Get Mystery Box with random crypto!

#Qabul2021 Sport musobaqalari g‘oliblariga istisno tariqasida | Milliy sertifikat

#Qabul2021
Sport musobaqalari g‘oliblariga istisno tariqasida imtiyoz belgilandi

Davlat komissiyasining 2-son bayoni bilan sport musobaqalarida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan sportchi-o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari murojaatlarini inobatga olgan holda, sport turlari hamda paralimpia sport turlari bo‘yicha Osiyo va Respublika chempionatlarida oxirgi uch yilda g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchi-o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, istisno tariqasida, 2021-2022-o‘quv yili qabulida faqat “Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)” va “Jismoniy madaniyat” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan ushbu toifadagi abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish tartibi belgilandi.

Unga ko‘ra:

ikkinchi mutaxassislik fani (umumiy jismoniy tayyorgarlikni nazarda tutgan holda) hamda majburiy uchta fanga – ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq va boshqa tillar), matematika va O‘zbekiston tarixi bo‘yicha test sinovlaridan ozod etgan holda maksimal ball beriladi;

kirish imtihonlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) natijalariga ko‘ra, ushbu toifadagi abituriyentlarning to‘plagan ballariga muvofiq, ular umumiy tanlovdan tashqari davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilinadi. Bunda, kirish imtihonlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) natijalariga ko‘ra, ushbu toifadagi abituriyentlarni davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilish uchun minimal o‘tish bali Davlat komissiyasining qaroriga muvofiq belgilanadi;

“Sport faoliyati” va “Jismoniy madaniyat” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayonida mazkur bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining sirtqi ta’lim shaklini tanlagan ushbu toifadagi abituriyentlar kirish imtihonlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) natijalariga ko‘ra faqat to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilishi mumkin;

“Jismoniy madaniyat” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan ushbu toifadagi abituriyentlarga sovrinli o‘rinlar qo‘lga kiritilgan sport turlarining xususiyatidan kelib chiqib, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining “Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishining sport turlari bo‘yicha tuzilgan fan dasturlari asosida birinchi mutaxassislik fani bo‘yicha kirish imtihonlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) o‘tkaziladi;

sovrinli o‘rinlar qo‘lga kiritilgan sport turlarining xususiyatidan kelib chiqib, birinchi mutaxassislik fani bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihon oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari, tegishli sport federatsiyalari, Turizm va sport vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi vakillaridan iborat bo‘lgan tarkibda tuziladigan imtihon komissiyasi tomonidan onlayn videotranslyatsiya qilingan holda belgilangan muddatlarda o‘tkaziladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube