Get Mystery Box with random crypto!

Narxi Qancha? ⚡️

Telegram kanalining logotibi narxiqancha — Narxi Qancha? ⚡️ N
Telegram kanalining logotibi narxiqancha — Narxi Qancha? ⚡️
Kanal manzili: @narxiqancha
Toifalar: Iqtisodiyot , Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 33.13K
Kanalning ta’rifi

Eng sara narxlar, iqtisodiy, moliyaviy va statistik ma'lumotlar barchasi kreativ tarzda yoritib boriladi.
Reklama & Hamkorlik 👉 @Mr_Gulomkodirov

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2024-04-16 18:46:52
Dunyodagi eng qimmat narsaning narxi qancha?

Antimateriya juda kam uchraydigan moddadir, uni faqat zarracha tezlatgichlarida va atmosferada topish mumkin. U shu darajada qimmatki patina bilan oltin uning oldida xuddi "tekinday" bo'lib qoladi.

Uning qimmatliligiga asosiy sabab, u juda katta miqdorda energiya ishlab chiqara oladi.

Agar siz 1 kg antimetriya olib, uni shuncha miqdordagi materiya bilan qo'shsangiz, shu darajada katta energiya xosil bo'ladiki uning kuchi millionlab termoyadroviy bomba energiyasiga yetadi.

1 gramm antimetriyaning narxi $100 trlnni tashkil etadi va bu sayyora kelajagi ham deb yuritiladi.

Mavzuga doir:

— Turli xil qimmat baho metallar narxi qancha?
— Jahondagi eng qimmat metallning narxi qancha?

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
13.2K views15:46
Ochish/sharhlash
2024-04-15 20:01:02
Millionerning ahmoqona xaridlari

Dunyoda juda ko'p boy odamlar bor va ba'zida ular juda g'alati xaridlarni amalga oshiradilar.

Masalan, Datta Fuge Hindistonlik millioner bo'lib, u kredit berish orqali katta boylik orttirgan.

Shuningdek, u oltinni juda yaxshi ko'rishi va hatto 2013 yilda o'ziga oltin ko'ylak buyurtma qilishi bilan ham mashhur edi. Ko'ylak qimmatbaho 14 ming dona 22 karatli oltindan qilingan, kiyimlarning og'irligi 3,5 kilogrammni tashkil etdi va bu boy odamga $250 mingga tushgan.

Dutta Fuge ko'ylakdan tashqari boshqa ko'plab oltin buyumlarga ham egalik qiladi. Masalan, zanjir va medalyonlar uning bo'yniga doimiy ravishda osilgan, qo'llarini esa katta bilaguzuklar bezatgan.

Afsuski millioner 2016-yilda o'ldirilgan.

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
12.6K views17:01
Ochish/sharhlash
2024-04-15 15:16:42
Eng ta'sirchan "Boycott"

2005-yil oxirida Daniyada Yevropa so'z erkinligi madaniy an'analari va musulmonlar o'rtasida kuchli ziddiyat yuzaga keldi. Buning sababi Jyllands-Posten gazetasi payg'ambarimiz Muhammad S.A.V. haqidagi 12 ta aqilga sig'maydigan karikaturalarni chop etganligi edi.

Nashr musulmon mamlakatlari tomonidan juda salbiy reaktsiyaga sabab bo'ldi: Liviya Daniyadagi elchixonasini yopdi, Islom harakatlari esa daniyaliklar, shvedlar va norvegiyaliklarni Falastin avtonomiyasini darhol tark etishni talab qildi.

O'n bitta Islomiy davlat Daniya va gazetadan diniy tuyg'ularni nashr etish bilan haqorat qilgani uchun uzr so'rashni talab qildi va "Tolibon" harakati rasm mualliflarining boshlari uchun 100 kg oltin mukofot e'lon qildi.

Janjal butun dunyo bo'ylab siyosiy inqirozga aylandi. Natijada, musulmonlar Daniya tovarlariga boykott e'lon qilishdi, bu esa Daniyaga $170 million zarar yetkazdi. Namoyish davomida 139 kishi halok bo'ldi.

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
12.8K views12:16
Ochish/sharhlash
2024-04-13 11:36:07
Sumalak tayyorlashning narxi qancha?

Navro'z bayramining asosiy taomi bo'lgan sumalakdagi mahsulotlar qimmat emas. Sumalak tayyorlash uchun ishlatiladigan unib chiqqan bug'doy ozuqa moddalari, vitaminlar va oqsillarga boydir.

50 litr sumalakni tayyorlash narxi (194 500 so'm):
— 5 kg bug'doy 8 500 so'm/kg jami 42500 so'm;
— 15 kg un 9 000 so'm/kg jami 135000 so'm;
— 1 litr paxta yog'i 17 000 so'm.

Taom qishdan keyin kuchni tiklash uchun bahorda tayyorlanishi bejiz emas. Shirin va chiroyli karamel rangidagi taom afsonalarga boy. Uni tayyorlash jarayoni qarindoshlar va qo'shnilarni birlashtiradigan butun bir katta marosimga aylanib ketadi. Bundan tashqari o'tin yoki tabiiy gaz uchun hamda oshpazlar jamoasi uchun ham o'zgaruvchan xarajatlar qo'shiladi.

@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog !
12.8K viewsedited  08:36
Ochish/sharhlash
2024-04-12 15:30:30
Super josuslik dasturi — "Pegas"ning narxi qancha?

Bir necha yillar oldin hech qanday ogohlantirishlarsiz telefon orqali 50 mingdan ortiq (prezidentlar, jurnalistlar va boshqalar) insonni kuzatib, telefondagi istalgan ma’lumotga egalik qilgan Isroil kompaniyasi(NSO Group )ga tegishli Pegas dasturi shov-shuvlarga sabab bo‘lgandi.

Josuslikka ixtisoslashgan dastur telefon egasiga bildirmasdan telefon qo‘ng‘iroqlari, yozishmalar, joylashgan manzili, o‘rnatilgan parollari, rasmlar va boshqa barcha ma’lumotlarni olish mumkin bo‘ladi. Dastur Meksikada narkokartel rahbari El Chaponi qo‘lga olishda ishlatilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, dastur anchayin qimmat turadi. 2016 yilda Pegasni 10 telefonga o‘rnatib berish $650 ming bo‘lgan. Unga qo‘shimcha tarzda yana $500 ming to‘lov talab etilgan.

Hisobotlarga ko‘ra, 40 ta davlat Pegas dasturidan foydalangan, 50 ta davlatda yashovchi fuqarolar uning yordamida kuzatilgan.

@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog !
13.5K views12:30
Ochish/sharhlash
2024-04-11 19:45:02
Asli O'zbeistonlik "Olmoslar qiroli"ning boyligi qancha?

Lev (Levi) Leviev 1956-yil 30-iyulda Samarqanda tug'ilgan. 1971-yilda Isroilga ko'chib o'tgan va u yerdan 2007-yilda Londоnga ko'chib o'tgan. Uning ota-onasi Avner va Chana Levievlar Buxoro yahudiylari jamoasining taniqli vakillaridan boʻlishgan. Hozirda u Afrikadagi olmos konlariga egalik qiladi.

Isroilga koʻchib oʻtganidan koʻp oʻtmay, Leviev olmosni tozalash zavodida ishlay boshladi va olmos kesish jarayonining 11 bosqichini oʻrgandi.

1977-yilda oʻzining olmos parmalash zavodini yaratdi. 1980-yilda olmos sanoatidagi tanazzul tufayli kredit tanqisligidan aziyat chekkan 12 ta raqobatdosh zavodni sotib oldi va qaynotasi yordamida rivojlantiradi. 1992-yilda Rossiyaga koʻchib oʻtdi va Rossiyaning eng qadimgi zargarlik fabrikasi, Moskvadagi Ruis Diamonds Ltd. va Moskva zargarlik fabrikasini sotib oldi.

Uning boyligi 2012-yilda $1,7 mlrd bo'lgan bo'lsa, hozirda $1 mlrdni tashkil etadi.

@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog !
13.6K viewsedited  16:45
Ochish/sharhlash
2024-04-11 17:46:36
1 porsiya palovning oʻrtacha narxi qancha?

Statistika agentligi tomonidan 2024 yil mart oyi uchun hududlardagi osh markazlarida sotilayotgan palovning oʻrtacha narxlari maʼlum qilindi.

Ular:
— Qoraqalpogʻiston R. 24 300 soʻm;
— Andijon viloyati 24 400 soʻm;
— Buxoro viloyati 28 600 soʻm;
— Jizzax viloyati 25 600 soʻm;
— Qashqadaryo viloyati 27 700 soʻm;
— Navoiy viloyati 24 200 soʻm;
— Namangan viloyati 19 900 soʻm;
— Samarqand viloyati 27 000 soʻm;
— Surxondaryo viloyati 25 800 soʻm;
— Sirdaryo viloyati 23 000 soʻm;
— Toshkent viloyati 25 000 soʻm;
— Fargʻona viloyati 21 600 soʻm;
— Xorazm viloyati 27 200 soʻm;
— Toshkent shahri 30 200 soʻm.

Eng arzon osh Namangan viloyatida 19 ming soʻm, eng qimmati Toshkent shahrida 30200 so'm ekan.

Mavzuga doir:
— O'zbekistondagi eng qimmat va eng arzon palovning narxi qancha?

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
13.3K views14:46
Ochish/sharhlash
2024-04-09 06:35:16
Xalqaro imtihonlarda muvaffaqiyat qozongan yoshlarga kompensatsiya berilyapti?

Xalqaro imtihonlarda yuqori ball to‘plagan yoshlarga imtihon xarajatlari uchun 51 mlrd so‘mga yaqin to‘lovlar qoplab berildi. Shartlari oddiy – talabgor imtihonda 70% dan ortiq natija ko‘rsatsa kifoya. Masalan, IELTS da 7 yoki undan baland ball to‘plash talab etiladi.

2021-yilda 2 833 nafar yoshga 5,5 mlrd so‘m imtihon xarajatlari qoplab berilgan bo‘lsa, 2024-yil 1-aprel holatiga bu ko‘rsatkich 5763 nafar yoshga 10,6 mlrd so‘mni tashkil etdi. Ya’ni bir chorakdagi natijalar butun yilga nisbatan karrasiga ortgan! Bu – til o‘rganayotgan, xalqaro darajada bilim egallayotgan yoshlarimiz soni muntazam ortib borayotganidan dalolat.

Eslatib o‘tamiz, 18 ta xalqaro imtihon tizimida yuqori natijaga erishgan yoshlar imtihon xarajatlarini “Xazna” ilovasi orqali qaytarib olishlari mumkin.

@NarxlarQancha - Narxlar haqidagi # blog!
13.4K views03:35
Ochish/sharhlash
2024-04-08 18:31:27
Madaniyat vazirligi: “The Voice of Uzbekistan” musiqiy loyihasini boshladi

— Loyihaning eʼlon qilingan umumiy qiymati 1 989 120 000 soʻmni tashkil qilmoqda. Va bu narxlar QQS larsiz hisoblangan. Ushbu loyiha telekoʻrsatuvi koʻrinishida TV orqali namoyish etilishi kutilmoqda.

— Bunda ajratilgan mablagʻlar besh toifa boʻyicha ajratiladi va ular loyiha smetasiga koʻra quyidagicha boʻlinadi:

1. Teleloyiha ishtirokchilari ustozlari uchun gonorar: 3 kishiga 6 oyga har biriga 228 000 000 soʻm, umumiy 684 000 000 soʻm.
2. Badiiy rahbarlik uchun gonorar: 1 kishiga 6 oy davomida jami 342 000 000 soʻm.
3. Musiqa direktori uchun gonarar: 1 kishiga 6 oy davomida jami 228 000 000 soʻm.
4. Teleloyiha ishtirok etadigan sozandalar uchun gonorar: 6 kishi uchun 6 oy davomida 522 000 000 soʻm.
5. Yagona ijtimoiy toʻlov uchun (12 foiz): 213 120 000 soʻm ajratiladi.

— Shuningdek, loyiha turli kompaniyalardan homiyliklar ham jalb qilinadi.

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
12.9K views15:31
Ochish/sharhlash
2024-04-06 08:55:02
1 ovozga 50 ming pul, 15 taga qo‘zichoq, mingtasiga mashina – bu galgi “Tashabbusli budjet” qanday o‘tdi?

4-aprel, payshanba kuni “Tashabbusli budjet”ning 2024 yil birinchi mavsumi uchun ovoz berish tugadi. Ushbu mavsum uchun tuman (shahar) budjyetlari hisobidan 3,39 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilgan.

Har galgidan ko‘ra raqobatbardosh o‘tgan bu mavsumda quyidagi takliflar erildi:
— mingta ovoz uchun Nexia – 1 avtomobili;
— 15 ta ovoz uchun esa bitta qo‘zichoq;
— bitta ovozga bitta yog‘, bitta 5 litr idishda suyuq sovun;
— 10 ta ovozga qo‘zichoq, 50 ta ovozga buzoqcha, 100 ta ovozga toychoq;
— bir ovozga 50 ming so‘m (oxirgi kuni 100ming so'mgacha ko'tarildi);
— 20 ta ovozga qizchalar uchun tilla zirak;

Bu galgi ovoz berish qat’iyroq “Bir fuqaro – bir ovoz” ko‘rinishida amalga oshirildi. Bunda fuqaroning bir nechta aloqa operatorlaridan 3-4 ta sim-kartasi bo‘lsa ham, aloqa operatoridan qat’i nazar, har qanday holatda faqat bitta ovozi “Ochiq budjet”da qayd etildi.

@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog !
12.9K views05:55
Ochish/sharhlash