Get Mystery Box with random crypto!

Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlarida ishtiro | Milliy sertifikat

Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etadigan talabgorlar diqqatiga!

Ma’lumki, talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardan O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 23-24-25-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

Bunda 2-smenada bo‘lib o‘tadigan test sinovlari 18:00 dan 21:00 ga qadar o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, talabgorlardan test sinovlariga 17:00 dan kechikmagan holda kelishlari so‘raladi.

Talabgorlar test sinoviga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

Test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining transfer.dtm.uz saytidan yuklab olish mumkin.

Test sinovi bo‘yicha batafsil ma’lumot: https://t.me/dtmuzb/3886

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube