamnafas va asosiysi kelajak avlod oldida mas'uliyatni his qila olgan ustozlarimizdan biri, Qoraqalpog'iston Respublikasida joylashgan 64-maktab direktori Eshanova Roxatoy xususida gaplashamiz!

Ustozimiz o'zining zamonaviy fikrlashi va tashabbuskorligi bilan ko'pchilikka o'rnak bo'la oladigan direktorlarimizdan biri desak adashmaymiz. Bu pedagogimizning o'zi bilan birga jamoasidagi o'qituvchilarni ham yangi metodlarni o'rganishga undagani va "Kreativ pedagog" kursiga jalb qilganida ham yaqqol namayon bo'lib turibdi.

Maktab ta'limidan foto lavhalar

Keling, endi Roxatoy ustozimizning ta'lim to'g'risidagi fikrlari bilan tanishamiz: "Prezidentimizning ta’limni isloh qilishga qaratilgan topshiriqlarini bajarish maqsadida, bor e'tiborimizni ta’lim sifatini oshirishga, dars mashg’ulotlarini va to’garaklarni yuqori saviyada o’tishini ta'minlashga va ta’lim sifatini jahon standartlari darajasiga olib chiqishga qaratmoqdamiz.

Buning uchun maktabimizdagi o'qituvchilar eski, qotib qolgan dars o’tish metodlarini tashlab, yangi zamonaviy metodlardan foydalanish maqsadida “Kreativ pedagog” online kursiga a’zo bo’lishdi. Ushbu kurs orqali dars o’tishning eng zamonaviy va samarali metodlarini o’rganib dars o’tishda foydalanishmoqda va natijadorlikni ta’minlashmoqda"

Ushbu ustozimizning tashabbuskorligi uchun o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz!

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
3.5K viewsedited  11:13
Ochish/sharhlash
2022-05-01 06:29:20
Assalomu alaykum, aziz ustozlar!

Barchangizga bugungi Arafa kuni muborak bo'lsin!


O'tib borayotgan muborak kunlar,
Allohning rahmati yog'ilmish tunlar.
Ko'zlarda yosh ila tilaymiz tilak,
Arafa kuningiz bo'lsin muborak!

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
5.7K views03:29
Ochish/sharhlash
2022-04-30 18:06:12 Rasman: Ramazon hayitining ilk kuni – 2-may

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi Ramazon hayitining birinchi kuni 2-may – dushanba kuniga to‘g‘ri kelishi to‘g‘risida qaror qabul qildi. Shunga asoslangan holda prezidentning tegishli qarori e'lon qilindi.

3- va 4-may kunlari qo‘shimcha dam olish kunlari sifatida belgilandi.

#hamkasblaringizga #ulashing

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
2.9K views15:06
Ochish/sharhlash
2022-04-30 17:23:01 "Kreativ Pedagog" kursida o'qish Davlat darajasida!

O‘zbekiston maktablarida ishlayotgan 504 ming o‘qituvchidan 56 foizining salohiyati talab darajasida emas, deya ma’lum qildi xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov. 3-4 yil ichida maktablardagi barcha o‘qituvchilar yangi metodika asosida qayta tayyorlashdan o‘tkaziladi. “Endi o‘qituvchilardan doimiy o‘z ustlarida ishlash, bilim va malakalarini oshirish talab etiladi”, dedi vazir.

P.s:.1 Kursning may oyi guruhiga qabul boshlandi. Darslar 16-may kunidan boshlanadi;

P.s:.2 Kanalimizdagi 24 mingdan ziyod ustozlar bu 56% ichiga kirmaydi, biz bunga ishonamiz


@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
3.0K viewsedited  14:23
Ochish/sharhlash
2022-04-30 13:30:00 O'zbekiston va Finlandiya ta'lim tizimidagi 13 ta farq

9-farq.

Finlandiyada o'qituvchilarning daromad darajasi juda yaxshi. O'z ishidan boshqa ish bilan shug'ullanib, qo'shimcha daromad olishga intilayotgan o'qituvchilar deyarli yo'q.

Mamlakatimizda qo'shimcha daromad olish uchun qo'shimcha dars o'tmaydigan o'qituvchilar deyarli yo'q. Chunki ularning maoshi, hatto, ehtiyojlariga ham yetmaydi ba'zida.

O'qituvchilarning to'lovlarni to'lash uchun boshqa narsalar bilan kurashishi natijasida yuzaga kelgan vaziyat uchun hisobni butun xalq to'laydi keyin...

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
4.0K views10:30
Ochish/sharhlash
2022-04-30 09:30:00 ​​ ​​Konfutsiy hayotidan 5 ta muhim saboq

Doimo harakatda bo‘ling
Qanday tezlik bilan harakat qilishingiz muhim emas, siz to‘xtamaguningizgacha harakatni davom ettirasiz.

Do‘stlaringiz kimligi muhim
O‘zini rivojlantirishni xohlamagan insonlar bilan hech qachon do‘stlashmang.

Yaxshi narsalarning qadri baland
Yomon ko‘rish oson, yaxshi ko‘rish qiyin. Dunyomiz shunday yaratilgan. Yaxshilikka erishish qiyindir, yomonlikka esa judayam oson.

Instrumentlaringizni charxlab turing
Hayotdagi natijalar g‘ayratingizga bog‘liq. O‘z ishini takomillashtirayotgan mutaxassis instrumentlarini o‘tkirlashi kerak.

O‘zgartirishlar kiriting
Agarda biror maqsadga erishish mumkin emasligi ayon bo‘lsa, maqsadingizni o‘zgartirmang, aksincha maqsadga erishish yo‘lini o‘zgartiring.

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
4.6K viewsedited  06:30
Ochish/sharhlash
2022-04-30 06:00:03 #mulohaza

Najot izlab...

Darsdamiz... O‘qituvchi savol berib qoldi: -"Yaxshi kitoblarni yo‘q qilish yaxshi odamlarni o‘ldirish bilan barobardir" , - degan fikr muallifini bilasizmi?
Auditoriya suv quyganday jimjit. Partaning tagiga telefonimizni qo‘yib yozamiz: "Yaxshi kitoblarni yo‘q qilish..." Shu yog‘iyam yetadi. Tugmachani bosamiz: "Search Google" .

Afsus... Maʼlumot chiqmadi. Sal boshqacharoq yozib ko‘rdik. Yo‘q. Fikrning elektron "Shpargalka" shaklini sehrli qutichamizga joylashmagan, shekilli. "Ey, esiz, Google, senam pand berasanmi-a?"
O‘qituvchining keskin ovozi yangradi: "Xo‘sh, kimda javob bor?"
Google jim, biz jim.

Ustoz yonimizga shu fanga doir o‘zi qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxatidagi kitoblardan birini qo‘ydi. So‘ng hammaga achinganday bir-bir nazar tashlab chiqdi. “He, sho‘ring qurg‘urlar. Qachon savol bersak, javobni internetdan emas, miyadan izlashni o‘rganasizlar? "-dedi tovushi ozgina yumshab, - Fikr muallifi Milton. U haqida kimdir nimadir biladimi?
Yana Googlega yozamiz: "Milton..."

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
4.6K views03:00
Ochish/sharhlash
2022-04-29 17:06:20
29. 04. 2022-y

Bugun "Kreativ Pedagog" oilasining yana bir guruh bitiruvchilari Kursni muvaffaqiyatli yakunlashdi

28-martdan 28-aprelga qadar 1 oy davomida "Kreativ Pedagog" kursini 030-guruhimiz tugatishdi hamda Bonus va Sertifikatlar bilan taqdirlanishdi. Ustozlar kursdan 70 ta darsni o'rganishgan holda kerakli bilim va mahoratga ega bo'lishdi.

Ushbu 030-guruhimizda Qirg'iziston Respublikasidan ham ustozlar qatnashgani Krepeduz uchun yana bir quvonchli yangilik bo'ldi

Biz ustozlarimizni keyingi faoliyatlariga ulkan zafarlar tilab qolamiz. Doimo olg'a intilish, yuksak marralar tomon dadil qadam qo'ymoqlikni tilab qolamiz.

"Kreativ Pedagog" - bu yuksalishni istagan haqiqiy lider pedagoglar maktabi!

@Krepeduz - Elita o'qituvchilar qatlami!
2.7K viewsedited  14:06
Ochish/sharhlash
2022-04-29 13:30:00 O'zbekiston va Finlandiya ta'lim tizimidagi 13 ta farq

8-farq.

O'zbekistonda o'qituvchi bo'lish uchun institutni bitirsangiz kifoya. (Hatto ba'zi maktablarimizda o'rta ta'limni bitirganlar ham o'qituvchi hisoblanadi)

Finlandiyada o'qituvchi bo'lish uchun uch bosqichli sinovdan o'tishingiz kerak. Ushbu bosqichlar orasida muloqot va dars tushuntirish kabi bo'limlar mavjud.

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
3.4K views10:30
Ochish/sharhlash
2022-04-29 09:30:01
"Javob bermang" o'yini

Savol berilganda, eng yaxshi yechim bu unga javob berishdir. Ammo aynan bir kishiga berilgan savolga boshqa odam qay darajada javob bera oladi? Buni bilish va kutilmagan savollarga tayyor turish o'quvchi ziyrakligini oshiradi.

"Javob bermang" o'yinini o'ynash uchun bir o'quvchi boshqa o'quvchiga tasodifiy savol berishdan boshlaydi. Masalan, "Sizning yagona qimmatbaho narsangiz nima?" Lekin so'ralgan o'quvchi javob bermaydi. Qolgan o’quvchilar javob uchun o'z fikrlari va taxminlarini aytishadi. Oxirida esa savol berilgan o'quvchi o'z javobini aytadi.

Savollarning kutilmagan bo'lishi o'yinni yanada jadallashtiradi! Bu o‘yin o'quvchilarning tasavvur qilish, mantiqan fikrlash va kutilmagan savollarga tayyor bo'lish ko'nikmalarini rivojlantiradi.

Ushbu o'yin yuqori maktab o'quvchilari uchun juda mos keladi.

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!
4.5K views06:30
Ochish/sharhlash