Get Mystery Box with random crypto!

Narxi Qancha? ⚡️

Telegram kanalining logotibi narxiqancha — Narxi Qancha? ⚡️ N
Telegram kanalining logotibi narxiqancha — Narxi Qancha? ⚡️
Kanal manzili: @narxiqancha
Toifalar: Iqtisodiyot , Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 32.61K
Kanalning ta’rifi

Eng sara narxlar, iqtisodiy, moliyaviy va statistik ma'lumotlar barchasi kreativ tarzda yoritib boriladi.
Reklama & Hamkorlik 👉 @Mr_Gulomkodirov

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2024-03-04 18:36:16
Yo'llarda qoidabuzarliklarni qayd qilish uskunalarini (radar) o'rnatishning narxi qancha?

Bugungi kunda tadbirkorlar tomonidan yo'llarda qoida buzarliklarni qayd qilish qurilmalarini o'rnatish uchun avvalambor auksionda ushbu huquqni sotib olish kerak. Yurtimizda eng qimmat sotilgan joy uchun 3 mlrd 496 mln 762 ming 500 so'm narx to'lashgan.

Qoida buzarliklarni video va foto qayd etish qurilmalarining eng yaxshilaridan bo'lgan "Kordon Pro M" radari 410 mln so'mgacha turadi. Yo'llarga yo'lning qatnov qismiga qarab o'rtacha 2 ta shunday qurilma kerak bo'ladi. Bitta radar qurilmasini o'rnatish va uni server bilan bog'lash tadbirkorga o'rtacha 200 mln so'mgacha tushishi mumkin.

Dastlabki yilda tadbirkor tushgan foydaning 50% ni keyingi yillarda 25% ni oladi.

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
14.2K views15:36
Ochish/sharhlash
2024-03-03 07:35:23
Oʻzbekistonda sotilayotgan chet el brendi avtomobillari narxi qancha? (4)

— Haval brendi avtomobil narxlari:
• Haval M6 – 244 900 000 soʻm
• Haval Jolion – 309 900 000 soʻm
• Haval H6 – 344 900 000 soʻm

— Nissan brendi avtomobil narxlari:
• Patrol Platinum City – 1 250 000 000 soʻm
• X-Trail – 730 000 000 soʻm

— Opel brendi avtomobil narxlari:
• Corsa – 349 000 000 soʻm
• Astra – 409 000 000 soʻm
• Mokka – 389 000 000 soʻm
• GrandLand – 489 000 000 soʻm (taxm)

Chevrolet brendi mahalliy bozordagi rasmiy sotilayotgan narxlari:
• Malibu XL – 375 000 640 soʻm
• Tracker – 218 062 880 soʻm
• Equinox – 408 450 560 soʻm
• Traverse – 734 530 720 soʻm
• Tahoe – 1 109 274 880 soʻm

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
12.6K views04:35
Ochish/sharhlash
2024-03-02 17:36:06
Rossiya Ukraina urushiga qancha sarfladi va qancha mablagʻ yoʻqotdi?

— Pentagon vakiliga ko‘ra, Ukraina bilan ikki yillik urush Rossiyaga $211 mlrd atrofida tushgan. Bu sof xarbiy xarajatlar. Agar, yo‘qotilgan iqtisodiy o‘sish hisobga olinsa, $1,3 trln kelib chiqmoqda.

— Shuningdek, mulozim Rossiya o‘lganlar va yaradorlar hisobiga 315 000 nafar askaridan ayrilganini ham aytgan. Ammo halok boʻlganlar askar baʼzi manbalarda 400 000 nafardan koʻp ekanligi aytilmoqda. Va bu urush xarajatlarni 21 foizgacha oshiradi.

— BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar urush yana 2 yil atrofida davom etsa, Rossiya tomon yana kamida $987 mlrd atrofida zarar koʻrishini bashorat qilmoqda.

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
13.7K views14:36
Ochish/sharhlash
2024-02-29 08:15:28
Turli davlatlarda bir km masofa uchun eng qimmat taksi xizmati narxlari

1. Yangi Zelandiya, Christchurch – $4,50
2. Yangi Zelandiya, Kvinstaun – $4,38
3. Avstraliya, Sidney – $4,23
4. Avstraliya, Perth – $4,05
5. Avstraliya, Melburn – $3,77
6. Yangi Zelandiya, Vellington – $3,75
7. Yangi Zelandiya, Oklend – $3,71
8. Buyuk Britaniya, London – $3,67
9. Ispaniya, Madrid – $3,59
10. Rossiya, Moskva – $3,46

— Ushbu maʼlumotlar maʼlum bir sayt tomonidan tuzilgan boʻlib, boshqa nashrlar orqali tuzilgan maʼlumotlar esa anchagina farq qilishi mumkin.

— Shuningdek, narxlar deyarli har oyda mavsumga qarab 50 foizgacha oʻzgarib turishi ham mumkin.

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
16.2K views05:15
Ochish/sharhlash
2024-02-27 17:36:11
Instagram ijtimoiy tarmogʻida kimning reklama narxi qancha?

— Quyida sizga Instagram tarmogʻidagi eng qimmat reklama sotuvchi top-15 likni havola etamiz:

1. Cristiano Ronaldo – $3 234 000
2. Lionel Messi – $2 597 000
3. Selena Gomez – $2 558 000
4. Kylie Jenner – $2 386 000
5. Dwayne Johnson – $2 326 000
6. Ariane Grande – $2 264 000
7. Kim Kardashian – $2 176 000
8. Beyonce Knowles – $1 889 000
9. Khloe Kardashian – $1 866 000
10. Justin Bieber – $1 763 000
11. Kendall Jenner – $1 758 000
12. Taylor Swift – $1 611 000
13. Jennifer Lopez – $1 497 000
14. Virat Kohli – $1 384 000
15. Nicki Minaj – $1 344 000

P. S: Narxlar obunachilar oqimiga qarab har 6 oyda oʻzgarishi mumkin.

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
18.9K views14:36
Ochish/sharhlash
2024-02-26 10:35:42
Mashhurlarning shaxsiy sugʻurta hisoblari haqida

1. Mariah Carey, 54 yosh, Amerikalik qoʻshiqchi — U oyoqlarini $1 mlrd miqdorda sugʻurta qildirgan.

2. Devid Bekhem, 48 yosh, iste’fodagi futbolchi — Bu futbolchi oyoqlari va barmoqlarini $195 mln evaziga sugʻurtalagan.

3. Cristiano Ronaldo, 39 yosh, futbolchi — Ronaldo ham oyoqlarini sugʻurtalagan va bu unga $144 mln sarflagan.

4. Julia Roberts, 55 yosh, Amerikalik aktrisa va prodyuser – Bu inson oʻz tabassumini $30 mln evaziga sugʻurtalagan.

5. Jennifer Lopez, 54 yosh, Amerikalik aktrisa — Lopez boteks qilingan “orqa sondan tepa qismi” tana aʼzosini $27 mln bilan sugʻurta qilgan.

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
16.9K viewsedited  07:35
Ochish/sharhlash
2024-02-24 20:15:02
Eng yirik harbiy byudjetga ega davlatlar va Oʻzbekiston harbiy byudjeti haqida

1. AQSH – $801 mlrd
2. Xitoy – $293 mlrd
3. Hindiston – $76,6 mlrd
4. Buyuk Britaniya – $68,4 mlrd
5. Rossiya – $65,9 mlrd
6. Fransiya – $56,6 mlrd
7. Germaniya – $56 mlrd
8. Saudiya Arabistoni – $55,6 mlrd
9. Yaponiya – $54,1 mlrd
10. Shimoliy Koreya – $50,2 mlrd

— Dunyoning qolgan davlatlarining umumiy harbiy byudjeti miqdori $536 mlrd boʻlib, bu butun dunyo harbiy byudjetining 25,3 foizini tashkil etadi.

— Oʻzbekiston Respublikasi harbiy byudjeti miqdori 2023-yil maʼlumotlariga koʻra, $692,5 mln miqdorda boʻlishi mumkin.

@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!
13.1K views17:15
Ochish/sharhlash
2024-02-23 07:15:15
Oʻzbekistonliklar qancha maosh oladilar?

— 2023 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi o‘rtacha oylik nominal ish haqi 4 mln 551 ming so‘mni tashkil etdi. Eng ko‘p oylik oluvchilar – moliya va sug‘urta sohasi xodimlari bo‘lib, ular o‘rtacha 13,3 mln so‘m oylik olyapti. 

— 2023-yil yakunlari bo‘yicha sohalar kesimida eng yuqori o‘rtacha oylik ish haqi miqdori:
· moliya va sug‘urta faoliyatida – 13,3 million so‘m
· axborot va aloqa sohasida –10,6 mln so‘m
· tashish va saqlash sohasida – 6,9 mln so‘m
· sanoat sohasida – 5,6 mln so‘m
· qurilish sohasida – 5,2 mln so‘m
· savdo sohasida – 4,9 mln so‘m
· yashash va ovqatlanish xizmatlari sohasida – 3,9 mln so‘m
· san’at, ko‘ngil ochish va dam olish sohasida – 3,7 mln so‘m
· ta’lim sohasida – 3,1 mln so‘m
· sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 3 mln so‘m

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
13.1K views04:15
Ochish/sharhlash
2024-02-19 11:35:50
TBC Bank uchun 2023-yil qancha foyda ko'rdi?

2023-yil O‘zbekistondagi birinchi raqamli bank — TBC Bank uchun muhim bo‘ldi. Yil yakunlariga ko‘ra, TBC Bank'ning sof foydasi 5,4 mln dollarni tashkil qildi va uch yil ichida birinchi marta foydaga chiqildi.

Bank tashkil topganidan boshlab uch yil ichida foydaga chiqa olishi nafaqat O‘zbekistonda, balki dunyoda ham kam uchraydi. Kam sonli banklar bunday qisqa vaqt ichida zararni foydaga aylantira olgan.

Yil davomida TBC Bank'ning kredit portfeli 2,3 barobar oshib, 3,7 trln so‘mga yetdi. O‘sish ko‘rsatkichi bo‘yicha bank O‘zbekistonda yetakchi bo‘ldi.

Bankdagi omonatlar qoldig‘i esa o‘tgan yili 1,9 barobar ko‘payib, 2,7 trln so‘m bo‘ldi. Bu yerda ham o‘sish ko‘rsatkichi bo‘yicha bank mamlakatda birinchilardan bo‘ldi.

TBC Bank kredit va omonatlar ajratishda O‘zbekistondagi eng tez o‘sayotgan bank maqomiga asosan aholi bilan ishlash orqali erishdi. Bu esa uni yanada jozibador qiladi.

Yuqori o‘sish va rivojlanish o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi. Bank 2023-yilda aksiyadorlardan 50,5 mln dollarlik rekord darajada kapital jalb qildi.

Umuman olganda, TBC Group'ning foydalanuvchilari soni 2023-yilda keskin o‘sib 15,7 mln nafarga yetdi. Payme to‘liq sotib olingach, ilovada oylik faol foydalanuvchilar 3,4 mln nafargacha o‘sdi (doimiy ro‘yxatdan o‘tganlar — 11,6 mln kishi). TBC Bank'da esa bu ko‘rsatkich 1 mln nafarga yaqinlashdi.

@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!
13.0K views08:35
Ochish/sharhlash
2024-02-17 17:36:04
O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 2023-yilda 1,07 kvadrillion so‘mga yetdi

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2023-yilda 6 foizga o‘sib, 1,07 kvadrillion so‘mni (90,8 milliard dollarga yaqin) tashkil etdi. Aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmi 28,98 million so‘mga (2468 dollar) o‘sdi.

Prezident huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yil yakuniga ko‘ra O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot hajmi joriy narxlarda 1,07 kvadrillion so‘mni tashkil qildi.

Iqtisodiy o‘sish 2022-yil darajasiga nisbatan 6 foizga yetdi. O‘rtacha dollar kursi bo‘yicha (11 741 so‘m) o‘tgan yili nominal YAIM 90,8 milliard dollarni tashkil etdi, bu 2022-yilga nisbatan 10,4 milliard dollarga ko‘pdir. YAIM haqida batafsil ma’lumotlar Statistika agentligining YAIM ishlab chiqarish bo‘yicha alohida hisobotida e’lon qilinadi.

Aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot 28,98 million so‘mni (2468 dollarga yaqin) tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 4,07 million so‘mga yoki so‘m bilan ifodalanganda 16,3 foizga (9,4 foizga yoki 213 dollarga) oshdi.

Sanoat sohasida o‘sish 6 foiz — 655,8 trillion so‘mni tashkil etadi. Sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmida ishlab chiqarish sanoatining ulushi 84,4 foizni, tog‘-kon sanoati tashkil etdi
Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligining hajmi 4,1 foizga oshib, 426,3 trillion so‘mni tashkil etdi.

@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!
13.1K viewsedited  14:36
Ochish/sharhlash