Get Mystery Box with random crypto!

Klinik ordinatura uchun chet tilidan test sinovlari o‘tkazildi | Milliy sertifikat

Klinik ordinatura uchun chet tilidan test sinovlari o‘tkazildi

Bugun, 30-sentabr kuni barcha hududlarda klinik ordinatura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarining 2-bosqichi, ya’ni, chet tili bo‘yicha test sinovlari o‘tkazildi.

Test sinovlari 4 smenada tashkil etilib, talabgorlarga chet tili fanidan 30 ta test topshirig‘i va test topshiriqlarini ishlash uchun 1 soat vaqt berildi.

Unda ishtirok etishi belgilangan 3 149 nafar talabgordan 2 606 nafari ishtirok etdi, 543 nafari esa turli sabablarga ko‘ra test sinovlarida ishtirok etmadi.

Test natijalari hisoblangandan so‘ng test sinovida ishtirok etgan talabgorlarning natijalari magistr.dtm.uz sayti orqali e’lon qilinadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube