Get Mystery Box with random crypto!

Prezident maktablariga qabul imtihonlari Ertaga, 26-iyul ku | Milliy sertifikat

Prezident maktablariga qabul imtihonlari

Ertaga, 26-iyul kuni barcha hududlarda Prezident maktablariga qabul imtihonlari boshlanadi.

Imtihonlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 2 smenada tashkil etiladi hamda 28-iyulga qadar davom etadi.

Imtihonlar 1-smenada 8:00 dan 09:00 ga qadar, 2-smenada 19:00 dan 20:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Ota-onalardan farzandlarini imtihon bo‘lib o‘tadigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1,5 soat oldin (1-smenada 06:30 ga qadar, 2-smenada 17:30 ga qadar) olib kelishlari so‘raladi.

Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan hududga faqat “tug‘ilganlik haqida guvohnoma” va “ruxsatnoma” bilan kiritiladi.

Kech kelgan yoki “tug‘ilganlik haqida guvohnoma” va “ruxsatnoma”si mavjud bo‘lmagan talabgorlar test sinovlariga kiritilmaydi.

Imtihonlar ochiq maydonlarda bo‘lib o‘tishini inobatga olgan holda talabgorlarga bosh kiyim (kepka, panama) kiyib kelishlari tavsiya qilinadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube