Get Mystery Box with random crypto!

Norboevaning Putin topshirig‘iga ko‘ra Rossiya davlat mukofoti | Ilyos Safarov

Norboevaning Putin topshirig‘iga ko‘ra Rossiya davlat mukofoti bilan taqdirlanishi masalasini muhokama qilyapmiz-u, tadbirning asosiy mazmuni, xavflari esdan chiqayotgandek.

MDH Parlamentlararo Assambleyasi sessiyasi.

Ayrim tahlilchilarga ko'ra, bu yig'in oxir-oqibatda MDH nomi bilan a'zo davlatlar qonunchiligini Rossiya qonunchiligiga yaqinlashtirish va hatto bir xillashtirishga qaratilgan.

Bu esa o'z navbatida Rossiyaning jirkanchli imperiyachilik g'oyasi va bu yo'lda anchadan beri ilgari surib keladigan, Karimov to'liq qarshi turgan "Oliy sovet" tashabbusi rivojiga xizmat qilib qolishi mumkin.

Dengizga tagi teshik, nafaqat teshik, yog'ochlari chirib bo'lgan kemada (yaxshi bilgan holda) yo'l olmoqchi bo'layotgandekmiz.

Xavotirlarimiz noto'g'ri bo'lsa, marhamat, chiqib yuritayotgan siyosatingizni, sessiya masalalarini matbuot anjumani orqali tushuntirib bering.