Get Mystery Box with random crypto!

Milliy sertifikat

Telegram kanalining logotibi dtmuzb — Milliy sertifikat M
Telegram kanalining logotibi dtmuzb — Milliy sertifikat
Kanal manzili: @dtmuzb
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.32K
Kanalning ta’rifi

Umumta’lim fanlari va chet tillaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha eng so‘nggi yangiliklar

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 53

2021-11-03 07:51:18 ​​ Noyabr va dekabr oylari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi

Fuqarolardan kelib tushgan murojaat va takliflardan kelib chiqqan holda chet tilini bilish darajasini baholash test sinovlari noyabr va dekabr oylarida ham o‘tkazilishi belgilandi.

Bunda test sinovlari noyabr oyida ingliz, nemis va fransuz tillaridan, dekabr oyida esa ingliz, nemis, fransuz va arab tillaridan B1, B2 va C1 tilni bilish darajalari bo‘yicha o‘tkaziladi.

Test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

Bunda talabgorlar noyabr oyi uchun 8-noyabrga qadar (barmoq izi topshirish 8-10-noyabr kunlari), dekabr oyi uchun esa 28-noyabrga qadar (barmoq izi topshirish 29-30-noyabr kunlari) ro‘yxatga olinadi.

Ro‘yxatdan o‘tish vaqtida talabgorlar imtihon topshirish hududi sifatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan birini tanlab, o‘zlari tanlagan hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

Test natijalariga ko‘ra B2 yoki undan yuqori darajadagi sertifikatga ega abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalariga kirishda chet tili fanidan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi.

Shuningdek, ta’lim muassasalarining C1 darajadagi sertifikatga ega xorijiy tillar o‘qituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama haqi to‘lanadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
47.5K views04:51
Ochish/sharhlash
2021-11-02 15:50:37 Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Давлат тест марказида мавжуд вакант лавозимларга очиқ танлов эълон қилинди

Президент ҳузуридаги Давлат хизматини ривожлантириш агентлиги Давлат тест маркази билан ҳамкорликда қуйидаги вакант лавозимларга очиқ мустақил танлов эълон қилади:

Тест технологияларини ривожлантириш бошқармаси бошлиғи;

Умумтаълим фанлари бўйича тест топшириқларини шакллантириш бўлими бошлиғи;

Юридик бюро бошлиғи.

Танловда иштирок этиш учун номзодлар Давлат фуқаролик хизматчилари вакант лавозимларининг ягона очиқ портали орқали рўйхатдан ўтишлари, вакант бўлган лавозимга сўралган ҳужжатларни электрон шаклда тақдим этишлари зарур.

Ҳужжатлар 2021 йил 2 ноябрдан 11 ноябргача (шу куни ҳам) қабул қилинади.

Ҳужжатларни электрон юбориш тартиби бўйича видеоқўлланма

Ягона идентификация тизими — id.egov.uz'дан рўйхатдан ўтиш бўйича видеоқўлланма

Порталнинг расмий канали — https://t.me/vacancy_argos
40.3K views12:50
Ochish/sharhlash
2021-11-02 09:49:32 Fuqarolarning takliflari o‘rganib chiqilib, amaliyotga joriy etilmoqda

2021-yil 8-oktabr kuni Davlat test markazi tomonidan fuqarolardan test sinovi jarayonlariga oid takliflarni qabul qilish uchun maxsus telegram bot (@dtmga_takliflar_bot) ishga tushirilgan edi.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad takliflar asosida test sinovi jarayonlarini takomillashtirish bo‘lib, 2021-yil 2-noyabrga qadar mazkur bot orqali fuqarolardan 1 623 ta xabar kelib tushdi.

Ularning barchasi Davlat test markazi mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqilib, yuborilgan takliflar asosida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Hozirda reja asosida tegishli mutaxassislar tomonidan takliflarni chuqurroq o‘rganish va o‘rinli takliflarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Davlat test markazi markaz faoliyatiga befarq bo‘lmagan va vaqt ajratib, taklif yuborgan barchaga minnatdorchilik bildiradi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
37.9K views06:49
Ochish/sharhlash
2021-11-01 16:38:59 Davlat test markazi pinned «​​ Chet tillar o‘qituvchilari diqqatiga! Bugun, 2021-yil 1-noyabrdan chet tillar o‘qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash test sinovlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi. Ro‘yxatga olish my.dtm.uz sayti orqali…»
13:38
Ochish/sharhlash
2021-11-01 16:38:54 ​​ Chet tillar o‘qituvchilari diqqatiga!

Bugun, 2021-yil 1-noyabrdan chet tillar o‘qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash test sinovlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

Ro‘yxatga olish my.dtm.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda va joriy yilning 30-noyabr kuniga qadar davom etadi.

Mazkur xizmat my.dtm.uz saytining “Chet tillar o‘qituvchilari uchun test sinovlari” bo‘limida joylashgan.

Test sinovlari ingliz, nemis, fransuz, ispan, italyan, koreys, xitoy, yapon, turk, arab, fors, pushtu va hindiy tillari bo‘yicha tashkil etiladi va dekabr oyining uchinchi o‘n kunligida o‘tkaziladi.

Imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan va belgilangan talablarni bajargan o‘qituvchilarning bazaviy lavozim maoshlariga 15 yoki 30 % miqdorida ustama belgilanadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
73.6K views13:38
Ochish/sharhlash
2021-11-01 11:06:08 Chet tili o‘qituvchilari uchun ajoyib imkoniyat

2021-yil 5-noyabr kuni Davlat test markazi va Britaniya Kengashi (British Council) tomonidan “O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovi bepul tarzda tashkil etilmoqda.

Test sinovida ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar ishtirok etishlari va o‘z bilimini sinovdan o‘tkazishlari mumkin.

Bunda ishtirokchilar soni cheklangan bo‘lib, birinchi bo‘lib ro‘yxatdan o‘tgan 40 nafar talabgor test sinovida bepul ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.

Ro‘yxatga olish my.dtm.uz sayti orqali onlayn amalga oshiriladi va test sinovi 5-noyabr kuni Toshkent shahrida Davlat test markazi binosida bo‘lib o‘tadi.

Shuning uchun 5-noyabr kuni Toshkent shahrida test sinovida ishtirok eta oladigan talabgorlargina ro‘yxatdan o‘tishini iltimos qilamiz.

Qolgan talabgorlar esa o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirgan holda test sinovida ishtirok etishi mumkin.

Izoh: bepul tarzda tashkil etiladigan test sinovi natijalari ham 3 kun ichida talabgorning shaxsiy kabinetida e’lon qilinadi, lekin sertifikat berilmaydi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
65.8K views08:06
Ochish/sharhlash
2021-11-01 09:42:07 Milliy sertifikat bo‘yicha malaka oshirish kurslari

“Milliy sertifikat uchun test topshiriqlarini shakllantirish” bo‘yicha navbatdagi malaka oshirish kurslari sanalari belgilandi.

Unga ko‘ra malaka oshirish kurslari 8-noyabrdan 13-noyabrga qadar oflayn tarzda, 15-noyabrdan 20-noyabrga qadar esa onlayn tarzda tashkil etiladi.

Unda tinglovchilarga ona tili va adabiyot (o‘zbek tili va adabiyot, rus tili va adabiyot, qoraqalpoq tili va adabiyot) fanlarini bilish darajasini baholash milliy test tizimi uchun test topshiriqlarini shakllantirish bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

Malaka oshirish kurslari Davlat test markazi va Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazining malakali mutaxassislari tomonidan o‘zbek tilida olib boriladi.

Malaka oshirish kurslarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirgan holda kurslarda ishtirok etishlari mumkin.

Murojaat uchun telefon: (95) 515-68-68.

Ilmiy markazning telegram kanali:
@dtmilmiymarkaz
31.6K views06:42
Ochish/sharhlash
2021-11-01 09:21:21
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari boshlandi

Chet tilini bilish darajasini baholash bo‘yicha 26-27-oktabr kunlari o‘tkazilgan test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari boshlandi.

Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etilmoqda va 6-noyabr kuniga qadar davom etadi.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va vaqtini my.dtm.uz saytidan “Milliy sertifikatlar” bo‘limining “Mening arizalarim” qismida bilishlari mumkin.

Talabgorlardan imtihon o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 15 daqiqa oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari so‘raladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
37.5K views06:21
Ochish/sharhlash
2021-10-29 16:25:21 ​​Prezident granti uchun ajratilgan kvotaning ta’lim sohalari bo‘yicha taqsimoti

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi PQ-5172-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti granti joriy qilingan.

Mazkur qarorga muvofiq davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakliga kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra, ta’lim sohalari kesimida, ta’lim olish tilidan qat’i nazar, respublika bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlarning 200 nafari Prezident grantiga da’vogar bo‘ladi.

Bunda:

Prezident granti uchun ajratilgan kvotaning ta’lim sohalari bo‘yicha taqsimoti har yili O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi;

muayyan ta’lim sohasi uchun ajratilgan Prezident granti kvotasi bo‘yicha so‘nggi o‘rindagi abituriyent va u bilan bir xil ball to‘plagan barcha fuqarolar Prezident grantiga da’vogar bo‘ladi.

Davlat komissiyasining 7-son bayonida 2021-2022-o‘quv yili uchun 25 ta ta’lim sohasining har biriga 8 tadan kvota ajratilgan bo‘lib, ayrim sohalarda sakkizinchi va undan keyingi o‘rinlardagi abituriyentlarning to‘plagan ballari bir xil bo‘lganligi sababli jami 257 nafar abituriyent Prezident grantiga da’vogar bo‘ldi.

Ta’lim sohalari kesimida Prezident grantiga da’vogarlar soni va o‘tish ballari bilan quyidagi rasmda tanishishingiz mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
23.4K views13:25
Ochish/sharhlash
2021-10-29 12:33:13 “O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovi Namangan shahrida ham o‘tkaziladi

Talabgorlarning murojaatlariga asosan “O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovi Namangan shahrida ham tashkil etiladi.

Test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

Talabgorlar 20-noyabrga qadar ro‘yxatga olinadi va test sinovi 22-noyabr kuni o‘tkaziladi.

Ilmiy markazning telegram kanali:
@dtmilmiymarkaz
20.9K views09:33
Ochish/sharhlash