Get Mystery Box with random crypto!

Narxi Qancha? ⚡️

Telegram kanalining logotibi narxiqancha — Narxi Qancha? ⚡️ N
Telegram kanalining logotibi narxiqancha — Narxi Qancha? ⚡️
Kanal manzili: @narxiqancha
Toifalar: Iqtisodiyot , Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 32.61K
Kanalning ta’rifi

Eng sara narxlar, iqtisodiy, moliyaviy va statistik ma'lumotlar barchasi kreativ tarzda yoritib boriladi.
Reklama & Hamkorlik 👉 @Mr_Gulomkodirov

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 7

2024-02-15 08:11:02
ِDunyodagi eng kichik mamlakatining katta iqtisodiyoti

Monako knyazligi dunyodagi eng kichik mamlakatlar topidagi ikkinchi davlatdir. Monakoning maydoni atigi 2 km.kv. (O'zbekistondan 224ming barobar kichik) bo'lib, aholisi taxminan 40 ming kishini tashkil qiladi. Davlat dunyodagi eng katta aholi zichligiga ega, 1 km.kv uchun 19 mingdan ortiq kishi to'g'ri keladi.

Mamlakat YaIM $9 mlrd dan oshiq va aholi boshiga taxminan $225000 dan tushadi (O'zbekistonniki o'rtacha $2715).

Ushbu davlat 2023 - yil uchinchi choragida import miqdori $577.2 million, eksport miqdori esa $275.7 million ni tashkil etdi.

Monako iqtisodiyoti asosan turizm, qimor o'yinlari, yangi turar joylar qurish, shuningdek, knyazlik oilasining hayotini yoritadigan ommaviy axborot vositalari hisobidan rivojlanmoqda.

Mavzuga doir:
— Dunyodagi eng kichik mamlakatning katta daromadlari

@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!
15.8K viewsedited  05:11
Ochish/sharhlash
2024-02-14 20:20:01
Markaziy Osiyo davlatlari deputatlarining maoshi qancha ?

Markaziy Osiyo davlatlari ichida Qozog‘iston deputatlari eng ko‘p, O‘zbekiston deputatlari eng kam maosh oladi. Qirg‘iziston deputatlarining maoshi mamlakatda qabul qilingan eng kam ish haqidan 30 barobar yuqori. Qozog‘istonlik deputatlarniki 25 barobar, tojikistonlik deputatlarniki 12,5 barobar yuqori.

Qayd qilinishicha, deputatlar maoshi qiyidagicha:

1.Qozog‘iston deputatlarining maoshi 2050 AQSh dollariga teng (23,8 mln so‘m).

2. Tojikiston deputatlari – 688 dollar (8 mln so‘m).

3.Qirg‘iziston deputatlari – 500 dollar (5,8 mln so‘m).

4. O‘zbekiston deputatlari 380 dollar (4,4 mln so‘m) maosh bilan so‘nggi o‘rinda qayd etilgan.

Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 980 ming so‘m va deputatlarning maoshi undan qariyb 4,5 barobar yuqori ekani oydinlashadi.


@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog !
16.7K views17:20
Ochish/sharhlash
2024-02-11 18:36:04
O‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish — bu turdagi “moyka"larning daromadi qancha?

Bugungi kunda yurtimizda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi avtomobillar yuvish shoxobchalari soni ko‘paymoqda. Masalan “DS-Moyka” ning poytaxtda 9 ta filiali bor.

Biznes-premium toifadagi shoxobchada 6 ta post bo‘lib, unda 7 ta yuvish funksiyasi mavjud va buni ochish narxi $120 ming ketgan.

Hozir bitta shoxobchada kuniga o‘rtacha 400−500 avtomobilga xizmat ko‘rsatiladi. O‘rtacha chek narxi 15 ming so‘mni tashkil qiladi. Oylik daromad $15−20 mingni tashkil etadi.

Xarajatlar, bir oyda suv uchun 1-1,5 mln so‘m, elektr energiyasi uchun undan ko‘proq, ya’ni 4,5-5 mln so‘mgacha to‘lanadi. Bir oyda bitta moyka uchun o‘rtacha 26−27 mln so‘mlik kimyoviy moddalar sotib olamiz. Shuningdek, beshta xodim uchun o‘rtacha 18−20 mln so‘m oylik ajratiladi.

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
16.9K views15:36
Ochish/sharhlash
2024-02-11 07:15:13
Ikkinchi Jahon urushi paytida nonning narxi qancha bo'lgan?

Urush paytidagi non hayotning o'lchovi edi. Qamal qilingan Leningradda uning normalari 5 baravar qisqartirilgan. Eng qiyin paytlarda ishchilar har biri 250 gr, qolganlari esa 125 gr. non olishgan. Lekin bu aholi non bilan tekin ta’minlangan degani emas.

Urush yillarida uning narxi 34 karra qimmat bo'lgan va kilogramiga 500 rublgacha yetgan. Taqqoslash uchun SSSR da urush davrida o'rtacha ish haqqi 400 rubl bo'lgan.

O'sha davrdagi dollar kursi (1$=5,3 rubl) bilan non narxini solishtirsak bu degani 1 kg non $94.33 ni tashkil etganligini ko'rsatadi va bu inflatsiya bilan bugungi kunda aqilbovar qilmas $1 672 ni ko'rsatmoqda.

Nonning narxi qimmatligidan va barcha bug'doy frontga ketganligi uchun, uning tarkibidagi bug'doy o'rnini kepak, opilka, kartoshka, qichitqi o't, jo'xori va boshqa o'tlar kirgan.

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
21.1K views04:15
Ochish/sharhlash
2024-02-10 17:55:02
Dunyodagi eng qimmat shaxmatning narxi qancha?

Buyuk Britaniyaning Jewel Royale kompaniyasi tomonidan maxsus dunyodagi eng qimmat shaxmat ishlab chiqarilgan.

Jamlanma oltin, platina, marvarid olmoslari, zumraddan yasalgan bo'lib, otdan tashqari barcha toshlar qimmatbaho toshlar va o'rtada spiral bilan bezatilgan.

Bunday shaxmatning narxi $9,8 mlnni tashkil etadi va bu bugungi kurs bo'yicha 120 mlrd 874 mln 82 so'mni tashkil etar ekan.

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
16.5K views14:55
Ochish/sharhlash
2024-02-09 12:15:02
Qoʻshni davlatlarda 1 xonali uylar narxi qancha?

1. Tojikiston davlatida oʻrtacha narxlar $18 000 boshlanadi va bu oʻrtacha 36,5 uchun $490 atrofida toʻgʻri keladi ekan.

2. Afgʻoniston Islom Amirligida uylar biroz qimmat. Oʻrtacha narx $22 000 atrofida va uyning bir kvadrati sizga $620 ga tushadi.

3. Turkmanistonda esa uy narxlari oʻrtacha boshlangʻich $26 000 dan boʻladi. Bir kvadratining narxi esa $760 ga tushadi.

4. Qirgʻiziston Respublikasida $35 000 ga oʻrtacha 35 kvadratli uylar keladi. Kvadrati esa $1 000 va shuning atrofida boʻladi.

5. Qozogʻiston davlatida uy narxlari qoʻshni davlatlar ichida eng qimmati hisoblanadi. 1 xonali uy narxi $42 000 boʻlsa, 1 kv narxi $1 230 ga baholanadi.

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
14.5K views09:15
Ochish/sharhlash
2024-02-08 18:31:40
Dunyoning eng qimmat "osmon o'par" binolarining narxi qancha?

Dunyoda shunday binolar borki, juda katta miqdorda mablag' evaziga qurilgan:

Masalan:
— New York Savdo markazi $3,9 mlrd;
— Londan "The Shard" (Parchalanish) $1,9 mlrd;
— Las-Vegas Palazzo $1,9 mlrd;
— Xitoy Taypey 101 $1,76 mlrd;
— Dubay Burj Xalifa $1,5 mlrd;
— Xitoy Sheraton Huzhou Hot Spring Resort $1,5 mlrd;
— Singapur CapitaGreen $1,4 mlrd.

Mavzuga doir:
— Dunyodagi eng qimmat elchixona
— Oxirgi 10 yillikda eng qimmat hisoblanib kelayotgan top-3 ta uyning narxi qancha ?

@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog !
15.6K views15:31
Ochish/sharhlash
2024-02-08 17:19:39
AQSH davlatida oʻzbeklar eng koʻp ishlaydigan ishlarda qancha topish mumkin?

— Yetkazib berish xizmatlari haqida:
• Doordash orqali: $15 – $25
• Amazon Flex orqali: $18 – $25
• FedEx orqali: $10,30 – $22,65
• Uber Eats orqali: $15 – $25

— Taksi xizmatlari orqali:
• Uber Taxi orqali: $15,28 – $36,62
• LYFT drivers orqali: $10 – $30
• Curb orqali: $33,34 atrofida

— Boshqa ish turlari haqida:
• Uy koʻchirish xizmatida: $14 – $36
• Qurilish sohasi ishlarida: $19 – $49
• Restorandagi ish boʻyicha: $12 – $24
• Balandlikda chiroq oʻrnatish: $16 – $66

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
17.2K views14:19
Ochish/sharhlash
2024-02-06 17:35:02
Shimoliy Koreyadan qochishning narxi qancha?

Shimoliy Koreya axolisining soni 25 mlndan oshiq va har yili bu yerdan 20 minga yaqin inson qochiga xarakat qladi, Shimoliy Koreyadan qora bozor orqali odam yollab qochish voyaga yetgan har bir insonga $3000 gacha tushadi, oʼrtacha oylik $20 boʼlgan davlatda bu narx juda yuqori xisoblanadi, ammo shunga qaramay odamlar bu ishga butun umr pul yigʼishadi.

Shuningdek bundan ham murakkabroq ishlar ancha qimmatga tushishi mumkin (masalan, soxta pasport bilan Shimoliy Koreyadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchish $10 000-15 000 turadi).

Xitoyga Shimoliy Koreya pasporti bilan qochish, yaxshilik bilan tugamasligi mumkin. Xitoy ularni vataniga deportatsiya qilgan xolatlar ham ko'p. Afsuski keyin ularni KXDR da uzoq muddatli qamoq kutadi.

Shuningdek, Shimoliy Koreyadan oilasiz qochib chiqilsa davlat qonuniga koʼra davlat ichida qolgan barcha oila a'zolari qamaladi.

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
17.8K views14:35
Ochish/sharhlash
2024-02-03 17:36:00
Rossiya Ukrainaga bostirib kirish uchun qancha pul sarflayapti?

Rossiya 2022-yil fevral oyida Ukrainaga bostirib kirganidan beri bu zararlarning barchasi uchun Rossiya nisbatan kam xarajat qilgan.

Rossiyaning xarajatlari yiliga $67 mlrd yoki mamlakat yalpi ichki mahsulotining (YIM) 3 %ni tashkil qiladi. Bu tarixiy me’yorlarga ko‘ra, arzimas miqdor.

Masalan YIMning:
— SSSR, 2-jahon urushida 61%;
— AQSH, 2-jahon urushida 50%;
— AQSH, Koreya urushida 4,2%;
— AQSH, Vetnam urushida 2,3%;
— AQSH, Iroq urushida 1%;
— SSSR Afg'oniston urushida 0,4%;
— Ukraina, Rossiya urushiga 34%.

Yuqoridagi statistikadan ko'rinib turibdiki, Rossiya uchun bo'lib o'tayotgan urush katta xarajatlarga boy bo'lsada, Yalpi ichki mahsulotiga nisbatan juda kichik ulushni tashkil etar ekan.

@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
13.7K views14:36
Ochish/sharhlash