Get Mystery Box with random crypto!

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 2-bosqichi Pr | Milliy sertifikat

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 2-bosqichi

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1-bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar uchun 2-bosqich imtihonlari 21-22-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi va 2 smenada o‘tkaziladi.

Bunda test sinovlari quyidagi vaqtlarda bo‘lib o‘tadi:

5-6-sinflar uchun – 21-avgust 07:00 da;
9-10-sinflar uchun – 21-avgust 19:00 da;
7-8-sinflar uchun – 22-avgust 07:00 da.

Faqatgina Fargʻona viloyatining Soʻx tumanida bo‘lib o‘tadigan test sinovlari barcha sinflar uchun 22-avgust kuni soat 07:00 da o‘tkaziladi.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani ariza.piima.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin kelishlari talab etiladi.

Test sinovi bo‘lib o‘tadigan stadion va xiyobonlar ro‘yxati va ularning geolokatsiyalari bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:

https://telegra.ph/PM-maydonlar-08-18.

2021-yil 19-20-avgust kunlari o‘quvchilar uchun tanishtiruv kuni hisoblanadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube