Get Mystery Box with random crypto!

Narxi Qancha? ⚡️

Telegram kanalining logotibi narxiqancha — Narxi Qancha? ⚡️ N
Telegram kanalining logotibi narxiqancha — Narxi Qancha? ⚡️
Kanal manzili: @narxiqancha
Toifalar: Iqtisodiyot , Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 32.61K
Kanalning ta’rifi

Eng sara narxlar, iqtisodiy, moliyaviy va statistik ma'lumotlar barchasi kreativ tarzda yoritib boriladi.
Reklama & Hamkorlik 👉 @Mr_Gulomkodirov

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2024-04-02 16:36:12
Jahongir Ortiqxo'jayevning kompaniyalari

Sobiq hokim, O'zbekistonning eng boy shaxslaridan bo'lgan Jahongir Ortiqxo'jayev „J-United Group“ kompaniyalar guruhining asoschisi hisoblanadi.

Uning ba'zi kompaniyalari Akfa, Imzo-Akfa, Akfa Medline, Tashkent city, Oqtepa – sohil boʻyi, Choshtepa turar- joy, Artel, Discovery Invest, DreamCity Development, Stargate systems, Prime tower group, Obod shahar qurilish, Jako, Lucem, MediaPark, Atlas, EcoBozor, Senior & Seniorita, Vesta Electric, Royal sun-panel, Amilov, Autograph Gallery, Benkam , BizDoner, Qanotchi, Engelberg, Airfel, KFC, Lider-line, Gold aluminium-plastic Co, Zomin sunrise, Zoʻr TV, Multi-mafe, Invento, Avalon.

Ba'zi kompaniyalarining investitsiya qiymati:
— Akfa Medline $32 mln;
— Artel kompaniyasi $550 mln;
— CAU (unversiteti) $50 mln;
— Chef Catering $5 mln;

Uning avtoparkida Rolls-Royce spectre $900 ming turadigan "elektrocar" kabi qimmat avtomobillar mavjud.

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
13.4K views13:36
Ochish/sharhlash
2024-04-02 08:25:33
Dunyodagi eng qimmat shaxsiy samalyotlarning narxi qancha?

Dunyodagi boylar o'zlari uchun shaxsiy samalyot buyurtma qilishadi. Quyida biz eng qimmat shaxsiy samalyotlar reytingini ko'rib chiqamiz:

— Jim Kerri (Gulfstream V) - $59 mln;
— Donald Tramp (Boeing 757) - $100 mln;
— Kim Kardashian - $150 mln;
— Svazilend qiroli Msvati uchinchi (Boeing 747) - $170 mln;
— Bruney sultoni Xassanal Bolkiah (Boeing 747-430) - $230 mln;
— Jozef Lau (Boeing 757-8 VIP) - $367 mln (qayta jixozlashdan so'ng);
— Roman Abramovich (Boeing 787-8 Dream liner) - $350 mln;
— Alisher Usmonov (Airbus A340-300) - $400 mln (qayta jixozlashdan so'ng);
— Saudiya Arabistoni shahzodasi Al-Valid bin Talal (Aiurbus A380 Super) - $500 mln;

Mavzuga doir:
— Dunyodagi eng qimmat samalyot reyslarining narxi qancha?
— O'zbekiston 2023-yil boshida qancha samalyot sotib oldi?

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
13.3K views05:25
Ochish/sharhlash
2024-04-01 21:55:07
O'zbekistondagi yagona tilla gullarining narxi qancha?

Dunyoda tabiiy tilla atir gullarining narxi donasi $100 dan boshlanadi. Gul endi ochilish vaqtida unga maxsus suyuqlik qo'shiladi va gul tilla rang bo'lib ochiladi. Lekin bunday gullari bir haftagina turishi mukin va undan keyin so'lib nobud bo'ladi.

Toshkentda sun'iy xaqiqiy gulga juda o'xshash tilla gullar sotiladigan "boutique" do'kon mavjud. Unda suniy ravishda tilla rangli gul va guldastalar sotiladi.

Bunday guldastalarning narxi 150 ming so'm narx turadi va mavsumga qarab oylik sof foyda $10 minggacha boradi.

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
12.8K viewsedited  18:55
Ochish/sharhlash
2024-03-31 19:16:34
Toshkentda bitta qizni 20 yoshgacha katta qilishning narxi qancha?

Bitta farzandni dunyoga keltirib 20 yoshgacha uni katta qilish xarajatlarini ko'rib chiqamiz:

— Tug'ilish, pampers va kasha 25 mln so'm;
— Yeb ichish 365 mln so'm;
— 4 yil bog'cha o'rtacha oyiga 500 ming so'mdan, 24 mln so'm;
— Maktab 35 mln so'm;
— Institut 4 yil har yiliga 20 mln so'mdan 80 mln so'm;
— Kiyim-kechak 30 mln so'm.
— Boshqa harajatlar (kasal bo'lishi, bayramlar va hokazo....) 40 mln so'm.

Demak, bitta qizni tug'ilgandan to 20 yoshga kirgungacha bo'lgan xarajatlari eng kamida 599 mln so'm hisoblanar ekan. Turmushga berish va undan keyingi xarajatlar bundanda ko'proq bo'ladi.

P/S: Sizningcha yana qanday xarajatlar qolib ketdi. Isohlarda fikringizni qoldiring!


@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
15.9K views16:16
Ochish/sharhlash
2024-03-31 16:15:02
O'zbekistonda eng qimmat sotilgan mobil raqamning narxi qancha?

Tovar
-xomashyo birjasida o‘tkazilgan onlayn auksionda +998200000000 mobil raqami 1 mlrd 70 mln so‘mga sotilgan. Auksion qoidalariga ko‘ra, xaridordan komissiya yig‘imi (bu yerda 32,4 mln so‘m) ham undirilishi ko‘zda tutilgan. Mijoz jismoniy shaxs ekani ko‘rsatilgan.

Mijoz belgilangan miqdordagi to‘lovni 5 ish kuni ichida qilishi kerak. Agar u shuncha pulni to'lasa bu O'zbekison tarixidagi eng qimmat sotilgan mobil raqam bo'ladi.

Mavzuga doir:

— O'zbekistonda eng qimmat mobil raqam narxi qancha?

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
14.1K views13:15
Ochish/sharhlash
2024-03-30 18:46:25
Eng boy musiqachilar reytingi

1. Amerikalik qora tanli Xip-xop musiqachisi va reper – Jay-Z, $2,5 mlrd.

2. Amerika va Barbadosdagi mashhur qoʻshiqchi – Rihanna, $1,7 mlrd.

3. Buyuk Britaniyalik keksa qoʻshiqchi – Andrew Lloyd Webber, $1,25 mlrd.

4. Buyuk Britaniyalik yana bir keksa qoʻshiqchi ayol – Paul McCartney, $1,2 mlrd

5. Amerikalik mashhur qoʻshiqchi va model – Taylor Swift, $1,1 mlrd.

6. Amerikadan boʻlgan mashhur qora tanli reper – Sean Puffy Combs, $1 mlrd

7. Amerikalik mashhur model hamda qoʻshiqchi – Madonna, $850 mln

P. S: Yuqoridagi roʻyxat hozirda hayot boʻlgan eng boy musiqachilar reytingi boʻyicha tuzilgan.

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
12.6K views15:46
Ochish/sharhlash
2024-03-30 06:31:02
Toshkentda kinoteatrda kino ko'rishning narxi qancha?

Poytaxtda kinoteatrlar soni ko'p hisoblanib ularda hattoki butun boshli kinoteatrni to'liq bron qilishningiz mumkin.

Masalan o'rtacha narxdagi kinoteatrlarda narxlar (to'liq bron qilinganda):

9:00 dan 14:00 gacha:
— 1-zal (katta) 15 mln so'm;
— 2-zal (o'rtacha) 4 mln so'm;
— 3-zal (kichik) 3 mln so'm.

15:00 dan 00:00 gacha:

— 1-zal (katta) 35 mln so'm;
— 2-zal (o'rtacha) 7 mln so'm;
— 3-zal (kichik) 6,5 mln so'm.

Shuningdek, 1 kishi uchun oddiy kino ko'rish narxlari 75 ming so'mni tashkil qiladi. Agar siz kinoni VIP klassda ko'rmoqchi bo'lsangiz narx 140 ming so'm.

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
12.7K views03:31
Ochish/sharhlash
2024-03-29 12:14:02
O‘zbekistonda katta sarmoyalar kiritilishiga qaramay, gaz qazib olish hajmi qisqarib, import ulushi o‘smoqda

Mamlakatda tabiiy gaz qazib olish hajmi sezilarli qisqarayotgani sabab import ulushi tez o‘sib bormoqda.

2020-yilda $50,4 mlnlik gaz import qilingan bo‘lsa, 2023-yilda bu 695 mlnga yetgan.

O‘zbekistonda qazib olinayotgan tabiiy gaz hajmi yildan yilga qisqarishda davom etmoqda. 2023-yilda so‘ngi yetti yil ichidagi eng kam — 46,7 mlrd metr kub gaz qazib olindi. Bu 2017-yildagi ko‘rsatkichdan (56,4 mlrd metr kub) 9,7 mlrd metr kub kam degani.

2017-2023 yillarda ko‘proq gaz qazib olish yo‘lidagi sarmoyalar qiymati $3 mlrdni tashkil etgan.

Bu yil Mo‘ynoq, Qorako‘l, G‘uzor, Mirishkor va Muborak tumanlarida $321 mln evaziga gaz quduqlarini burg‘ilash va jihozlash ishlari olib boriladi. Mazkur konlarda kompressor stansiyalarini qurishga $200 mln ajratiladi. Geologiya-qidiruv ishlari uchun $79,6 mln yo‘naltiriladi.

IMPORT
O‘zbekiston xorijdan 2020-yilda $50,4 mlnlik, 2021-yilda $154,5 mlnlik, 2022-yilda $281,9 mlnlik gaz import qilgan. 2023-yilda esa gaz importi hajmi qolgan yillarga qaraganda sezilarli darajada oshib, $694,9 mlnga yetgan.

Joriy yilda gaz importi hajmi rekord darajada o‘sishi mumkin. Chunki respublika yanvar–fevral oylarida $166,7 mlnlik gaz import qildi.

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
12.6K views09:14
Ochish/sharhlash
2024-03-28 10:35:36
Banklardagi eng qimmat o'g'riliklarning qiymati qancha?

Gollivud filmlarida ko'rgan banklardagi o'g'riliklar real hayotda ham uchrab turadi. Quyida biz tarixdagi eng qimmat o'g'riliklarni ko'rib chiqamiz:

— Fransiya markaziy banki $17,2 mln (2009);
— Braziliya markaziy banki $69 mln (2005);
— Bank of England $49 mln (2006);
— United California banki $12 mln (1972);

Yuqoridagilardan Braziliya markaziy bankining o'g'rilanishi ideal darajada qilingan desa bo'ladi. O'g'rilar bankka qo'shni uyni ijaraga olishib, tunel qazishgan va havo aylanish tizimi bilan jihozlashgan. Barcha mayda detallargacha o'ylangan o'g'rilik natijasida 3,5 tonna o'g'rilikdagi qimmatbaho buyumlar, valyuta va boshqa moddiy vositalarni o'g'irlashga muvoffaq bo'lishgan.


Mavzuga doir:
— Yangi O'zbekistonda gaz o'g'rilari
— Toshkentda 4 daqiqada 33 mln so'm lik o'g'irlik

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
13.3K views07:35
Ochish/sharhlash
2024-03-27 15:36:23
«Gollivud» ning eng boy aktyor va aktrisalari haqida bilasizmi?

1. Roʻyxatning birinchi oʻrinda aktrisa, biznesmen, investor – Jomiy Gertz $8 mlrd boylik bilan turibdi.

2. Undan soʻng esa aktyor va tadbirkor – Brok Pirs $2 mlrd bilan ikkinchi oʻrinni egallamoqda.

3. Jadvalning uchinchi oʻrinda qora tanli mashhur aktyor, kino rejissor va senarist – Tayler Perri $1 mlrd bilan egalik qilmoqda.

4. Aktyor va mashhur stend-up komediyachi – Jerri Zaynfeld $950 mln boylik bilan toʻrtinchi oʻrinni band qilgan.

5. Roʻyxatning beshinchi oʻrinida afsonaviy va mashhur aktyor bizga Jumanji, Moana, Fast X kabi oʻnlab mashhur filmlari bilan tanilgan – Dueyn Jonson $800 mln qiymat boylik bilan egallab turibdi.

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
13.0K views12:36
Ochish/sharhlash