Get Mystery Box with random crypto!

Milliy sertifikat

Telegram kanalining logotibi dtmuzb — Milliy sertifikat M
Telegram kanalining logotibi dtmuzb — Milliy sertifikat
Kanal manzili: @dtmuzb
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.32K
Kanalning ta’rifi

Umumta’lim fanlari va chet tillaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha eng so‘nggi yangiliklar

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 59

2021-09-13 16:32:16 Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqishning oltinchi kuni yakunlandi

Davlat test markazida 13-sentabr kuniga belgilangan apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish jarayoni yakunlandi.

Apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish bir smenada tashkil etildi.

Bir smenada jami 147 nafar ariza bergan abituriyentning e’tirozini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 40 nafari jarayonda ishtirok etdi, 107 nafari ishtirok etmadi.

Apellatsiya shikoyatlarini qabul qilish 14-sentabrga qadar davom etadi va shikoyatlarni ko‘rib chiqish jarayoni 17-sentabr kuni davom ettiriladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
68.4K views13:32
Ochish/sharhlash
2021-09-13 06:53:15 Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Хозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.

Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.
62.1K views03:53
Ochish/sharhlash
2021-09-11 13:03:04 Xorijdan o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tkazilgan test sinovlari bo‘yicha apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi

Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardan O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlarida ishtirok etgan va natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar apellatsiya.dtm.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Apellatsiya arizalari 14-sentabrga qadar apellatsiya.dtm.uz sayti orqali onlayn qabul qilinadi.

Bunda apellatsiya arizasini bermoqchi bo‘lgan talabgor dastlab apellatsiya.dtm.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish” bo‘limiga kirib, pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritishi lozim.

Agar talabgor haqiqatdan ham test sinovlarida ishtirok etgan va test sinovlaridan chetlatilmagan bo‘lsa, apellatsiya arizasini berishi mumkin bo‘ladi va ariza berish oynasi ochiladi.

Mazkur sahifaga tegishli ma’lumotlarni kiritish orqali apellatsiya arizasi beriladi.

Apellatsiya arizasini bergan talabgorga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi. Talabgor xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va ruxsatnoma bilan Davlat test markaziga kelishi shart.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
93.8K views10:03
Ochish/sharhlash
2021-09-11 12:54:01 #Qabul2021
Minimal o‘tish bali

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 6-son bayonida respublika oliy ta’lim muassasalariga davlat granti bo‘yicha minimal o‘tish bali – 68,0 ball (maksimal 189 ballning 36 %), to‘lov-kontrakt bo‘yicha minimal o‘tish bali – 56,7 ball (maksimal 189 ballning 30 %) etib belgilangan bo‘lib, mazkur talabni bajarmagan abituriyentlar tanlovda ishtirok etmaydi.

Bunda oliy ta’lim muassasalariga nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilish amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Unga ko‘ra, kirish imtihonlarida to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 30 foizidan kam bo‘lmagan ball to‘plagan nogironligi bo‘lgan shaxslar ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya etilgan holda, qo‘shimcha ikki foizli davlat granti kvotalari doirasida talabalikka tavsiya etiladi.

Shuningdek, “Chaqiriqqacha harbiy ta’lim” bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga kirish uchun o‘tkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalariga ko‘ra to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ballning 33,3 foizidan kam ball to‘plagan abituriyentlar hamda uchta majburiy fan bo‘yicha test sinovida ishtirok etmagan abituriyentlar tanlovda ishtirok etmaydi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
76.1K views09:54
Ochish/sharhlash
2021-09-11 11:49:43 Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqishning beshinchi kuni yakunlandi

Davlat test markazida 11-sentabr kuniga belgilangan apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish jarayoni yakunlandi.

Apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish ikki smenada tashkil etildi.

Ikki smenada jami 400 nafar ariza bergan abituriyentning e’tirozini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 122 nafari jarayonda ishtirok etdi, 278 nafari ishtirok etmadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
75.6K views08:49
Ochish/sharhlash
2021-09-10 16:43:00 Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqishning to‘rtinchi kuni yakunlandi

Davlat test markazida 10-sentabr kuniga belgilangan apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish jarayoni yakunlandi.

Apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish to‘rt smenada tashkil etildi.

To‘rt smenada jami 800 nafar ariza bergan abituriyentning e’tirozini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 217 nafari jarayonda ishtirok etdi, 583 nafari ishtirok etmadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
82.6K views13:43
Ochish/sharhlash
2021-09-10 14:59:17 ​​Yolg‘on va asossiz ma’lumotlarga ishonmang!

Joriy yil 9-sentabr kuni “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash” nomli telegram kanalida “DTM menejeri” nomi bilan minglab abituriyentlarga tegishli telefon raqamlari pullanayotganligi to‘g‘risida xabar e’lon qilindi.

Bu bo‘yicha shuni ma’lum qilamizku, Davlat test markazida bunday shaxs ishlamaydi va abituriyentlarning shaxsiy ma’lumotlari fuqarolarga, o‘quv markazlariga yoki turli konsalting firmalarga, umuman uchinchi shaxsga berilmaydi.

Quyidagi rasmda keltirilgan ma’lumot yolg‘on va asossiz bo‘lib, fuqarolardan turli asossiz va yolg‘on xabarlarga ishonmasliklarini hamda tovlamachilar tuzog‘iga tushib qolmasliklarini so‘raymiz.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
84.0K views11:59
Ochish/sharhlash
2021-09-09 16:23:03 Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqishning uchinchi kuni yakunlandi

Davlat test markazida 9-sentabr kuniga belgilangan apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish jarayoni yakunlandi.

Apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish to‘rt smenada tashkil etildi.

To‘rt smenada jami 615 nafar ariza bergan abituriyentning e’tirozini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 176 nafari jarayonda ishtirok etdi, 439 nafari ishtirok etmadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
89.4K views13:23
Ochish/sharhlash
2021-09-09 16:22:25
Kirish imtihonlari qanday o'tdi?

Bu yilgi kirish imtihonlari shaffof bo'ldimi? Ularni takomillashtirish uchun nima taklif berasiz?
Hamkor: Davlat test markazi

O'z fikringizni bildiring: @UReportUzbBot

MA’LUMOT UCHUN:
O‘tgan yili o‘tkazilgan U-Report so‘rovi natijasi asosida, DTM 2021-yilda abituriyentlarni ro‘yxatga olishni to‘liq onlayn amalga oshirdi (2020-yilda U-Reportyorlarning 75%i shunga ovoz bergandi).

___________
Как прошли вступительные экзамены?

Были ли вступительные экзамены в этом году прозрачными? Что бы Вы предложили, чтобы улучшить этот процесс?
Партнер: Государственный центр тестирования

Выражайте своё мнение: @UReportUzbBot

ДЛЯ ИНФОРМАЦИИ:
по результатам опроса U-Report, проведенного в прошлом году, ГЦТ перевёл регистрацию абитуриентов в этом году полностью на онлайн (за это голосовали 75% Ю-Репортёров).
85.0K views13:22
Ochish/sharhlash
2021-09-08 17:45:45 Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqishning ikkinchi kuni yakunlandi

Davlat test markazida 8-sentabr kuniga belgilangan apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish jarayoni yakunlandi.

Apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish to‘rt smenada tashkil etildi.

To‘rt smenada jami 600 nafar ariza bergan abituriyentning e’tirozini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 161 nafari jarayonda ishtirok etdi, 439 nafari ishtirok etmadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
93.6K views14:45
Ochish/sharhlash