Get Mystery Box with random crypto!

Narxi Qancha? ⚡️

Telegram kanalining logotibi narxiqancha — Narxi Qancha? ⚡️ N
Telegram kanalining logotibi narxiqancha — Narxi Qancha? ⚡️
Kanal manzili: @narxiqancha
Toifalar: Iqtisodiyot , Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 32.61K
Kanalning ta’rifi

Eng sara narxlar, iqtisodiy, moliyaviy va statistik ma'lumotlar barchasi kreativ tarzda yoritib boriladi.
Reklama & Hamkorlik 👉 @Mr_Gulomkodirov

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 9

2024-01-20 19:55:02
Qozog‘istonda “zolotoy” avtoraqamlarning narx qancha ?

Qozog‘istonda VIP raqamlarni sotish amaliyoti 2014-yilda joriy etilgan. Ulardan tushgan daromad respublika byudjetiga tushadi. Har bir davlat raqamining narxi 2024-yilda 210 444 tengeni (salkam 465 AQSh dollari) tashkil qiladi.

Bir xil harflarga ega 001, 002, 003, 004, 005, 006, 007, 008, 009, 777 kabi VIP avtoraqamlar 2024-yilda 1 052 220 tengega (salkam 2 ming 325 AQSh dollariga) baholanmoqda.

O'zbekistonda esa ochiq va ommaga tarqalgan ma'lumotlarga ko'ra eng qimmat sotilgan avtoraqamlar:

5) 340 million so'm 30 777 AAA
4) 445,5 million so'm 30 Z 777 ZZ
3) 498 million so'm 01 O 001 OQ
2) 669 million so'm 50 777 ZZZ
1) 893 million so'm 01 777 RRR

@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!
14.8K views16:55
Ochish/sharhlash
2024-01-18 19:15:02
20-yanvardan boshlab elektropoyezdlar va tez yurar poyezdlarning chiptalar narxi oshadimi ?

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi idoralararo tarif komissiyasi qaroriga muvofiq, temir yo‘l infratuzilmasini isloh qilish, yangi yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarni xarid qilish maqsadida 2024-yil 20-yanvardan boshlab yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" elektropoyezdlari hamda "Sharq", "Nasaf" va "O‘zbekiston" tez yurar poyezdlarining chiptalar narxi 20% ga oshmoqda.

"Afrosiyob" yuqori tezlikdagi elektr poyezdlariga chiptalar narxi:

Toshkent - Buxoro - Toshkent

VIP 636 000 so‘m

Biznes 462 000 so‘m

Ekonom 336 000 so‘m


Toshkent - Qarshi -Toshkent

VIP 534 000 so‘m

Biznes 390 000 so‘m

Ekonom 282 000 so‘m

Toshkent - Samarqand Toshkent

VIP 396 000 so‘m

Biznes 276 000 so‘m

Ekonom 204 000 so‘m etib belgilandi.


@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!
13.4K views16:15
Ochish/sharhlash
2024-01-17 20:55:01
Milliy terma jamoamiz ishtirok etayotgan Osiyo kubogining sovrin jamg'armasi qancha ?

Osiyo futbol konfederatsiyasi Qatar-2023 Osiyo kubogida ishtirok etayotgan barcha 24 ta terma jamoaga 200 ming AQSH dollaridan pul beradi. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi ham Osiyo kubogida kamida 200 ming AQSH dollari ishlab oladi. Yarim final bosqichidan o'tolmagan ikki terma jamoa esa 1 million dollardan ishlab olishadi.

Finalda yutqazgan jamoa 3 million AQSH dollariga ega chiqadi. Osiyo chempioni boʻlgan terma jamoa oʻz hisobini 5 million dollarga boyitib oladi. Yaʼni agar Oʻzbekiston terma jamoasi Osiyo chempioni boʻlsa 5 200 000 AQSH dollari ishlab topadi.

@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!
12.7K views17:55
Ochish/sharhlash
2024-01-15 19:25:02
Buxoro amirligidan olingan boyliklar qiymati qancha?

Bundan 103 yil muqaddam — 1920 yilning 2 sentabr kuni 415 yil davom etgan Buxoro amirligi Ruslar tomonidan yo‘q qilingan edi. Afsuski, bu jarayonda mahalliy aholi vakillari ham qatnashgan.

Ruslar amirlik xazinasidan quyidagilarni topishgan:
— Buxoro tillasi – 1 148 380 dona;
— rus tillasi – 4 365 100 dona;
— Gamburg tillasi - 17 tonna-yu 728 kg;
— Gamburg kumushi – 45 tonna-yu 404 kg;
— rus kumush tangalari – 22 tonna-yu 160 kg;
— Buxoro tangasi – 62 834 780 dona;
— Buxoro mis tangasi – 5 tonna-yu 696 kg;
— tilla kukuni – 1 tonna-yu 56 kg;
— rus banki kumushi –13 tonna-yu 724 kg;
— Yana jami 34 nomdagi qimmatbaho osori-atiqa ro‘yxat qilindi.

“Shaxsan amir va uning oila a’zolariga tegishli bo‘lgan boyliklar ro‘yxati:
— Yirik brilliantlar – 3 482 karat;
— buyumlarga tikilgan brilliantlar – 968 karat;
— buyumlarga tikilgan qimmatbaho toshlar – 8 617 karat va hokazolar mulk sifatida qayd etildi.

@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!
16.6K viewsedited  16:25
Ochish/sharhlash
2024-01-15 10:35:26
Markaziy Osiyo davlatlari deputatlarining maoshi qancha ?

Markaziy Osiyo davlatlari ichida Qozog‘iston deputatlari eng ko‘p, O‘zbekiston deputatlari eng kam maosh oladi. Qirg‘iziston deputatlarining maoshi mamlakatda qabul qilingan eng kam ish haqidan 30 barobar yuqori. Qozog‘istonlik deputatlarniki 25 barobar, tojikistonlik deputatlarniki 12,5 barobar yuqori.

Qayd qilinishicha, deputatlar o'rtacha maoshi quyidagicha:

1.Qozog‘iston deputatlarining maoshi 2050 AQSh dollariga teng (23,8 mln so‘m).

2. Tojikiston deputatlari – 688 dollar (8 mln so‘m).

3.Qirg‘iziston deputatlari – 500 dollar (5,8 mln so‘m).

4. O‘zbekiston deputatlari 380 dollar (4,4 mln so‘m) maosh bilan so‘nggi o‘rinda qayd etilgan.

Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 980 ming so‘m va deputatlarning maoshi undan qariyb 4,5 barobar yuqori ekani oydinlashadi.

- Prezident Islom Karimovning ilk maoshi haqidagi post tayyor, ko'rish uchun reaksiyalarni yog'diring " "

@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog !
13.1K viewsedited  07:35
Ochish/sharhlash
2024-01-14 08:35:03
Dunyo mamlakatlarida suvning narxi qancha?

Dunyo bo'ylab 771 mlndan oshiq inson toza ichimlik suvidan foydalana olmaydi. Yana shunday mamlakatlar borki insonlar o'z daromadining 50%dan oshig'ini toza ichimlik suvi uchun sarflashadi.

1m3 suvning narxi eng qimmat:
— Daniya $9,70;
— Belgiya $7,54;
— Norvegiya $7,09;
— Alyaskada oyiga $95;
— Germaniya $6,6;

Arzon:
— Misr (Qohira) $0,05;
— Kuba (Gavana) $0,04;
— O'zbekiston $0,4;
— Pokiston (Karachi) $0,04;
— Indoneziya (Jakarta) $0,03;

Qo'shnimiz Turkmanistonda 2017-yil 01-noyabr kuniga qadar bepul bo'lgan. 2019-yilgacha belgilangan limit bepul bo'ldi. Undan so'ng axoli uchun $0,14 bo'ldi.

Qozog'istonda hududga qarab narxlar o'zgaradi va axoli uchun o'rtacha narx $0,18 ni tashkil etadi.

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
13.8K viewsedited  05:35
Ochish/sharhlash
2024-01-13 09:25:02
Elektromobillarning global savdosida qancha o'sish bo'lmoqda?

2023-yilda elektr va gibrid avtomobillarning global savdosi 31 foizga oshdi va 13,6 mln donaga yetdi.

Prognozlarga ko‘ra, 2024-yilda dunyo bo‘yicha elektromobillar savdosi 25 foizdan 30 foizgacha oshishi kutilmoqda.

O‘zbekistonda ham 2023-yilda rekord darajada ko‘p elektromobillar sotildi. 11 oyda savdo hajmi 3,4 barobarga oshgan.

Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilda O‘zbekistonda elektromobil bozori yopilishi mumkin. UzAuto Motors BYD bilan birga elektromobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi kutilmoqda.

Mavzuga doir:

- Dunyodagi Top 10 avtomobil brendlari kapitalizatsiyasi

@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!
13.0K views06:25
Ochish/sharhlash
2024-01-12 15:36:16
Dunyodagi eng boy 1 foiz aholiga qo‘shilish uchun qancha pul kerak?

Dunyo bo‘ylab atiga 1 foiz eng badavlat odamlar qatoriga qo‘shilish uchun sizda qancha mablag‘ bo‘lishi kerak?

Agar Monakoda eng boy 1 foiz odamlarga qo‘shilishni istasangiz, sizga sakkiz raqamli boylik kerak bo‘ladi — $12,4 mln.

2023-yildagi boylik hisobotining bir qismi sifatida e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, Shveysariya va Avstraliyada 1 foizgacha bo‘lgan eng badavlat odamlar sirasiga kirish uchun mos ravishda $6,6 million va $5,5 million talab qilinadi. AQSHda $5,1 million bilan siz bu qatorga kirishingiz mumkin.

Ko‘rsatkichlar pandemiya va turmush narxining oshib borishi boy va kambag‘al davlatlar o‘rtasidagi tafovutni qanday oshirayotganini ta’kidlaydi.

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
13.6K views12:36
Ochish/sharhlash
2024-01-11 08:25:30
Toshkentdagi IT kurslarining narxi qancha?

Ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar-mart oylari bo‘yicha axborot va aloqa sohasida faoliyat olib boradiganlarning oylik ish haqi 9,3 mln so‘mni tashkil etdi.

— “Najot Ta’lim” 4-11 oygacha oylik narx 2,5 mln so'm;
— “BePro IT Academy” 1 mln so'mdan 2 mln so'mgacha (1−7 oy);
— “SOS IT Academy” 700−900 ming so'm (4−9 oy);
— “PROWEB” 1,4 mln-2,6 mln so'm (Individual kurs narxi) (2−10 oy);
— “Astrum IT Academy” 1 oy sinov muddatida 1,5 mln so'm keyin 18 mln so'm (12 oy);
— “Ilmhub” 790 mingdan 2,2 mln so'mgacha (4−9 oy)
— “Codecraft” 650 ming so'm (2−7 oy);
— “JuniorCode” 540 ming so'm va undan yuqori (1−10 oy);
— “Bobir Akilkhanov Tech Academy” 2,3−2,5 mln so'm (3−9 oy);
— “PDP Academy” 590 ming 1,4 mln so'm (2,5−11,5 oy);
— “UAcademy” 1 mlndan 7mln so'mgacha (1−3 oy);

Bugungi kunda mamlakatda soha mutaxassislariga talab yuqori. Talab ketidan esa taklif ham ortib bormoqda.

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
13.4K views05:25
Ochish/sharhlash
2024-01-11 07:15:18
Haj safari narxlari qancha?

— Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan Haj safari narxi 68 760 000 soʻm boʻlganligini 2023-yil boshida e’lon qilgan.

— Xususiy (qoʻshma, sherikchilik kabi) sayohat kompaniyalari tomonidan tashkil etilayotgan Umra safarlari narxi esa oʻrtacha $900 dan $1 350 gacha, ba’zida minimum $650, maksimum $2 500 gacha boʻlmoqda. Ba’zilar firmalar 130 000 dan 450 000 (900 000) soʻmgacha xizmat haqi ham olmoqda.

— Mustaqil sayohatchi sifatida tashrif buyurish uchun esa $250 dan $700 gacha bilet uchun, oʻrtacha $500 atrofida qoʻshimcha xarajatlar uchun ajratish kerak. Umumiy hisobda siz $750 dan $1 200 gacha pul bilan Umra safariga bora olasiz!

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
12.8K views04:15
Ochish/sharhlash