Get Mystery Box with random crypto!

​​Davlat test markazi matematika, kimyo va biologiya fanlarida | Milliy sertifikat

​​Davlat test markazi matematika, kimyo va biologiya fanlaridan malakali mutaxassislarni ishga taklif qiladi

Davlat test markazi umumta’lim fanlaridan test topshiriqlarini shakllantirish uchun matematika, kimyo va biologiya (o‘zbek va rus tillarida) fanlari bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan malakali mutaxassislarni ishga taklif qiladi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

mutaxassisligi bo‘yicha pedagogik tajribaga ega bo‘lish;
ta’limga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar (“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlar, amaldagi darsliklar) bilan ishlay olish;
mutaxassislik fanidan test topshiriqlarini shakllantirish va ekspertiza qila olish;
pedagogik o‘lchovlar va testologiyaga oid nazariy bilimlarga ega bo‘lish;
sohaga oid xalqaro tajribalardan xabardor bo‘lish;
test topshiriqlarini tuzish metodikasi va uning turlari haqida ma’lumotga ega bo‘lish.

Talabgorlardan o‘zlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (obyektivka)ni telefon raqamlarini ko‘rsatgan holda maxsus_fan@dtm.uz elektron pochta manziliga yuborishlari so‘raladi.

Hujjatlar 15-oktabrga qadar qabul qilinadi.

Ishga qabul qilingan mutaxassislar uchun Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan “Bilimlarni baholash testlarini ishlab chiqish nazariyasi va amaliyoti” bo‘yicha 36 soatga mo‘ljallangan malaka oshirish kurslari tashkil etiladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube