Get Mystery Box with random crypto!

Munosib hayot kechirish uchun zarur bo'lgan 5 fazilat Mahatma | Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal

Munosib hayot kechirish uchun zarur bo'lgan 5 fazilat

Mahatma Gandining fikricha, munosib umr kechirish uchun har bir insonda quyidagi besh fazilat bo'lishi kerak:

Oʼzgarmoqlik:
«Sen dunyoni qanday koʼrishni xohlasang, shunga qarab, avvalo
oʼzing oʼzgar».

Savolni toʼgʼri bermoqlik:
«Savolning kuchi shundaki, u inson kamolotining negizidir».

Muntazam harakatda boʼlmoqlik:
«Bizni muntazam harakatga undovchi ichki turtki mavjud. Bu- qiziquvchanlikdir. Natijani yoki oʼz imkoniyatimizni bilishga boʼlgan qiziqish. Birgina kichik qadam ulkan
rejani amalga oshirishi va siz birinchi qadamni hoziroq tashlashingiz mumkin».

Kechirimlilik:
«Ojizlar kechirishni bilishmaydi. Kechira olish – kuchlilarga xos fazilat. Kechirimlilik – ruhiy kamolot belgisi».

Eʼtiqodni mustahkamlamoqlik:
«Sizning eʼtiqodingiz – oʼy-hayollarning poydevoridir. Siz gapirayotgan gap – kechinmalarning mevasi va mavridi kelib, bu soʼzlar muntazam harakatga, harakatimiz doimiy odatga aylanadi. Bizning qadr-qimmatimiz odatlarimizga koʼra belgilanadi. Qadr-qimmatimiz esa taqdirimizga aylanadi».

Ha azizlar, hayotimizni yanada go'zalroq qilishni va o'zgalarga yordam berishni istasak ana shunday fazilatlarni o'zimizda shakllantiraylik!

@Krepeduz - Kreativ fikrlovchi jamiyat!