Get Mystery Box with random crypto!

Asli O'zbeistonlik 'Olmoslar qiroli'ning boyligi qancha? Lev | Narxi Qancha? ⚡️

Asli O'zbeistonlik "Olmoslar qiroli"ning boyligi qancha?

Lev (Levi) Leviev 1956-yil 30-iyulda Samarqanda tug'ilgan. 1971-yilda Isroilga ko'chib o'tgan va u yerdan 2007-yilda Londоnga ko'chib o'tgan. Uning ota-onasi Avner va Chana Levievlar Buxoro yahudiylari jamoasining taniqli vakillaridan boʻlishgan. Hozirda u Afrikadagi olmos konlariga egalik qiladi.

Isroilga koʻchib oʻtganidan koʻp oʻtmay, Leviev olmosni tozalash zavodida ishlay boshladi va olmos kesish jarayonining 11 bosqichini oʻrgandi.

1977-yilda oʻzining olmos parmalash zavodini yaratdi. 1980-yilda olmos sanoatidagi tanazzul tufayli kredit tanqisligidan aziyat chekkan 12 ta raqobatdosh zavodni sotib oldi va qaynotasi yordamida rivojlantiradi. 1992-yilda Rossiyaga koʻchib oʻtdi va Rossiyaning eng qadimgi zargarlik fabrikasi, Moskvadagi Ruis Diamonds Ltd. va Moskva zargarlik fabrikasini sotib oldi.

Uning boyligi 2012-yilda $1,7 mlrd bo'lgan bo'lsa, hozirda $1 mlrdni tashkil etadi.

@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog !