Get Mystery Box with random crypto!

Tana harorati yuqori bo‘lgan va koronavirusga chalingan abitur | Milliy sertifikat

Tana harorati yuqori bo‘lgan va koronavirusga chalingan abituriyentlar uchun qo‘shimcha test sinovi natijalari

Ma’lumki, 2021-yil 23-avgust kuni tana harorati yuqori bo‘lgan va koronavirusga chalingan abituriyentlar uchun qo‘shimcha test sinovi o‘tkazildi va 24-avgust kuni test natijalari e’lon qilindi.

Unda ishtirok etishi belgilangan 973 nafar talabgordan 805 nafari ishtirok etdi, 157 nafari test sinovlariga kelmadi, 4 nafari test sinovi jarayonida, 11 nafari hududga kirishda tartib-qoidani buzganligi sababli test sinovidan chetlatildi.

Qayd etish kerakki, ushbu test sinovida quyidagi toifadagi abituriyentlar ishtirok etdi:

test sinoviga kelgan vaqtda tana harorati 37º C dan yuqori ekanligi aniqlangan va tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilgan abituriyentlar;

16-avgustga qadar koronavirusga chalinganligi sababli qo‘shimcha test sinovlarida ishtirok etish uchun ariza bilan murojaat qilgan va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan koronavirusga chalinganligi tasdiqlangan abituriyentlar.

Test sinovlarida shaffoflikni ta’minlash maqsadida mazkur test sinovida ishtirok etgan abituriyentlarning ma’lumotlari va test natijalari mandat.dtm.uz saytida alohida e’lon qilindi.

Ya’ni, istalgan fuqaro mandat.dtm.uz sayti orqali mazkur test sinovida ishtirok etgan talabgorlarning ma’lumotlarini ko‘rishi va ularning natijalari bilan tanishishi mumkin.

Buning uchun mandat.dtm.uz saytining “Bakalavr-2021” bo‘limidagi “Qo‘shimcha” qismidan “Covid-19” ni tanlash kifoya.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube