Get Mystery Box with random crypto!

Umumxalq xayriya hashari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Ma | Milliy sertifikat

Umumxalq xayriya hashari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi bilan 2021-yil 21-avgust kuni mamlakatimizning barcha hududlarida “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari oʻtkazilmoqda.

Shu munosabat bilan Davlat test markazida ham mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik normalariga qat’iy rioya etgan holda umumxalq xayriya hashari tashkil etildi.

Unda Davlat test markazi xodimlari faol ishtirok etib, Markaz hududida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube