Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasi uchun apel | Milliy sertifikat

Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasi uchun apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi

Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga kirish test sinovlarida ishtirok etgan va natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar apellatsiya.dtm.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Apellatsiya arizalari 30-sentabr va 1-oktabr kunlari apellatsiya.dtm.uz sayti orqali onlayn qabul qilinadi va 5-6-oktabr kunlari ko‘rib chiqiladi.

Apellatsiya arizasini test sinovlarida ishtirok etgan va jarayondan chetlatilmagan talabgorlar berishlari mumkin.

Apellatsiya arizasi bergan talabgorga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

Talabgor xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va ruxsatnoma bilan Davlat test markaziga kelishi shart.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube