Get Mystery Box with random crypto!

Narxi Qancha? ⚡️

Telegram kanalining logotibi narxiqancha — Narxi Qancha? ⚡️ N
Telegram kanalining logotibi narxiqancha — Narxi Qancha? ⚡️
Kanal manzili: @narxiqancha
Toifalar: Iqtisodiyot , Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 32.61K
Kanalning ta’rifi

Eng sara narxlar, iqtisodiy, moliyaviy va statistik ma'lumotlar barchasi kreativ tarzda yoritib boriladi.
Reklama & Hamkorlik 👉 @Mr_Gulomkodirov

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 10

2024-01-10 18:26:21
Ronaldu, Messi va yana bir qancha mashhurlarga unikal soatlar sovg'a qilish orqali tanilgan O‘zbekistonlik tadbirkor Jacob Arabo aslida kim o'zi ?

Jacob & Co brendining egasi, Yoqub Arabov Ronalduga 130 ming dollarlik soat sovg‘a qildi. Aksessuar Saudiya Arabistonidagi Jacob & Co do‘konining ochilishida futbolchiga sovg‘a qilingan. Unda sportchining o‘zi mujjasam qilingan. Aksessuar 26 ta oq olmos bilan bezatilgan. Ronaldu tadbirkor unikal sovg'a olgan yagona sportchi emas. Qizig'i, kompaniya asoschisi oʻzbekistonlik Jeykob Arabodir. U 1965-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan.

Bolalikdayoq soat taʼmirlashga qiziqan Yoqub oʻsmirlik paytida soatsozga shogird boʻlib tushgan. 1979-yil oilasi bilan Nyu-York shahriga koʻchadi va dunyoga mahshur zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchi tadbirkor qoʻlida ishlaydi. Vaqt oʻtib Yoqub Manxettendagi kichik taqinchoq fabrikasini 8 ming dollar evaziga sotib oladi. 1986-yilda esa Yoqub shahsiy “Jacob & Co” brendiga asos soladi.

@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog !
12.9K views15:26
Ochish/sharhlash
2024-01-07 19:47:55
Marketologlarning daromadi qancha?

Marketolog kompaniyaning "yuragi" desak mubolag'a bo'lmaydi, sabab ular kompaniyaning daromadini oshirish bilan shug'ullanadi. Har qanday kompaniya uchun yaxshi sotuvchi sotishni ko'paytirish va "yorqin kelajak"ning kalitidir.

Ushbu soxaning yaxshi mutaxassisi yurtimizda $2000 gacha topishi mumkin. O'rtacha mutaxassislar $700 atrofida maosh olishadi.

Germaniyada ushbu kasb egalari yiliga €34500 bo'lsa AQSH da yaxshi mutaxassis $100 000 atrofida topishi mumkin ekan.

Ushbu kasb egalariga doimo talab yuqori bo'lib qolmoqda. Internetdagi hh.uz saytidagi vakansiyalarda ham ushbu kasb egalariga 15 mln so'mgacha maosh taklif qilishmoqda.

- Siz qaysi soha mutaxassislarining daromadi haqida bilmoqchisiz izohlarda qoldiring!

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
13.2K viewsedited  16:47
Ochish/sharhlash
2024-01-07 19:16:06
Sun’iy intellekt yordamida daromad qilish uchun ayni zo’r payt!

2024-yilda asosiy trend AI (sun’iy intellekt) yo’nalishi hisoblanadi. Kelajak sohasini o’rganib, o’zingizga qulay sharoitda ishlang va bilimlaringizni daromadga aylantiring. @temuriylarlibrarybot kutubxonasida ushbu sohaga oid kitoblar mavjud.

Sun’iy intellektga oid kitoblarni o’rganishni boshlaganlarga esa kutubxona qimmatbaho sovg’alar va pul yutuqlarini ham berib bormoqda.

Hoziroq kirib ko’ring @temuriylarlibrarybot
246.1K views16:16
Ochish/sharhlash
2024-01-03 21:37:45
Kiber jinoyat olami haqida gaplashamiz

— Dunyo boʻylab hisoblab chiqilgan kiberjinoyat zarar miqdori $714 mlrd miqdorga teng va bir inson uchun oʻrtacha $8 069 ni tashkil etadi.

Kiberjinoyatchilik orqali eng koʻp zarar koʻrgan davlat reytingi haqida maʼlumot:

• AQSH – 42,9 mlrd
• Buyuk Britaniya – $40,1 mlrd
• Rossiya – $28,1 mlrd
• Xitoy – $25 mlrd
• Ispaniya – $20,2 mlrd

— Kiber jinoyat olamidagi qiziqarli faktlar:

2023-yilda 33 milliard hisob buzildi, bu kuniga 2328 kishini, soatiga 97 ta kiberjinoyat qurbonini aylantiradi. Jami 8 00 000 kiberhujum qayd etilgan va o'rtacha har 39 soniyada xakerlar hujumi sodir bo'ladi.

Kelgusi besh yil ichida kiberjinoyatchilik xarajatlari 15 foizga oshib, 2025 yilga kelib 10,5 trillionga yetishi kutilmoqda.

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
12.9K views18:37
Ochish/sharhlash
2024-01-03 15:11:00
“Tesla” avtomobillari narxi qancha?

1. Model 3: $42 990. Maksimal tezlik – 225 km/soat, yurish masofasi – 437,8 km.

2. Model 3 Long Range: $55 990. Maksimal tezlik – 233 km/soat, yurish masofasi – 576,2 km. (Hozir sotuvda mavjud emas)

3. Model 3 Performance: $53 990. Maksimal tezlik – 260 km/soat, yurish masofasi – 507,9 km.

4. Model S: $94 990. Maksimal tezlik – 240 km/soat, yurish masofasi – 651,8 km.

5. Model S Plaid: $114 990. Maksimal tezlik – 322 km/soat, yurish masofasi – 637 km.

6. Model X: $109 990. Maksimal tezlik – 240 km/soat, yurish masofasi – 564,9 km.

7. Model X Plaid: $119 990. Maksimal tezlik – 240 km/soat, yurish masofasi – 536 km.

8. Model Y Long Range: $54 990.
Maksimal tezlik – 217 km/soat, yurish masofasi – 531 km.

9. Model Performance: $58 990.
Maksimal tezlik – 249 km/soat, yurish masofasi – 487,7 km.

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
15.9K views12:11
Ochish/sharhlash
2024-01-02 17:35:47
“Uyda yolgʻiz” filmlari byudjeti va daromadi miqdori qancha?

— Uyda yolgʻiz filmlari byudjeti (Ishlab chiqarilgan yil yakuni boʻyicha)
• 1-qism: $18 mln (1990)
• 2-qism: $28 mln (1992)
• 3-qism: $32 mln (1997)
• 4-qism: $5 mln (2002)
• 5-qism: $11 mln (2012)

— Uyda yolgʻiz filmlari daromadi:
• 1-qism: $476,7 mln
• 2-qism: $359 mln
• 3-qism: $79,1 mln
• 4-qism: Ma’lumot yoʻq
• 5-qism: Ma’lumot yoʻq

— Inflatsiya bilan hisoblaganda “Uyda yolgʻiz” filmlarini 2023-yilda suratga olish uchun qancha sarflangan boʻlar edi?
• 1-qism: $42 376 898,33
• 2-qism: $61 382 207,09
• 3-qism: $61 323 030,68
• 4-qism: $8 550 528,2
• 5-qism: $14 737 576,05

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
13.0K views14:35
Ochish/sharhlash
2024-01-01 18:04:50 2023-yil sizga qanchaga tushdi?

2023-yilda qancha pulingiz, sog'lig'ingiz va eng asosiysi vaqtingizni keraksiz narsalarga sarf qildingiz?
Va ularning qanchasini o'zingizga va jamiyatga foyda keltiradigan ishlarga sarfladingiz? Agarda yuqoridagi ne'matlarni ko'proq foydaga sarf etgan bo'lsangiz, Siz katta ehtimol bilan yuksalishda davom etyapsiz!

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barakotuh qadrli obunachilarimiz!

Sizlar bilan birgalikda yangi 2024-yilni ham boshlab oldik!

Albatta har bir shaxsning yangi yil uchun oldiga qo'ygan maqsad va vazifalari mavjud (agarda qo'yilmagan bo'lsa buni tezroq amalga oshiring). Asosiysi, maqsad aniq, o'lchamli va vaqt bilan chegaralangan bo'lishi kerak. Shu jumladan biz ushbu yilda barchangizning kasb, ish va o'qishlaringizga ulkan muvaffaqqiyatlar va zafarlar tilaymiz.
Biz Sizlarga doimgidek qiziqarli va manfaatli ma'lumotlarni ulashishda davom etamiz.

Yaqin orada Sizlar uchun yanada manfaatli bo'ladigan yangi loyilarimizni boshlamoqdamiz va Sizlarga tez orada boʻlishamiz. Bizdan uzoqlashmang, katta marralarni birga zabt etamiz!

@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!
14.6K viewsedited  15:04
Ochish/sharhlash
2023-12-31 19:16:16
2024-yilda eng koʻp byudjet mablagʻlari qayerga yoʻnaltiriladi?

1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi – 92,11 trln soʻm

2. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi – 46,64 trln soʻm

3. Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya agentligi – 20,2 trln soʻm

4. Suv xoʻjaligi vazirligi – 10,44 trln soʻm

5. Transport vazirligi – 6,18 trln soʻm

6. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi – 6,14 trln soʻm

7. Sogʻliqni saqlash vazirligi – 4,61 trln soʻm

8. Bosh prokuratura – 2,11 trln soʻm

9. Vazirlar mahkamasi – 2,02 trln soʻm

10. Yoshlar siyosati va sport vazirligi – 1,82 trln soʻm

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
16.6K views16:16
Ochish/sharhlash
2023-12-31 07:31:02
Senat 2024-yil uchun Davlat byudjetini ma’qulladi

— Qonunda 2024-yilda konsolidatsiyalashgan byudjet daromadlari 375,0 trln so‘m miqdorida, xarajatlari esa 427,6 trln so‘m miqdorida rejalashtirilgan holda konsolidatsiyalashgan byudjet 52,6 trln so‘m yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 4 foiz miqdoridagi taqchillik bilan shakllantirildi.

— Ta’kidlanganidek, Davlat byudjeti daromadlari 270,4 trln so‘mni, xarajatlari esa Davlat maqsadli jamg‘armalariga transfertlarni inobatga olgan holda 312,9 trln so‘mni tashkil etdi.

— Davlat maqsadli jamg‘armalari daromadlari va xarajatlari (byudjetlararo transfertlar hisobga olinmagan holda) tegishincha 55,2 trln so‘m va 85,8 trln so‘m miqdorida rejalashtirilmoqda.

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
15.9K views04:31
Ochish/sharhlash
2023-12-30 16:35:02
Nike brendining modeldagi krossovkalari turli davlatlarda o'rtacha narxi qancha?

— Eng qimmat narxlar: (top-5)
1. Shvetsariya – $135,89
2. Avstraliya – $128,13
3. Armaniston – $121,23
4. Eron – $120,57
5. Gruziya – $118,07

— Oʻzbekiston ushbu modeldagi krossovka boʻyicha qimmatliligi darajasida 21-oʻrinda boʻlib, uning narxi $98,72 ni tashkil etmoqda.

— Eng narxlar (top-5)
93. Liviya – $45,74
94. Hindiston – $45,56
95. Nigeriya – $41,80
96. Bangladesh –39,92
97. Keniya – $35,63

— Nike brendi Amerika Qoʻshma Shtatlarida bu modeldagi krossovkaning narxi $84 ni tashkil etgan holda, 54-oʻrinni egallab turibdi.

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
17.0K viewsedited  13:35
Ochish/sharhlash