Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbeklar nega Rossiya kanallari ta'sirida qolmoqda? Faollar b | Ilyos Safarov

O‘zbeklar nega Rossiya kanallari ta'sirida qolmoqda? Faollar bilan suhbat


O‘zbekistonning sovet ittifoqi tarkibidan ajralib chiqib, mustaqil davlat bo‘lganiga 31 yil to‘ldi. Lekin shuncha vaqt o‘tib ham, ko‘plab vatandoshlarning o‘zaro suhbatlarida, so‘rovnomalarda va ularning dunyodagi voqea hodisalarga nisbatan fikri olinganda, afsuski, mustaqillik hali xalqimizning ongiga to‘la ko‘chmagani, fikrlashida ro‘y bermayotganini ko‘ryapmiz.

Xo‘sh, o‘tgan 31 yilda MDHda biz bilan bir vaqtda mustaqil bo‘lgan ko‘plab davlatlar vatandoshlari qanday qilib fikr, ong mustaqilligiga erishdi-yu, nega bu yillar biz uchun yetarli bo‘lmadi?

Nega odamlarimizdan hamon bizni falonchi davlat boqyapti, iqtisodimiz, siyosatimiz, madaniyatimiz, taqdirimiz falonchaning qo‘lida, u bo‘lmasa kun ko‘rolmaymiz, degan fikrlarni eshityapmiz?

Ayni og‘riqli masala atrofida suhbat tashkil qildik. Suhbatdoshlarimiz – “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov, filologiya fanlari doktori, media tadqiqotchi Beruniy Alimov, siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov va jurnalist, bloger Muhrim A'zamxo‘jaev bo‘ldi.





@haqiqatdaIlyos