Get Mystery Box with random crypto!

#mulohaza To'g'ri yo'l Ustoz Bankey haftalab meditatsiya | Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal

#mulohaza

To'g'ri yo'l

Ustoz Bankey haftalab meditatsiya bilan mashg‘ul bo‘lardi. Shunday kunlarda uning yoniga butun Yaponiyadan shogirdlar kelar edi.

Mashg‘ulotlar vaqtida bir o‘quvchi o‘g‘rilik ustida qo‘lga tushdi. Shogirdlari Bankeydan uni haydab yuboring, deb iltimos qildi. Muallim bu iltimosni eʼtiborsiz qoldirdi.

O‘sha bola yana o‘g‘rilik bilan ushlandi. Bankey bu safar ham hech qanday chora ko‘rmadi. Ustozlarning parvosizligidan ranjigan o‘quvchilar endi unga, agar o‘g‘rini haydamasangiz, biz ketamiz, deya yozma ravishda arz qildi.

Bankey arznomani o‘qib chiqib, shogirdlarini bir yerga to‘pladida, ularga shunday dedi: Hammangizning aql-hushingiz joyida, nima yaxshiyu nima yomon ekanini bilasiz. Xohlagan joyingizga borib o‘qishingiz mumkin. Ammo hali yaxshi-yomonning farqiga bormaydigan bu bandaga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish mening burchim emasmi? Hammangiz ketsangiz ham u shu yerda qoladi.

Bu gaplardan qattiq taʼsirlangan o‘g‘rining mijjalari yoshlandi. Shu-shu o‘g‘rilik qilmadi.

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!