Get Mystery Box with random crypto!

#excel Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryu | IT specialist

#excel

Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar

. Bir nechta yacheykalarni bir xil qiymat bilan to‘ldirish uchun, ularni dastlab belgilang, yacheykalardan biriga qiymatni kiriting va CTRL + ENTER'ni bosing.

. Listlar bo‘ylab tezkor o‘tish uchun CTRL + PAGE UP va CTRL + PAGE DOWN klavishlari birikmasidan foydalaning.

. Agar birovning kompyuterida dasturdan foydalanish istagi yuzaga kelib, biroq Excel yorlig‘ini topa olmasangiz, unda WIN + R klavishlari birikmasi yordamida “Выполнить (Run)” oynasini chaqirib, unga “excel” so‘zini (qo‘shtirnoqlarsiz) kiritgan holda ENTER klavishini bosing (dastur kompyuterga o‘rnatilgan bo‘lsa ochiladi, aks holda xatolik oynasi yuzaga keladi).

. Funksiyani qolgan satrlarga nisbatan pastga qarab tortish orqali qo‘llashdan tashqari, faol yacheykaning o‘ng pastki burchagidagi to‘rtburchak marker ustiga (sichqonchaning chap tugmasi bilan) ikki marta bosish orqali buni qo‘llash mumkin (ushbu post ostiga biriktirilgan rasmda ko‘rsatilgan ).

Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• 15 лучших трюков от Павла Когана
• Excel bilan 10 tezkor tryuk
• Excel'da hayotingizni osonlashtiruvchi 10 ta formula
• Excel’dagi ishingizni tezlashtiruvchi klaviatura kombinatsiyalari (qaynoq klavishalar)
• CTRL klavishasi bilan bog‘liq buyruqlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Hisob-kitoblar uchun qaynoq klavishlar
• Excel’ga Windows kalkulyatori qanday qo‘shiladi?
• MS Excel’da filtr qo‘llanganida satrlarning avtomatik qayta raqamlanishi haqida
• Microsoft Excel dasturida sanalar o‘rtasidagi farqni hisoblash
• Microsoft Excel rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

@itspecuz | Mundarija