Get Mystery Box with random crypto!

1 ovozga 50 ming pul, 15 taga qo‘zichoq, mingtasiga mashina – | Narxi Qancha? ⚡️

1 ovozga 50 ming pul, 15 taga qo‘zichoq, mingtasiga mashina – bu galgi “Tashabbusli budjet” qanday o‘tdi?

4-aprel, payshanba kuni “Tashabbusli budjet”ning 2024 yil birinchi mavsumi uchun ovoz berish tugadi. Ushbu mavsum uchun tuman (shahar) budjyetlari hisobidan 3,39 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilgan.

Har galgidan ko‘ra raqobatbardosh o‘tgan bu mavsumda quyidagi takliflar erildi:
— mingta ovoz uchun Nexia – 1 avtomobili;
— 15 ta ovoz uchun esa bitta qo‘zichoq;
— bitta ovozga bitta yog‘, bitta 5 litr idishda suyuq sovun;
— 10 ta ovozga qo‘zichoq, 50 ta ovozga buzoqcha, 100 ta ovozga toychoq;
— bir ovozga 50 ming so‘m (oxirgi kuni 100ming so'mgacha ko'tarildi);
— 20 ta ovozga qizchalar uchun tilla zirak;

Bu galgi ovoz berish qat’iyroq “Bir fuqaro – bir ovoz” ko‘rinishida amalga oshirildi. Bunda fuqaroning bir nechta aloqa operatorlaridan 3-4 ta sim-kartasi bo‘lsa ham, aloqa operatoridan qat’i nazar, har qanday holatda faqat bitta ovozi “Ochiq budjet”da qayd etildi.

@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog !