Get Mystery Box with random crypto!

#ict_news #mulohaza_uchun O‘zbekistonda yigitlar IT mutaxas | IT specialist

#ict_news #mulohaza_uchun

O‘zbekistonda yigitlar IT mutaxassisi bo‘lishni istaydi — tadqiqot

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari farzandlar tarbiyasi va ularning kasb tanlashida ota-onalarning roli, shuningdek, buning betashvish keksalik gashtini surishdagi ahamiyatini aniqlashga qaratilgan tadqiqot o'tkazdi. Tadqiqot doirasida 10 yoshdan 22 yoshgacha bo'lgan bolalarning ota-onalari ishtirokida so'rov ham o'tkazildi.

So‘rovda 2100 kishi ishtirok etdi. (N=2100). Respondentlarning 72 foizini ayollar, 28 foizini erkaklar tashkil etdi. Ta’lim darajasi bo‘yicha ularning 4,6 foizi ilmiy darajaga, 36,1 foizi oliy ma’lumotga, 21,2 foizi o‘rta, 38,2 foizi o‘rta maxsus ma’lumotga ega.

So‘rov natijalariga ko‘ra, respondentlarning 28,7 foizi keksa ota-onasi bilan yashashi ma’lum bo‘ldi. Farzandlaringiz tarbiyasiga kim ko‘proq ta’sir qiladi, degan savolga ota-onalarning 41,6 foizi ona, 27,4 foizi ota, 9,3 foizi bobo va buvilar, 8,1 foizi aka-opalar, 7,3 foizi o‘qituvchilar, 3,7 foizi begonalar va 2,5 foizi boshqa qarindoshlar, deb javob bergan.

Soʼrovda ishtirok etganlarning aksariyati (80,2%) farzandlarini maʼlum kasb boʼyicha yetuk mutaxassis boʼlib, elga taniladigan inson sifatida koʼrishi ma'lum bo'ldi. Moddiy taʼminlanganlik va mulk egasi boʼlishi ikkinchi orzu bo'lib qolmoqda (7,9%). Ushbu savolning javoblari ota-onalarning millati va maʼlumot darajasi, farzandning jinsi boʼyicha farq qilmaydi.

Аksariyat ota-onalar (95,8 foiz) farzandlari kelajagi borasida oʼzaro maslahatlashgan. 88,3 foiz holatda ularning fikri bir joydan chiqqan bo'lsa, 7,2 foiz holatda fikrlar keskin farqlangan.

Soʼrovnoma javoblari shuni koʼrsatdiki, ota-onalar farzandlari kelajagini rejalashtirishda bolalarning fikriga ham eʼtibor bermoqda. Ota-onalarning 97,9 foizi oʼz farzandlari bilan ushbu mavzuda suhbatlashgan boʼlib, 86,3 foizi farzandlarining tanlovini maʼqullagan, 11,1 foizi qisman maʼqullagan, 1,3 foizi esa qoniqmagan.

Soʼrovnoma javoblariga binoan, yoshlarda tibbiyot yo'nalishidagi kasblarga (15,5 foiz) qiziqish kattaligi aniqlandi. Keyingi oʼrinlarni oʼqituvchi (9,7 foiz), IT mutaxassisligi (9,3 foiz), iqtisodchi (sohalar boʼyicha) (8,2 foiz), tadbirkor (7,7 foiz) kabi kasblar egalladi. Respondentlarning 2,5 foizi farzandlari kelajakdagi kasbi haqida hali qarorga kelmaganini ta'kidlagan. Qizlar kutilganidek ko'proq shifokor (16,3 foiz) va oʼqituvchi (13,8 foiz) kasblarini tanlagan boʼlsa, oʼgʼil bolalar birinchi oʼrinda IT mutaxassisligi (18,7 foiz), keyin esa shifokor (13,7 foiz), iqtisodchi (13,2 foiz) va tadbirkor (11,2 foiz) kasblarini afzal ko'rgan.

Farzandining kasb toʼgʼrisidagi qarori qanday boʼlmasin, ota-onalarning 81,6 foizi bu qarorni bajonudil qabul qilishini, 12,7 foizi esa ushbu qarorni oʼzgartirish kerakligini iltimos qilishini aytgan.

Ota-onalarning 55,7 foizi farzandlariga nisbatan talabchanlik qilish, kerak bo‘lganda yordam ko‘rsatish, 36,2 foizi nazorat qilish orqali tarbiya berish lozimligini, 6,4 foizi esa farzandlariga erkinlik berish kerakligini qayd etgan.

So‘rovda qatnashgan ota-onalarning 20 foizdan ortig‘i farzandlarining o‘qituvchilari bilan bir oyda bir marta muloqot qilishini, 16,4 foizi esa umuman muloqot qilmasligini bildirgan.

Batafsil

Manba: Xabar.uz | IMRS Research

Qo‘shimcha sifatida quyidagi maqola va maslahatlarni o‘qib ko‘rishni tavsiya etamiz:
• Talabalar uchun foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan mavzular jamlangan postimiz.

@itspecuz | Mundarija