Get Mystery Box with random crypto!

Narxi Qancha? ⚡️

Telegram kanalining logotibi narxiqancha — Narxi Qancha? ⚡️ N
Telegram kanalining logotibi narxiqancha — Narxi Qancha? ⚡️
Kanal manzili: @narxiqancha
Toifalar: Iqtisodiyot , Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 32.61K
Kanalning ta’rifi

Eng sara narxlar, iqtisodiy, moliyaviy va statistik ma'lumotlar barchasi kreativ tarzda yoritib boriladi.
Reklama & Hamkorlik 👉 @Mr_Gulomkodirov

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2024-03-27 07:35:23
Turli davlatlarning “Davlat qarzi” miqdori aholi jon boshiga qancha boʻlmoqda?

— Eng yuqori miqdor: (beshlik, 2022)
• Singapur – $139 162
• Zimbabve - $119 124
• Yaponiya – $101 858
• AQSH – $92609
• Kanada – $58 701

— Eng kam miqdor: (beshlik)
• Mar. Afrika Res. – $250
• Burundi – $171
• Timor Leste – $149
• Janubiy Sudan – $135
• Kongo Dem. Res. – $88

— Markaziy Osiyo davlatlari:
• Qozogʻiston – $2 587
• Turkmaniston – $1 106
• Qirgʻiziston – $780
• Oʻzbekiston – $716
• Tojikiston – $430

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
13.6K views04:35
Ochish/sharhlash
2024-03-26 18:36:59
Qurilish sohasiga aloqador boʻlmagan mashhur brendlar qurayotgan uylar haqida

— Mashhur avtomobil brendi “Mercedes-Benz” AQSHʼning Florida shtati Mayami shahrida 67 qavatli binoda 800 ta xonadon qurmoqda. Xonadonlar avtomobil uslub koʻrinishida boʻlib, narxlari byudjet studiya varianti $550 000 boʻlsa, 3 xonali uylar $4 mln boʻladi.

— Yana bir avtomobil ishlab chiqaruvchi mashhur kompaniyalardan biri “Bently” brendi ham Mayami shahrida 2026-yilga qadar 61 qavatli bino qurishni boshlagan. Kompaniya uylarni $4,2 mln narxdan boshlanishini aytmoqda.

— Shuningdek, tez orada Dubayda yana bir diqqatga sazovor joy – balandligi 341 metr bo‘lgan osmono‘par bino quriladi. Loyiha “Mercedes-Benz” hamda Binghatti korxonasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. New York Post xabariga ko‘ra, bitta kvartiraning narxi $10 mln boradi, uylarning soni esa 150 dan ortiq.

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
13.2K views15:36
Ochish/sharhlash
2024-03-26 13:31:14
Eng kam benzin sarflaydigan toʻrt avtomobil haqida gaplashamiz

1. Toyota Yaris Hybrid – Bu avtomobil 100 km masofa uchun 2,9 litr benzin sarflaydi. Transport $23 740 dan $30 975 gacha boʻlgan narxda Yaponiyada sotilishi eʼlon qilingan.

2. Mersedes-Benz A Class – Ushbu mashina har 100 km masofa uchun 3,9 litr benzin sarflaydi. Avtomobilning Rossiya bozoridagi narxi $31 105 dan $43 870 gacha baholangan.

3. Honda Insight – Bu transport ham 100 km masofa uchun 3,9 litr benzin sarflaydi. Uni Oʻzbekistondagi hozirgi narxi $23 000 dan $29 000 gacha boʻlmoqda. Soʻmdagi oʻrtacha narx esa 343 952 000 soʻm ekan.

4. BMW 520 D – Ushbu transport vositasi har 100 km masofaga 4,1 litr benzin sarflaydi. Mashinaning Yevropadagi narxi $65 634 dan $98 451 gacha boʻlmoqda. Baʼzida esa buyurtmalilari $109 390 dan qimmatroqga sotilmoqda ekan.

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
12.9K views10:31
Ochish/sharhlash
2024-03-25 17:42:31
2010 – 2023 yillarda «Bitcoin» narxlari qanday boʻlganligini bilasizmi?

— Bir dona Bitcoin narxi 2009-yilda taxminan $0,00099 qiymatga teng boʻlgan.

• 2010-yil: 0,003 – 0,30
• 2011-yil: 0,30 – 4,72
• 2012-yil: 4,72 – 13,51
• 2013-yil: 13,5 – 758
• 2014-yil: 758 – 320 (-58%)
• 2015-yil: 320 – 430
• 2016-yil: 430 – 968
• 2017-yil: 968 – 13 860
• 2018-yil: 13 860 – 3 689 (-73%)
• 2019-yil: 3 689 – 7 184
• 2020-yil: 7 184 – 28 775
• 2021-yil: 28 775 – 47 902
• 2022-yil: 47 902 – 16 531 (-65)
• 2023-yil: 16 531 – 42 280

— Bitcoin narxi hozirda maksimal narxga chiqqan bo'lib, uning narxi $69 221 ni tashkil etmoqda.

@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!
13.8K views14:42
Ochish/sharhlash
2024-03-25 14:20:51
Atom bombasini ishlab chiqarishning narxi qancha?

Yadroviy rivojlanish haqidagi barcha ma'lumotlar oshkor qilinmaydi. Janubiy Koreya hukumati tahliliga ko'ra, Shimoliy Koreyaning yadroviy xarajatlari $1,1 mlrddan $3,2 mlrdgacha deya tahlil qilinadi.

Agar Shimoliy Koreyada 60 ga yaqin jangovar kallak bo'lsa, tahminlarga ko'ra har bir jangovar kallakning narxi taxminan $18 dan $53 mlngacha baxolanadi.

1940 yildan beri AQSh o'zining yadroviy arsenalini ishlab chiqish va saqlash uchun $5 trln sarflaganini da'vo qildi. AQSh kelgusi bir necha o'n yilliklar ichida yadro dasturiga jami $250 mlrd sarflaydi.

Mavzuga doir:
— Eng daxshatli harbiy dronlarning narxi qancha?
— Hindiston Rossiyadan ijaraga olgan atom suvosti kemasining ijara narxi qancha?

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
13.7K views11:20
Ochish/sharhlash
2024-03-25 11:35:50
YouTube turli davlatlardagi 1 mln koʻrish uchun qancha pul toʻlaydi?

— Biz quyida eng koʻp toʻlovchi davlat roʻyxatini taqdim etamiz:
1. Avstraliya – $37 240
2. AQSH – $33 780
3. Kanada – $30 180
4. Yangi Zelandiya – $29 240
5. Shvetsariya – $24 160
6. Buyuk Britaniya – $22 620
7. Norvegiya – $21 200
8. Germaniya – $19 820
9. Irlandiya – $19 230
10. Niderlandiya – $18 800

— Eng kam pul toʻlanadigan beshta mamlakatlar roʻyxati:
Bangladesh – $1 760
Kambodja – $1 940
Myanma – $1 960
Efiopiya – $2 020
Pokiston – $2 090

Yuqorida ko'rsatilgan to'lov hisobotlari ayni davlatda va ma'lum mavzularda ish olib boradigan Top kontent yaratuvchilar uchun amal qiladi. Aslida, YouTube to'lab beradigan o'rtacha to'lov 1000 pm uchun hozirda 7.5$ ni tashkil etadi.

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
12.7K viewsedited  08:35
Ochish/sharhlash
2024-03-23 18:16:05
UzAuto Motors Cobalt, Damas va Labo narxlarini oshiradi

"UzAuto Motors bozorda talab ortib borayotganiga hisobga olgan holda Damas, Labo va Chevrolet Cobalt avtomobillarini ishlab chiqarish hajmini qo‘shimcha ravishda oshirish masalasini ishlab chiqdi. Bundan tashqari, oldingi shartnoma paytida kechiktirilgan to'lov 2024-yilda ishlab chiqarilgan avtomobillarning bir qismini chiqarishga olib keldi, bu esa kompaniyaga qo‘shimcha avtomobillarni taklif qilish imkonini beradi" deydi kompaniya.

Quyidagi narxlarda taklif etilmoqda:
Cobalt GS-Style Plus MT — 133 598 000 so‘m (124 264 000 so‘m edi);
Cobalt GX-Style Plus AT — 156 589 000 so‘m (146 757 000 so‘m edi).
Damas D2 DLX Style Plus — 100 325 000 so‘m (96 932 000 so‘m edi).

Kompaniya ushbu avtomobillar narxi 3,5-6,7 foiz doirasida qimmatlashini ma’lum qildi.

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
12.8K views15:16
Ochish/sharhlash
2024-03-21 17:46:08
Dovuchcha, shaftoli, gilos, qovun-tarvuz — Toshkentda yuqori narxlarda sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining naxri qancha?

“Farhod” dehqon bozorida 1 kilo dovuchcha (g‘o‘ra) 800 ming so‘mdan sotilmoqda. Alohida idishlarga qadoqlangan 90 grammli dovuchcha 70 ming so‘mdan xaridorlarga taklif etilmoqda.

Bozorda xorijdan olib kelingan tarvuzning 1 kilosi 90 ming so‘mdan. Butun tarvuz sotib olmaydigan xaridorlar uchun uning yarimi kilolab ham sotilmoqda. Qovunning narxi esa 150 ming so‘mdan taklif etilmoqda.

Argentinadan keltirilgan gilosning 1 kilosini 499 ming 990 so‘mdan sotib olish mumkin. Yana shu mamlakatdan keltirilgan qizil silliq shaftolining kilosi 249 ming 990 so‘mdan taklif etilmoqda.

Qulupnay yirik yoki maydaligiga qarab 250 ming so‘mgacha bo‘lgan narxda sotilmoqda.

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
13.7K views14:46
Ochish/sharhlash
2024-03-21 07:15:27
Dunyodagi eng qimmat avtomoilning narxi qancha?

Rolls-Royce kompaniyasi hozirda dunyodagi eng qimmat avtomobil hisoblangan yangi Arcadia Droptail kabrioletini taqdim etdi.

Mashina singapurlik mijozning buyurtmasi bilan yaratilgan. U 600 ot kuchiga ega 6,75 litrli V12 tvin-turbo dvigatel bilan jihozlangan. Kabrioletning ichki qismi qimmatbaho charm va yog‘och bilan bezatilgan.

Mashinaning narxi $30 mlnni tashkil etdi.

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
14.0K views04:15
Ochish/sharhlash
2024-03-20 20:45:17
O‘zbekistonda davlat va xususiy korxonalarga qancha miqdorda soliq imtiyozlari berilmoqda?

O‘tgan 2023-yil davomida barcha korxonalarga jami 13,2 trln so‘mdan ortiq soliq imtiyozlari qo‘llangan.

— Ishlab chiqarishdagi soliq imtiyozlari olgan yirik soliq to‘lovchilarning aksariyati davlatga qarashli. Ular orasida “O‘zbekneftgaz” AJ (4,8 trln so‘m soliq to‘lagan), UzAutoMotors (2,5 trln so‘m soliq to‘lagan) va boshqalar bor.

— Xizmat ko‘rsatish sohasida soliq imtiyozlari miqdori 3,7 trln so‘mni tashkil etgan. Mazkur korxonalar orasida “O‘zbektelekom” AJ (1,1 trillion so‘m) va Unitel MCHJ XK (842 milliard so‘m) eng ko‘p soliq to‘lagan.

— Savdo sohasidagi soliq imtiyozlari asosan 20 korxonaga qo‘llangan. Ularning miqdori 759,1 mlrd so‘mni tashkil etgan.

— Umumiy ovqatlanishda soliq imtiyozlari 26,3 mlrd so‘m.
— O‘rta korxonalarga soliq imtiyozlari 29,1 mlrd so‘m.
— Kichik korxonalarga soliq imtiyozlari 4,1 mlrd so‘m.

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
13.3K views17:45
Ochish/sharhlash