Get Mystery Box with random crypto!

Narxi Qancha? ⚡️

Telegram kanalining logotibi narxiqancha — Narxi Qancha? ⚡️ N
Telegram kanalining logotibi narxiqancha — Narxi Qancha? ⚡️
Kanal manzili: @narxiqancha
Toifalar: Iqtisodiyot , Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 32.61K
Kanalning ta’rifi

Eng sara narxlar, iqtisodiy, moliyaviy va statistik ma'lumotlar barchasi kreativ tarzda yoritib boriladi.
Reklama & Hamkorlik 👉 @Mr_Gulomkodirov

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 128

2021-12-12 17:40:37
#Hamroh_tadqiqod

Stiv Jobsning boyligi vafotidan oldin qanchani tashkil qilgan va u Milliarderlar ro'yhatida nechanchi o'rinni egallagan?

Batafsil ma'lumot olish uchun pastdagi tugmani bosing!

@Hamroh_books - Muvaffaqiyatlar sari hamrohingiz!
9.9K views14:40
Ochish/sharhlash
2021-12-12 17:01:01
Qadimiy obidalarni qurish bugungi kunda qanchaga tushgan bo'lardi?

— Ozodlik haykalini $1 283 520 dollarga qurish mumkin.
— Italiyadagi Piza minorasini qurish uchun bugungi kunda $4 100 000 dollar sarflangan bo'lardi.
— Eyfel minorasini qurish uchun esa $31 184 900 dollar kerak bo'ladi.
— Miloddan avvalgi 2550 yilda barpo etilgan Misr ehromlarining bugungi kundagi qurilish xarajatlari $878 250 000 ni tashkil etadi.

@NarxiQancha | Batafsil
10.0K views14:01
Ochish/sharhlash
2021-12-12 12:01:01
Futbol ortidagi yoki futbol yulduzlari ortidagi qahramonlar

Biz ko'pchilik futbolchilarni taniymiz va ular bunday taniqlilikga faqat o'zining harakatchanligi yoki talanti orqali erishgan deb o'ylaymiz. Lekin bunday senariy ortida biz bilamagan qahramonlar ham mavjud. Ular futbolchilarning agentlaridir.

Futbolchilar agentlari, futbolchilining yulduz bo'lishiga, top klublarda o'ynashiga, yuqori maosh olishiga, reklamalarda ko'rinish berishiga juda katta yordam beradi. Demak biz bilgan yulduz futbolchilarning bizga tanilishida ularning agentlarining roli katta.

Xo'sh ular qancha pulga ishlaydi?

Odatda agentlar bir emas birnechta futbolchilar bilan shartnoma qiladi va ular maxsus litsenziyaga ega bo'ladi. Evropada agentlar o'rtacha hisobda yillik $750 000 gacha daromad qiladi. Bazi paytda ularning daromadi $1 mlndan ham oshib ketishi mumkin.

@NarxiQancha | Batafsil
10.3K views09:01
Ochish/sharhlash
2021-12-12 08:31:01
Telegramga o'xshash xabar almashuv dasturini yaratish qanchaga tushadi?

Mobil dasturlar ishlab chiqarish bilan shug'ullanuvchi Openxcell kompaniyasi Telegramga o'xshash messenjerni yaratish xarajatlarini o'rganib chiqdi.

Agar kimdir Telegramga o'xshash dastur yaratmoqchi bo'lsa $51 000 dollar xarajat qilishi kerak:
$19 200 dollarga iOS platformalar uchun dastur
$19 200 dollarga android platformalar uchun dastur
$12 600 CRM va boshqaruv panellari uchun xarajat

Dasturni tayyor bo'lishi uchun 6-7 oy vaqt ketishi aytilgan.

@NarxiQancha | Batafsil
10.7K views05:31
Ochish/sharhlash
2021-12-11 16:05:44
RustamBank: O'zbekistondagi birinchi xususiy bank egasi haqida

Qahramonimizning hayoti haqida qisqacha:

Rustam Usmonov — 1992-yili O'zbekistonda birinchi xususiy bankni ochgan, hozirda 72 yoshdagi tadbirkor. U 1998-yili valyuta bilan noqonuniy shug'ullanish bo'yicha ayblanib, 14 yilga ozodlikdan mahrum etilgan, so'ngra uning jazosi yana 5 yilga uzaytirilgan.

Xususiy bank barpo etishdan oldin, u asalarichilik va chuvalchang yetishtirish biznesi orqali allaqachon dollarda millionerga aylanib bo'lgan edi. O'zbekistonda birinchi xususiy bank — "RustamBank", faoliyati oldidan $1,2 mln kapital bilan davlat ro'yxatidan o'tkazilgan.

Rustam Usmonovning aytishicha, u qamalishidan oldin Nigeriya bankiga $30 mln pul qo'ygan. Hozirda esa uning taxminan $70-$80 mln puli chetda yotibdi.

@NarxiQancha | Batafsil | Video suhbat
12.4K views13:05
Ochish/sharhlash
2021-12-11 12:01:20
Green Card yutgandan keyin ketadigan xarajatlar

Green Card — har yili o'ynaladigan, AQSh'ga rezident statusini olish imkonini beruvchi lotoreyadir. Mobodo siz lotoreyada yutsangiz, sizni quyidagi xarajatlar kutmoqda:

• AQSh vizasini olgunga qadar bo'lgan xarajatlar:
— shifokor ko'rigidan o'tish - $205;
— emlash - $40-$150 (yakka tartibda emlash uchun);
— elchixona to'lovi (bir kishilik) - $330.

• Viza olgandan keyingi xarajatlar:

— aviachipta o'rtacha - $650-$750;
— Green Card kartasini olish uchun to'lov - $220;
— kvartira arendasi, o'rtacha narxda bir oy uchun - $1000-$1200.

Shunday qilib, Green Card yutug'idan keyin siz jami hisobda $2445-$2855 atrofida xarajat qilishingizga to'g'ri keladi.

Ammo ko'pchilik holatda, yutuq egalari hujjatlarni tayyorlash va viza olishga tayyorlanish uchun maxsus firmalar xizmatidan foydalanadi. Natijada ularning xarajatlari $5000-$6000 gacha oshib ketishi mumkin.

@NarxiQancha | Batafsil
11.9K views09:01
Ochish/sharhlash
2021-12-11 07:31:11
Inson hayotini sotib olish

eBay onlayn auksionida Yan Asher ismli insonning butun hayoti sotilishi auksion tarixidagi eng drammatik va ekstremal savdolardan biri boldi. Yan Asher xotini bilan ajrashgandan so'ng, o'zining hayotini sotishga qaror qildi.

Auksion Yanning butun hayotini, do'stlari va boshqa tanishlari, hattoki mol-mulklarini o'z ichiga oldi. Ya'ni savdodan keyin Yan butunlay xaridorga tegishli edi. Natijada uning hayoti auksionda $300 000 ga sotildi. Hattoki bu haqida "Disney" tomonidan film ham suratga olindi.

@NarxiQancha | Manba
11.3K views04:31
Ochish/sharhlash
2021-12-10 16:01:01
Afrikadagi eng qimmat kelin

Bir necha yillar oldin Sudanlik ota-ona o'zini 16 yoshli qizini kelin sifatida auksionga sotuvga qo'ydi. Bir necha soat davom etgan savdoda, bir biznesmen g'olib chiqdi. Auksiondagi shartnoma bo'yicha, biznesmen bu 16 yoshli qizga uylanish uchun 500 ta sigir, 3ta Toyota Land Cruiser V8 avtomobili va $10 000 pul bergan. Hozirda haligacha bu kelin Afrikadagi eng qimmatga tushgan kelin sifatida qolmoqda.

@NarxiQancha | Manba
12.4K views13:01
Ochish/sharhlash
2021-12-10 12:01:01
Sug'urta va kelajakni ko'ra bilish haqida nima ham bilardingiz...

2003-yilda, agar xabaringiz bo'lsa, SARS-CoV-1 epidemiyasi tarqalgan. Hozirgidek, Xitoy mezbonlik qilgan.

Har yili Britaniyada o'tadigan "Uimbldon" tennis turniri bor. 2003-yildagi epidemiyadan to'g'ri xulosa chiqargan o'sha turnir kengashi, o'z turnirlarini pandemiyadan sug'urta qilishgan ekan.

Sug'urta shartiga ko'ra, "Uimbldon" har yili sug'urta kompaniyasiga 2 mln dollar to'lab turadi. Agar qandaydir virus sababli har yili o'tadigan turnir, qoldirilgudek bo'lsa, sug'urta kompaniyasi, zararni qoplab berishi kerak.

2020-yil 29-iyundan 12-iyulgacha o'tkazilishi kerak bo'lgan turnir pandemiya sabab qoldirildi.

Sug'urta kompaniyasi esa $141 mln tovon to'lab berdi. 17 yil avval qilingan sug'urta, turnirni bankrotlikdan saqlab qoldi.

@NarxiQancha | Manba
11.8K views09:01
Ochish/sharhlash
2021-12-10 07:01:01
Dunyoda birinchi marta sotuvga chiqarilgan mobil telefon narxi qancha?

Dunyoda birinchi marta Motorola kompaniyasi 1983-yili mobil telefonlarni sotuvga chiqargan. Bu Motorola Dynatac 8000x modelidagi mobil telefon dunyodagi birinchi ishlab chiqarilgan mobil telefon bo'lmagan, lekin birinchi marta sotuvga chiqarilgan mobil telefon bo'lgan.

Bu telefon 790 gramm og'irlikga va 25 santimetr uzunlikka ega bo'lgan. Uning to'liq quvvati 10 soatga yetgan va gaplashish davomiyligi yarim soatdan oshmagan. O'sha paytda bunday telefonlar $3995 dan sotilgan. Hozirgi hisobda bu narxi sal kam $10 000 ni tashkil etadi.

@NarxiQancha | Manba
11.7K views04:01
Ochish/sharhlash