Get Mystery Box with random crypto!

Milliy sertifikat

Telegram kanalining logotibi dtmuzb — Milliy sertifikat M
Telegram kanalining logotibi dtmuzb — Milliy sertifikat
Kanal manzili: @dtmuzb
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.32K
Kanalning ta’rifi

Umumta’lim fanlari va chet tillaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha eng so‘nggi yangiliklar

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 55

2021-10-23 12:31:48
Saylov uchastkasiga bora olmaydigan fuqaro qay tartibda ovoz beradi?

Ayrim saylovchilar sog‘lig‘ining holatiga yoki boshqa sabablarga ko‘ra ovoz berish binosiga kela olmagan hollarda, tegishli uchastka saylov komissiyasi ovoz berishni ushbu saylovchilarning iltimosiga binoan ular turgan joyda tashkil etadi.

Tegishli komissiyaning kamida ikki nafar a’zosi ko‘chma saylov qutisi bilan saylovchining turgan joyiga yuboriladi.

Mazkur jarayonni kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari kuzatib borishi mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
33.6K views09:31
Ochish/sharhlash
2021-10-23 09:34:40
Saylov byulletenini suratga olib ijtimoiy tarmoqlarga joylash taqiqlanadi

“Saylovchi saylov byulletenini suratga olib ijtimoiy tarmoqlarga joylasa bo‘ladimi?

Saylovchining ushbu xatti-harakatlari qat’iyan taqiqlanadi. Saylov byulletenini ovoz berib bo‘lgach suratga olib ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish saylovning yashirin ovoz berish prinsipini buzish demakdir.

Hozirgi kunda barcha saylov uchastkalaridagi ovoz berish kabinalariga suratga olishni taqiqlash to‘g‘risidagi plakatlar joylashtirilmoqda.

Hurmatli fuqarolar saylovning yashirin ovoz berish prinsipini saqlagan holda, saylov byulletenini ovoz berib bo‘lgach suratga olib ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirmasligingiz so‘raladi.”
Markaziy saylov komissiyasi

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
32.2K views06:34
Ochish/sharhlash
2021-10-23 06:29:04
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga 1 kun qoldi
- - -
До выборов Президента Республики Узбекистан осталось 1 день
- - -
Ózbekstan Respublikası Prezidenti saylawına 1 kún qaldı.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
29.5K views03:29
Ochish/sharhlash
2021-10-22 16:08:13 “O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovi Buxoro va Nukus shaharlarida ham o‘tkaziladi

Ko‘plab talabgorlarning murojaatlariga asosan “O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovi Buxoro va Nukus shaharlarida ham tashkil etiladi.

Bunda test sinovlari Buxoro shahrida 16-noyabr kuni, Nukus shahrida esa 30-noyabr kuni o‘tkaziladi.

Test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

Ro‘yxatga olish Buxoro shahri uchun 14-noyabrga qadar, Nukus shahri uchun esa 26-noyabrga qadar davom etadi.

Shuningdek, oktabr va noyabr oylarida Jizzax, Termiz, Navoiy, Andijon va Toshkent shaharlarida ham “O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovi o‘tkaziladi:

Jizzax shahri - 27-oktabr;
Termiz
shahri - 11-noyabr;
Navoiy shahri - 18-noyabr;
Andijon
shahri - 24-noyabr;
Toshkent shahri - 26-noyabr.

Ilmiy markazning telegram kanali:
@dtmilmiymarkaz
21.9K views13:08
Ochish/sharhlash
2021-10-22 06:57:22
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga 2 kun qoldi
- - -
До выборов Президента Республики Узбекистан осталось 2 дня
- - -
Ózbekstan Respublikası Prezidenti saylawına 2 kún qaldı.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
32.8K views03:57
Ochish/sharhlash
2021-10-21 09:06:01
#onatilimfaxrim
Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan ona tilim!

1989-yilning 21-oktabr kuni Vatanimizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, unga ko‘ra O‘zbek tiliga - Davlat tili maqomi berilgan edi.

2020-yil 10-aprel kuni esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbek tili kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonunni imzoladi. Qonunga asosan, 21-oktabr O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilandi.

Davlat test markazi barcha yurtdoshlarimizni mazkur tarixiy sana – oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining oʻttiz ikki yilligi, O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy muborakbod etadi!

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
33.8K views06:06
Ochish/sharhlash
2021-10-21 06:57:26
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga 3 kun qoldi
- - -
До выборов Президента Республики Узбекистан осталось 3 дня
- - -
Ózbekstan Respublikası Prezidenti saylawına 3 kún qaldı.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
28.8K views03:57
Ochish/sharhlash
2021-10-20 16:40:19
O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlab ma’naviy-ma’riy tadbir o‘tkazildi

Ayni kunlarda yurtimiz bo‘ylab 21-oktabr O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlab turli ma’naviy-ma’riy tadbirlar tashkil etilmoqda.

2021-yil 20-oktabr kuni Davlat test markazida ham O‘zbekiston fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti hamda Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti bilan hamkorlikda “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim”, deb nomlangan bayram tadbiri o‘tkazildi.

Unda mehmon sifatida ishtirok etgan D.Jumashev va Sh.Nazarovalar ona tilimizning rivoji yo‘lida amalga oshirilayotgan amaliy ishlar, erishilgan yutuqlar hamda mavjud muammolar haqida o‘z fikrlarini bildirishdi.

Tadbir o‘zaro fikr almashish va bahs-munozaralarga boy bo‘ldi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
33.1K views13:40
Ochish/sharhlash
2021-10-11 13:33:50 Davlat test markaziga kelib tushayotgan savollar yuzasidan

2021-yil 8-oktabr kuni Davlat test markazi tomonidan test sinovi jarayonlariga oid takliflarni qabul qilish uchun maxsus telegram bot (@dtmga_takliflar_bot) ishga tushirilgan edi.

Hozirga qadar mazkur bot orqali 661 ta xabar kelib tushgan bo‘lib, bot orqali yuborilgan barcha xabarlar Davlat test markazi mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqilmoqda.

Lekin yuborilgan xabarlarning aksariyat qismi taklif emas, balki savollardan iborat bo‘lib qolmoqda. Unda talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardan O‘zbekistonga ko‘chirish va tabaqalashtirilgan kontrakt (xalq tilida super kotrakt) bo‘yicha ko‘plab savollar yuborilmoqda.

Hurmatli abituriyentlar va ularning ota-onalari!

Xorijdan o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tish ballarini belgilash, tabaqalashtirilgan kontrakt uchun arizalarni qabul qilish yoki ularni ko‘rib chiqish, tabaqalashtirilgan kontrakt miqdorini belgilash va magistratura uchun qo‘shimcha qabul kabi ko‘plab masalalar Davlat test markazi vakolatiga kirmaydi.

Shuningdek, klinik ordinatura uchun yakuniy natijalarni hisoblash Davlat test markazi tomonidan emas, balki Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Shu sababli mazkur masalalar yuzasidan tegishli vazirlik va idoralarga hamda oliy ta’lim muassasalariga murojaat qilishingiz maqsadga muvofiqligini ma’lum qilamiz.

Agar sizda Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari bo‘yicha aniq takliflar bo‘lsa, @dtmga_takliflar_bot telegram boti orqali yuborishingizni so‘raymiz.

Albatta, yuborilgan takliflar Davlat test markazi mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqiladi va takliflar asosida test sinovi jarayonlari takomillashtiriladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
25.4K views10:33
Ochish/sharhlash
2021-10-11 13:32:31
#onatilimfaxrim

“Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!”

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
24.6K views10:32
Ochish/sharhlash