Get Mystery Box with random crypto!

O‘z karyerangizni boshlamoqchimisiz? Toshkent shahridagi Am | IT specialist

O‘z karyerangizni boshlamoqchimisiz?

Toshkent shahridagi Amiti universitetida bo‘lib o‘tadigan bosh ish o‘rinlari yarmarkasi “Job Fair 2023” siz uchun ajoyib imkoniyat!

Ushbu qiziqarli tadbir mintaqadagi eng yaxshi ish beruvchilar, xususan, Huawei, Skillbox, Epam, Deloitte, PepsiCo, Makro, AKFA, UzTelecom, IT-Park, UZCARD va boshqa kompaniyalarni birlashtiradi va turli sohalarda keng ko‘lamli ish imkoniyatlarini taklif qiladi.

Ishga qabul qiluvchilar bilan yuzma-yuz uchrashish, savollar berish va hatto rezyume topshirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Bundan tashqari, tadbir davomida qiziqarli o‘yinlar bo‘lib o‘tadi, g‘oliblarni planshet, telefon kabi qimmatbaho sovrinlar kutmoqda

Manzil: Toshkent shahridagi Amiti universiteti
O‘tkazilish kuni: 11-aprel
O‘tkazilish vaqti: 13.00-17.00

@AmityUniversityTashkent