Get Mystery Box with random crypto!

Narxi Qancha? ⚡️

Telegram kanalining logotibi narxiqancha — Narxi Qancha? ⚡️ N
Telegram kanalining logotibi narxiqancha — Narxi Qancha? ⚡️
Kanal manzili: @narxiqancha
Toifalar: Iqtisodiyot , Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 32.61K
Kanalning ta’rifi

Eng sara narxlar, iqtisodiy, moliyaviy va statistik ma'lumotlar barchasi kreativ tarzda yoritib boriladi.
Reklama & Hamkorlik 👉 @Mr_Gulomkodirov

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2024-02-02 20:45:50
Dunyodagi eng qimmat qurolning narxi qancha?

Dunyoda shunday qurollar borki, undan foydalanasih ham jonizga ham cho'ntagingizga xavf soladi.

Shunday qurollardan biri Shved ishlab chiqaruvchisi VO Falcon Edition Vapen qurollaridir. Ushbu kompaniya 1977-yilda yaratilgan. Kompaniya g'ayrioddiy va eksklyuziv modellarni ishlab chiqarishni bilan shug'illanadi.

Kompaniya mijozlari orasida hatto Shvetsiya shohi Karl o'n oltinchi Gustav ham bor edi. Dastlab, Falcon Edition ikki barrelli armatura modelini ishlab chiqarish Arab shayxlari juda yaxshi ko'radigan Lochin ovi uchun rejalashtirilgan edi. Ushbu kompaniyaning birgina quroli $820 ming turadi.

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
15.3K views17:45
Ochish/sharhlash
2024-02-01 06:15:13
Iosif Stalinning oylik maoshi qancha bo'lgan?

Iosif Vissarionovich Stalin Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi Bosh kotibi boʻlgan va davlat rahbari sifatida yaxshigina moash olgan.

1946-yili Stalin oyiga 2300 rubl maosh olgan. O'sha davrdagi dollar kursi 4 rubl bo'lgan va Stalin dollarda $240 maosh olgan, inflyatsiya bilan bugungi qiymati $2692 ni tashkil etar ekan.

1952-yilga kelib Stalinning maoshi 10 000 rublga yetadi va bu bugngi qiymat bo'yicha $28 050 degani.

Shuningdek, Stalin partiyaga a'zoligi uchun 300 rubl soliq to'lagan.

Yuqoridagi kurs o'sha davrdagi rasmiy Markaziy bankning kursidir va erkin bozordan ancha farq qilgan.

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
12.6K views03:15
Ochish/sharhlash
2024-01-27 17:46:03
Dunyodagi eng qimmat restoranlarda ovqatlanishning o'rtacha narxi qancha ?

1. Ibitsa - “Sublimotion” restorani tushlik narxi bir kishiga - $2000
2. Maldiv orollari - “Ithaa Undersea Restaurant” tushlik narxi bir kishiga eng kamida - $500
3. Fransiya
- “Restaurant Le Meurice” tushlik narxi bir kishiga oʻrtacha - $524
4. Yaponiya
- “Aragava” restorani tushlik narxi bir kishiga ichimliksiz oʻrtacha - $341
5. Shveysariya
- “Restaurant Crissier” tushlik narxi bir kishiga oʻrtacha - $415

Oldingi postlarimizda esa yurtimizdagi eng qimmat restoranlardan biri Toku'dagi eng qimmat taom "Рибная тарелка" narxi  4 million so'm va minimal chek narxi 700 ming so'm atrofida bo'lishi haqida to'xtalib o'tgan edik.

@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog !
14.4K views14:46
Ochish/sharhlash
2024-01-26 11:35:39
Texnoparkning ulkan zavodining narxi qancha?

Toshkentda SSSR vaqtida IL-76 samalyotlari ishlab chiqarilgan ulkan zavod bugungi kunda Texnopark tasarrufiga berilgan.

Birgina A blokida:
1-proyekt kir yuvish moshinasini ishlab chiqarish qiymati $28 mln.
2-proyekt xo'jalik sovutgich ishlab chiqarish qiymati $62,1 mln.
3-proyekt miss quvur va armoturalar ishlab chiqarish qiymati $28 mln.
4-proyekt sovutgich va muzlatgich ishlab chiqarish qiymati $16 mln.

Blok H da lift va eskalatorlar ishlab chiqariladi. Proyekt qiymati $12,2 mln.

Birgina D blokida:
1-proyekt oyna va eshiklar ishlab chiqarish qiymati $20 mln.
2-proyekt radiator va panellar ishlab chiqarish qiymati $19,5 mln.

Gigant zavodning yillik ishlab chiqarish hajmi $330 mlnni tashkil etadi va shundan 15% eksport qilinmoqda ekan.

"Товаро оборота" yiliga $250 mlnni tashkil etadi.

Bugungi kunda bu yerga $450 mlndan oshiq investitsiya qilingan.

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
14.5K views08:35
Ochish/sharhlash
2024-01-25 17:45:53
O'zbekistondagi eng daromadli va zarar ko'rgan universitetlari

O'zbekiston Oliy ta'lim muassasalarining 2023-yilning 9 oyidagi sof foydasi haqidagi ma'lumotlar e'lon qilindi.

Ma'lumotlarga ko'ra eng ko'p daromad ko'rgan oliygohlar quyidagilar:

○ Namangan davlat universiteti — 215 mlrd so'm;
○ Berdaq nomidagi Qoraqolpoq davlat universiteti — 142 mlrd so'm;
○ Shahrisabz davlat pedagogika instituti — 64 mlrd so'm;
○ Guliston davlat universiteti — 45 mlrd so'm;
○ Chirchiq davlat pedagogika universiteti — 44 mlrd so'm.

Shu bilan birga, zarar ko'rgan universitetlarham bor:

• Buxoro davlat universiteti — - 44,5 mlrd so'm;
• Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — - 41,4 mlrd so'm;
• Toshkent davlat texnika universiteti — - 14,6 mlrd so'm;
• Nukus davlat pedagogika instituti — - 14,4 mlrd so'm;
• Andijon davlat universiteti — - 13,5 mlrd so'm.

@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!
13.4K viewsedited  14:45
Ochish/sharhlash
2024-01-24 15:25:48
Singapurda shaxsiy avtomobilga egalik qilish narxi qancha?

Singapurda haydovchilar shaxsiy avtomobilga ega bo‘lishni xohlasa, sertifikat uchun 106 ming AQSh dollarigacha to‘lashi kerak bo‘ladi. Mamlakatda tirbandliklarga qarshi kurash uchun 1990-yilda avtomobilga egalik qilish sertifikati (Certificate of Entitlement yoki COE) berish tizimini yo‘lga qo‘yadi.

Qizig‘i, avtomobil xarid qilishdan avval haydovchi sertifikatni sotib olishi kerak. Sertifikat 10 yil amal qiladi. Singapur avtomobilga egalik qilish sertifikatining narxi bo‘yicha dunyodagi eng qimmat mamlakat hisoblanadi. 2020-yilga nisbatan katta hajmli avtomobillar uchun sertifikat narxi 4 baravarga oshib, 106 376 AQSh dollariga yetdi.

@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!
13.3K viewsedited  12:25
Ochish/sharhlash
2024-01-23 13:31:02
Toshkentda 1 sotix yer narxi qancha?

Markaziy bank 2023-yil uchun ko‘chmas mulk hisobotini e’lon qildi. Yil davomida O‘zbekistonda 335 mingta ko‘chmas mulk oldi-sotdisi ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

2023 yilda eski uylar narxi (ikkilamchi bozor) 35,1 foizga oshgan bo‘lsa, yangi uylar (birlamchi bozor) 39,6 foizga qimmatlagan.

Toshkent shahrida uylarning 1 kv metri uchun o‘rtacha narx 1 212 dollarga yetgan (2022-yilda 933 dollar).

Poytaxtda 1 sotix yerning narxi 2022-yilgi 263 mln so‘mdan 362 mln so‘mga oshgan.

2022-yilda sotib olingan uylarning ijara orqali o‘zini qoplash muddati 7,1 yil bo‘lgan bo‘lsa, 2023-yilda bu 8,2 yilga yetgan.

Eslatib o'tamiz, O'zbekistonda fuqarolik obektlarini qurish sohasida 5 ming 259 ta tashkilot, ixtisoslashtirilgan qurilish bo‘yicha 14 ming 408 ta tashkilot faoliyat yuritmoqda.

Mavzuga doir:

- Dunyo bo'ylab 2 xonali uylar narxi qancha?

@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!
15.4K viewsedited  10:31
Ochish/sharhlash
2024-01-23 07:10:22
Banklar 2023-yilda qancha foyda ko‘rdi?

2023-yil davomida 35 ta O‘zbekiston banklari umumiy 12,4 trln so‘m sof foyda oldi (2022-yilda 10 trln so‘m edi). Buni operativ ma’lumotlar ko‘rsatmoqda.

Shunday qilib, 2022-yilga nisbatan 10 ta eng ko‘p foyda olgan banklar ro‘yxati deyarli o‘zgarmagan bo‘lsa ham, birinchi o‘rindagi “Milliy bank” va ikkinchi o‘rindagi “Kapitalbank” orasi sezilarli qisqardi. “Kapitalbank” 2022-yilga nisbatan 550 mlrd so‘m ko‘proq foyda olgan bo‘lsa, “Milliy bank” foydasi 693 mlrd so‘mga kamaygan.

Yilni zarar bilan yakunlagan banklar orasida 2023-yilda ochilgan “Yangi bank”, “Hayot bank” va “Apeks bank” bor. 9 oylik ma’lumotlar bo‘yicha “Avo bank” ham katta zarar ko‘rgan.

Foyda bo‘yicha 2022-yilga nisbatan eng katta o‘sishni “Xalq banki” ko‘rsatdi. Avvalgi yilda eng ko‘p zarar ko‘rgan TBC Bank esa 40 mlrd so‘mlik foydaga chiqa oldi.

@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!
14.4K views04:10
Ochish/sharhlash
2024-01-22 19:26:59
Bahorni Janubiy Koreyada 100% Grant asosida o'qish uchun eng oxirgi qabul!

2024-yil Martda Yewon Arts University'da hech qanday kontrakt to'lovlarisiz va hech qanday boshlang'ich firma to'loviz, o'qishingizni Janubiy Koreyada davom ettira olasiz!

Yo'nalish: Biznes Menejment

Bosqich: Bakalavr va Magistratura

Imkoniyatlar: Haftada 2 kungacha o'qib, qolgan paytda qonuniy ishlash.

Eng asosiysi firma to'lovi viza chiqqandan so'ng !

Hujjat topshirish 30-yanvarga qadar davom etadi!

@InterExpressConsulting - Kelajagingiz uchun ishonchli hamkor!

Telegram | Instagram
13.6K views16:26
Ochish/sharhlash
2024-01-22 17:42:02
2024-yil iqtisodiy jihatdan soʻnggi 30 yillikdagi eng yomonlaridan boʻladi

Jahon banki hisobotiga koʻra, 2024-yil iqtisodiyotda salbiy rekord oʻrnatishi mumkin: 2021—2025-yillardagi YAIM oʻsishi soʻnggi 30 yillik davrdagi eng past darajaga tushishi kutilmoqda.

Davlatlar oʻrtasida kuchayib borayotgan keskinlik sabab iqtisodiyot yangi tahdidlar ostida qolgan. Shu sababli jahon iqtisodiyotining oʻsish surʼati ketma-ket uchinchi yil pasayadi, 2024-yilda — 2,4 foiz. BMT maʼlumotlariga koʻra, global inflyatsiya 2 foizga tushadi.

@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog
12.7K views14:42
Ochish/sharhlash