Get Mystery Box with random crypto!

Xalqaro imtihonlarda muvaffaqiyat qozongan yoshlarga kompensat | Narxi Qancha? ⚡️

Xalqaro imtihonlarda muvaffaqiyat qozongan yoshlarga kompensatsiya berilyapti?

Xalqaro imtihonlarda yuqori ball to‘plagan yoshlarga imtihon xarajatlari uchun 51 mlrd so‘mga yaqin to‘lovlar qoplab berildi. Shartlari oddiy – talabgor imtihonda 70% dan ortiq natija ko‘rsatsa kifoya. Masalan, IELTS da 7 yoki undan baland ball to‘plash talab etiladi.

2021-yilda 2 833 nafar yoshga 5,5 mlrd so‘m imtihon xarajatlari qoplab berilgan bo‘lsa, 2024-yil 1-aprel holatiga bu ko‘rsatkich 5763 nafar yoshga 10,6 mlrd so‘mni tashkil etdi. Ya’ni bir chorakdagi natijalar butun yilga nisbatan karrasiga ortgan! Bu – til o‘rganayotgan, xalqaro darajada bilim egallayotgan yoshlarimiz soni muntazam ortib borayotganidan dalolat.

Eslatib o‘tamiz, 18 ta xalqaro imtihon tizimida yuqori natijaga erishgan yoshlar imtihon xarajatlarini “Xazna” ilovasi orqali qaytarib olishlari mumkin.

@NarxlarQancha - Narxlar haqidagi # blog!