Get Mystery Box with random crypto!

Milliy sertifikat

Telegram kanalining logotibi dtmuzb — Milliy sertifikat M
Telegram kanalining logotibi dtmuzb — Milliy sertifikat
Kanal manzili: @dtmuzb
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.32K
Kanalning ta’rifi

Umumta’lim fanlari va chet tillaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha eng so‘nggi yangiliklar

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 54

2021-10-28 09:49:22 ​​ Noyabr va dekabr oylari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi

Fuqarolardan kelib tushgan murojaat va takliflardan kelib chiqqan holda chet tilini bilish darajasini baholash test sinovlari noyabr va dekabr oylarida ham o‘tkazilishi belgilandi.

Bunda test sinovlari noyabr oyida ingliz, nemis va fransuz tillaridan, dekabr oyida esa ingliz, nemis, fransuz va arab tillaridan B1, B2 va C1 tilni bilish darajalari bo‘yicha o‘tkaziladi.

Test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

Bunda talabgorlar noyabr oyi uchun 8-noyabrga qadar (barmoq izi topshirish 8-10-noyabr kunlari), dekabr oyi uchun esa 28-noyabrga qadar (barmoq izi topshirish 29-30-noyabr kunlari) ro‘yxatga olinadi.

Ro‘yxatdan o‘tish vaqtida talabgorlar imtihon topshirish hududi sifatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan birini tanlab, o‘zlari tanlagan hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

Test natijalariga ko‘ra B2 yoki undan yuqori darajadagi sertifikatga ega abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalariga kirishda chet tili fanidan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi.

Shuningdek, ta’lim muassasalarining C1 darajadagi sertifikatga ega xorijiy tillar o‘qituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama haqi to‘lanadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
41.1K viewsedited  06:49
Ochish/sharhlash
2021-10-27 15:58:08
Chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi

2021-yil 26-27-oktabr kunlari chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, leksik va grammatik kompetensiyalar, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.

Test sinovlari ingliz, nemis, fransuz, ispan, italyan, koreys, xitoy, yapon, turk, arab, fors va pushtu tillaridan B1, B2 va C1 tilni bilish darajalari bo‘yicha o‘tkazildi.

Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

Unda jami 1 710 nafar talabgordan 1 660 nafari ishtirok etdi, 50 nafari esa test sinovlarida qatnashmadi.

Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 1-6-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
32.2K views12:58
Ochish/sharhlash
2021-10-27 13:28:18
“O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovi o‘tkazildi

2021-yil 27-oktabr kuni Jizzax shahrida navbatdagi “O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovi bo‘lib o‘tdi.

Test sinovi Britaniya Kengashi (British Council) bilan hamkorlikda kompyuterda o‘tkazildi.

Test sinovida ishtirok etgan talabgorlarning test natijalari 72 soat ichida shaxsiy kabinetida e’lon qilinadi.

Keyingi test sinovlari Termiz, Buxoro, Navoiy, Andijon, Toshkent va Nukus shaharlarida quyidagi muddatlarda o‘tkaziladi:

Termiz shahri – 11-noyabr;
Buxoro shahri – 16-noyabr;
Navoiy shahri – 18-noyabr;
Andijon shahri – 24-noyabr;
Toshkent shahri – 26-noyabr;
Nukus shahri – 30-noyabr.

Test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Ilmiy markazning telegram kanali:
@dtmilmiymarkaz
28.6K views10:28
Ochish/sharhlash
2021-10-26 16:12:08 Umumta’lim fanlari bo‘yicha test topshiriqlari tafsiloti e’lon qilindi

2022-2023-o‘quv yili
uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida foydalaniladigan umumta’lim fanlari bo‘yicha test topshiriqlari tafsiloti (spetsifikatsiya) e’lon qilindi.

Test topshiriqlari tafsiloti bilan https://dtm.uz/page/tafsilot manzili orqali tegishli fanni tanlagan holda tanishish mumkin.

Izoh: Test topshiriqlari tafsilotlariga aprobatsiya natijalari hamda vakolatli davlat tashkilotlarining tegishli qaror va buyruqlariga asosan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
26.7K views13:12
Ochish/sharhlash
2021-10-26 15:49:35 Davlat test markazi pinned « Umumta’lim fanlaridan tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati e’lon qilindi 2021-2022-o‘quv yilida umumta’lim maktablari va akademik litseylarda qo‘llanilayotgan darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalar asosida tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlar ro‘yxati Davlat…»
12:49
Ochish/sharhlash
2021-10-26 15:46:05 Umumta’lim fanlaridan tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati e’lon qilindi

2021-2022-o‘quv yili
da umumta’lim maktablari va akademik litseylarda qo‘llanilayotgan darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalar asosida tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlar ro‘yxati Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilindi.

Umumta’lim fanlari bo‘yicha saytda keltirilgan adabiyotlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlar ro‘yxati asosida shakllantirilgan.

Darsliklar ro‘yxati bilan https://dtm.uz/info/textbooks manzili orqali tegishli fan va tilni tanlagan holda tanishishingiz mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
24.7K views12:46
Ochish/sharhlash
2021-10-25 14:23:15
Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida 80,1 foiz ovoz bilan gʻalaba qozondi

Siyosiy partiyalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodlar saylovchilarning quyidagi miqdordagi ovozini oldi:

O‘zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasidan nomzod Bahrom Abdurahimovich Abduhalimov – 3,4 foiz;

O‘zbekiston Ekologik partiyasidan nomzod Narzullo Naimovich Oblomuradov – 4,1 foiz;

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan nomzod Alisher Keldiyevich Qodirov – 5,5 foiz;

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan nomzod Maqsuda Azizovna Vorisova – 6,6 foiz;

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzod Shavkat Miromonovich Mirziyoyev – 80,1 foiz;

Zayniddin Nizomxodjayev
Markaziy saylov komissiyasi raisi

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
54.6K views11:23
Ochish/sharhlash
2021-10-25 12:54:54
Ertadan chet tili imtihonlari boshlanadi

Ertaga
, 26-oktabr kuni chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovlari boshlanadi.

Test sinovining yozma qismi 26-27-oktabr kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 1-6-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o‘tkaziladi.

Talabgorlar imtihon (yozma va gapirish ko‘nikmasi) joyi, kuni va vaqtini my.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilib olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari so‘raladi.

Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha test sinovi o‘tkazilmaydi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
28.6K views09:54
Ochish/sharhlash
2021-10-25 12:17:50 ​​ Davlat test markazi TOEFL ITP imtihonini yo‘lga qo‘ydi

Xalqaro imtihon tizimlarini respublikamizda joriy etish orqali yoshlarga O‘zbekistonning o‘zida xalqaro imtihonlarni topshirish va xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lish imkoniyatini yaratish maqsadida Davlat test markazi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yib kelmoqda.

Ana shunday hamkorliklardan biri test savollarini tuzish va test sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha dunyodagi eng yirik tashkilotlardan biri bo‘lgan AQShning Educational Testing Service (ETS) tashkiloti bilan yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, Davlat test markazi TOEFL ITP imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritgan.

Unga ko‘ra, Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan TOEFL ITP imtihonlari xalqaro miqyosda tan olinadi hamda imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga ETS tashkilotining xalqaro sertifikati beriladi.

TOEFL ITP test sinovlari Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan har oy Davlat test markazi binosida onlayn tarzda o‘tkaziladi.

Mazkur test sinovining o‘ziga xos jihati talabgor test sinovi yakunlanishi bilan o‘z natijasini bilib oladi.

Test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 25-oktabrga qadar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, test sinovida ishtirok etishlari mumkin.

Test sinovi ro‘yxatga olish yakunlangach 10 kundan so‘ng Davlat test markazida o‘tkaziladi.

Test sinovi uchun to‘lov bazaviy hisoblash miqdorining 3,5 baravarini (945 000 so‘m) tashkil qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son qaroriga binoan C1 darajaga to‘g‘ri keluvchi TOEFL ITP sertifikatiga ega bo‘lgan ta’lim muassasalarining xorijiy tillar o‘qituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama beriladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
24.8K views09:17
Ochish/sharhlash
2021-10-24 12:09:50
Davlat test markazi xodimlari Prezidentlik saylovida faol ishtirok etmoqda.

Siz ham saylovda ishtirok eting va o‘z kelajagingiz uchun ovoz bering.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
31.4K views09:09
Ochish/sharhlash