Get Mystery Box with random crypto!

Milliy sertifikat

Telegram kanalining logotibi dtmuzb — Milliy sertifikat M
Telegram kanalining logotibi dtmuzb — Milliy sertifikat
Kanal manzili: @dtmuzb
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.32K
Kanalning ta’rifi

Umumta’lim fanlari va chet tillaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha eng so‘nggi yangiliklar

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 56

2021-10-08 15:53:51
Test sinovlari bo‘yicha takliflaringiz bormi?

Davlat test markazi tomonidan test sinovi jarayonlariga oid takliflarni qabul qilish uchun maxsus bot ishga tushirildi.

Agar sizda Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari bo‘yicha aniq takliflar bo‘lsa, @dtmga_takliflar_bot telegram boti orqali yuborishingiz mumkin.

Yuborilgan takliflar Davlat test markazi mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqiladi va takliflar asosida test sinovi jarayonlari takomillashtiriladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
44.2K views12:53
Ochish/sharhlash
2021-10-07 13:11:05
#Qabul2021
2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari (infografika)

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
49.4K views10:11
Ochish/sharhlash
2021-10-04 11:34:34 ​​Davlat test markazi matematika, kimyo va biologiya fanlaridan malakali mutaxassislarni ishga taklif qiladi

Davlat test markazi umumta’lim fanlaridan test topshiriqlarini shakllantirish uchun matematika, kimyo va biologiya (o‘zbek va rus tillarida) fanlari bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan malakali mutaxassislarni ishga taklif qiladi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

mutaxassisligi bo‘yicha pedagogik tajribaga ega bo‘lish;
ta’limga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar (“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlar, amaldagi darsliklar) bilan ishlay olish;
mutaxassislik fanidan test topshiriqlarini shakllantirish va ekspertiza qila olish;
pedagogik o‘lchovlar va testologiyaga oid nazariy bilimlarga ega bo‘lish;
sohaga oid xalqaro tajribalardan xabardor bo‘lish;
test topshiriqlarini tuzish metodikasi va uning turlari haqida ma’lumotga ega bo‘lish.

Talabgorlardan o‘zlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (obyektivka)ni telefon raqamlarini ko‘rsatgan holda maxsus_fan@dtm.uz elektron pochta manziliga yuborishlari so‘raladi.

Hujjatlar 15-oktabrga qadar qabul qilinadi.

Ishga qabul qilingan mutaxassislar uchun Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan “Bilimlarni baholash testlarini ishlab chiqish nazariyasi va amaliyoti” bo‘yicha 36 soatga mo‘ljallangan malaka oshirish kurslari tashkil etiladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
33.4K views08:34
Ochish/sharhlash
2021-10-04 08:48:09 ​​Talabgorlarning to‘lovlarini qaytarish yuzasidan

Ma’lumki, 2021-yil 10-iyun kuni biologiya fanidan milliy sertifikat uchun o‘tkazilgan test sinovida ishtirok etgan barcha talabgorlarning to‘lovi to‘liq qaytarilishi haqida xabar berilgan edi.

Buning uchun Davlat test markazi tomonidan alohida platforma (tq.dtm.uz sayti) ishga tushirilgan bo‘lib, talabgorlarning arizalari onlayn tarzda mazkur platforma orqali qabul qilinmoqda.

Hozirga qadar mazkur platforma orqali 897 nafar va yozma ravishda 105 nafar talabgor to‘lovni qaytarish bo‘yicha murojaat qilgan bo‘lib, ularning 865 nafariga to‘lov to‘liq qaytarilgan.

137 nafarida esa talabgor tomonidan kiritilgan ma’lumotlar xato ekanligi, ya’ni plastik karta raqami yoki bank rekvizitlari xato kiritlganligi sababli qaytarilgan to‘lovlar Davlat test markaziga qaytib kelgan.

Hozirda mazkur 137 nafar talabgorning ma’lumotlari (plastik karta raqami va bank rekvizitlari) ga aniqlik kiritish va to‘lovni to‘liq qaytarish uchun talabgorlar bilan telefon orqali bog‘lanib chiqilmoqda.

Shu o‘rinda talabgorlardan to‘lovni qaytarish uchun ariza bilan murojaat qilganda plastik karta raqami va bank rekvizitlarini to‘g‘ri kiritishlarini so‘raymiz.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
39.1K views05:48
Ochish/sharhlash
2021-10-01 17:24:46 #Qabul2021
Klinik ordinatura uchun chet tilidan test natijalari e’lon qilindi

2021-yil 30-sentabr kuni klinik ordinatura mutaxassisliklariga kirish uchun chet tili fanidan o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

30-sentabr kuni test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini magistr.dtm.uz sayti orqali bilishlari mumkin.

Bunda natijani bilish uchun magistr.dtm.uz saytiga talabgorning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritish lozim.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
52.0K views14:24
Ochish/sharhlash
2021-09-30 16:28:26
Klinik ordinatura uchun chet tilidan test sinovlari o‘tkazildi

Bugun, 30-sentabr kuni barcha hududlarda klinik ordinatura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarining 2-bosqichi, ya’ni, chet tili bo‘yicha test sinovlari o‘tkazildi.

Test sinovlari 4 smenada tashkil etilib, talabgorlarga chet tili fanidan 30 ta test topshirig‘i va test topshiriqlarini ishlash uchun 1 soat vaqt berildi.

Unda ishtirok etishi belgilangan 3 149 nafar talabgordan 2 606 nafari ishtirok etdi, 543 nafari esa turli sabablarga ko‘ra test sinovlarida ishtirok etmadi.

Test natijalari hisoblangandan so‘ng test sinovida ishtirok etgan talabgorlarning natijalari magistr.dtm.uz sayti orqali e’lon qilinadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
63.3K views13:28
Ochish/sharhlash
2021-09-30 09:53:43 Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasi uchun apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi

Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga kirish test sinovlarida ishtirok etgan va natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar apellatsiya.dtm.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Apellatsiya arizalari 30-sentabr va 1-oktabr kunlari apellatsiya.dtm.uz sayti orqali onlayn qabul qilinadi va 5-6-oktabr kunlari ko‘rib chiqiladi.

Apellatsiya arizasini test sinovlarida ishtirok etgan va jarayondan chetlatilmagan talabgorlar berishlari mumkin.

Apellatsiya arizasi bergan talabgorga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

Talabgor xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va ruxsatnoma bilan Davlat test markaziga kelishi shart.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
53.8K views06:53
Ochish/sharhlash
2021-09-30 08:59:54
Muhtaram ustozlar! Qadrli murabbiylar! Aziz yurtdoshlar!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi jamoasi barchangizni kasb bayrami, mamlakatimiz hayotidagi qutlug‘ sana — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etadi!

Ustoz va murabbiylarni azaldan ulug‘lab kelgan jamiyatimizning ta’lim sohasi, madaniy, ma’rifiy, ma’naviy hayoti, farovonligi va taraqqiyoti Siz azizlarning faoliyatingiz mahsuliga bog‘liq.

Shunday ekan, mashaqqatli, o‘z navbatida savob ishlaringizga omad, muvaffaqiyat tilagan holda, dasturxoningiz to‘kin, ro‘zg‘oringiz but va barakali, umringiz boqiy bo‘lishini Allohdan so‘rab qolamiz!

Yoshlarimizga milliy qadriyatimiz ruhida zamonaviy ta’lim-tarbiya berish, ziyo ulashishdek fidokorona mehnatingiz bardavom bo‘lsin hamda elimiz, shogirdlaringiz ardog‘ida, shodlikda boqiy yashash nasib etaversin!

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
48.9K views05:59
Ochish/sharhlash
2021-09-29 11:27:50 ​​#Qabul2021
Klinik ordinatura mutaxassisliklariga hujjat topshirgan talabgorlar diqqatiga!

Klinik ordinatura
mutaxassisliklariga kirish uchun chet tilidan test sinovlari 2021-yil 30-sentabr kuni o‘tkazilishi va ruxsatnomalar ta’lim muassasalari tomonidan tarqatilishi haqida xabar bergan edik.

Talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining magistr.dtm.uz saytidan olish imkoniyati yaratildi.

Ruxsatnomani olish uchun magistr.dtm.uz saytiga talabgorning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritish kifoya.

Eslatib o‘tamiz, test sinovlari:

-smenada 10:00 dan 11:00 ga qadar;
-smenada 12:00 dan 13:00 ga qadar;
-smenada 15:00 dan 16:00 ga qadar;
-smenada 17:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin kelishlari lozim.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
52.9K views08:27
Ochish/sharhlash
2021-09-28 17:20:55 Davlat test markazi pinned « Klinik ordinatura uchun chet tilidan test sinovlari 2021-2022-o‘quv yili uchun ta’lim muassasalarining klinik ordinatura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarining 2-bosqichi, ya’ni, chet tili bo‘yicha test sinovlari 2021-yil 30-sentabr kuni 4 smenada…»
14:20
Ochish/sharhlash