Get Mystery Box with random crypto!

Super josuslik dasturi — 'Pegas'ning narxi qancha? Bir necha | Narxi Qancha? ⚡️

Super josuslik dasturi — "Pegas"ning narxi qancha?

Bir necha yillar oldin hech qanday ogohlantirishlarsiz telefon orqali 50 mingdan ortiq (prezidentlar, jurnalistlar va boshqalar) insonni kuzatib, telefondagi istalgan ma’lumotga egalik qilgan Isroil kompaniyasi(NSO Group )ga tegishli Pegas dasturi shov-shuvlarga sabab bo‘lgandi.

Josuslikka ixtisoslashgan dastur telefon egasiga bildirmasdan telefon qo‘ng‘iroqlari, yozishmalar, joylashgan manzili, o‘rnatilgan parollari, rasmlar va boshqa barcha ma’lumotlarni olish mumkin bo‘ladi. Dastur Meksikada narkokartel rahbari El Chaponi qo‘lga olishda ishlatilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, dastur anchayin qimmat turadi. 2016 yilda Pegasni 10 telefonga o‘rnatib berish $650 ming bo‘lgan. Unga qo‘shimcha tarzda yana $500 ming to‘lov talab etilgan.

Hisobotlarga ko‘ra, 40 ta davlat Pegas dasturidan foydalangan, 50 ta davlatda yashovchi fuqarolar uning yordamida kuzatilgan.

@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog !