Get Mystery Box with random crypto!

​​#Qabul2021 Klinik ordinatura mutaxassisliklariga hujjat t | Milliy sertifikat

​​#Qabul2021
Klinik ordinatura mutaxassisliklariga hujjat topshirgan talabgorlar diqqatiga!

Klinik ordinatura
mutaxassisliklariga kirish uchun chet tilidan test sinovlari 2021-yil 30-sentabr kuni o‘tkazilishi va ruxsatnomalar ta’lim muassasalari tomonidan tarqatilishi haqida xabar bergan edik.

Talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining magistr.dtm.uz saytidan olish imkoniyati yaratildi.

Ruxsatnomani olish uchun magistr.dtm.uz saytiga talabgorning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritish kifoya.

Eslatib o‘tamiz, test sinovlari:

-smenada 10:00 dan 11:00 ga qadar;
-smenada 12:00 dan 13:00 ga qadar;
-smenada 15:00 dan 16:00 ga qadar;
-smenada 17:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin kelishlari lozim.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube