Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

Telegram kanalining logotibi yoshlarittifoqi_uz — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi O
Telegram kanalining logotibi yoshlarittifoqi_uz — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
Kanal manzili: @yoshlarittifoqi_uz
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 14.96K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!
• www.yoshlarittifoqi.uz
• facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
• instagram.com/yoshlarittifoqiofficial
📞 Ishonch raqami: 1093
📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 12

2023-04-04 16:19:36


Xorijdagi O‘zbekiston fuqarolari referendumda qatnashishlari uchun uchastkalar manzili ko‘rsatilgan interaktiv xarita tuzildi.

Xorijiy davlatlarda 55 ta referendum uchastkasini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilindi hamda ovoz berish uchastkalari manzillari ko‘rsatilgan interaktiv xarita eʼlon qilindi.

http://bit.ly/manzillar

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
3.3K views13:19
Ochish/sharhlash
2023-04-04 10:21:43
#Referendum2023

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi va boshqa bir qator hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda Guliston shahridagi Alpomish sport majmuasida “Konstitusiya meniki, seniki, bizniki. Konstitusiya o‘zimizniki!” shiori ostidagi targ‘ibot tadbirini o‘tkazdi.

Unda estrada yulduzlari, sportchilar, davlat idoralari vakillari, tadbirkorlar va yoshlardan iborat faollar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan turli kasb vakillari yangi konstitusiyamizning mamlakatimiz hayotida tutgan o‘rni, unga kiritilayotgan yangi qo‘shimchalar va o‘zgarishlar xalqimizning turmush tarzini yanada farovonlashishiga xizmat qilishini ta’kidlab, 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishlariga da’vat etdi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
718 views07:21
Ochish/sharhlash
2023-04-04 07:22:51


Ko‘plab sohalar bo‘yicha bepul kurslar jamlangan onlayn platforma

Xorijiy tillar, dasturlash, buxgalteriya, oshpazlik, sartaroshlik, videomontaj, moliyaviy savodxonlik, biznes saboqlari, dizayn va boshqa koplab kasb-hunarlar boyicha bepul videodarsliklar jamlangan sayt e-kasb.uz onlayn platformasi borligidan xabardormisiz!?

e-kasb.uz onlayn platformasi sizga yuqoridagilarni tez, oson, qulay hamda mutlaqo bepul o‘rganish imkonini taqdim etadi.

Shoshiling! Platforma orqali ro‘yxatdan o‘tib, maqsadlaringizga oson erishing!

Android uchun yuklash
IOS uchun

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
15.1K views04:22
Ochish/sharhlash
2023-04-03 14:22:27
#Diqqat #Dangasalik

Tan olaylik hammamizda biroz dangasalik bor, to‘g‘rimi?

Yaxshi ishlarni dushanbadan boshlash odat tusiga aylangan. Ilk ikki kun shiddatli kechadi, chorshanbaga borib esa, tashabbus o‘rnini dangasalik egallaydi. Natijada mashg‘ulotni davom ettirish keyinga qoldiriladi.

Yaponlar buni «mikka bouzu» - «uch kunlik ruhoniy» (so‘zma-so‘z “uch kun ham sabr qila olmaydi”) deb atashadi. Biz o‘zimiz istamagan va bizga qizig‘i bo‘lmagan ishni bajarishga erinamiz.

Qisqasi, kimda xohish bo‘lsa, maqsadga erishish yo‘llarini qidiradi. Qolganlar esa o‘zini oqlash uchun sabab izlaydi. Kundalik rejimingizni shunday tashkil qilingki, barcha yangi jarayonlar hayotingizda oson va tabiiy kechsin. Navbatdagi dushanbani kutishga hojat yo‘q.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
2.2K views11:22
Ochish/sharhlash
2023-04-03 12:58:51
#Bilasizmi #Bolalar

Bolalarning quyidagi kontingenti bog‘chaga ustunlik bilan qabul qilinish huquqiga ega:

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning bolalari;

Ko‘p bolali oilalarning bolalari;

Yetim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar;

“Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning bolalari;

Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning va ichki ishlar organlari xodimlarining bolalari;

Talabalar va pedagoglarning bolalari;

Akalari yoki opalari ushbu muassasaning tarbiyalanuvchilari jumlasidan bo‘lgan bolalar;

Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlardan umumiy turdagi maktabgacha tashkilotlarga o‘tkazilayotgan sog‘aygan bolalar.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
1.8K views09:58
Ochish/sharhlash
2023-04-03 10:00:59
Xorijga mehnat shartnomasi orqali ishlashga ketgan fuqarolarga yanada yengillik yaratildi.

Endilikda mehnat migratsiyaga chiqib ketgan shaxslarning O‘zbekistonda ular bilan birga istiqomat qiluvchi, nafaqa yoshiga yetgan yoki I va II guruh nogironligi bo‘lgan oila a’zolariga kasaba uyushma tizimida sog‘lomlashtirish maskanlari yoki profilaktik davolanish muassasalariga 1 martalik bepul yo‘llanma beriladi.

Xabarni yaqinlaringizga yuborishni unutmang!

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
3.6K views07:00
Ochish/sharhlash
2023-04-02 11:20:26
#YoshDizaynerlarKengashi #YoshlarIttifoqi

Dubay shahrida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Yosh dizaynerlar kengashi va BAAdagi O‘zbekiston elchixonasi bilan hamkorlikda “Grand fashion week: Dubai” modalar ko‘rgazmasini o‘tkazdi.

Mazkur tadbir davomida Osiyo va Yevropa mamlakatlaridan tashrif buyurgan moda ixlosmandlari, tadbirkorlar, jurnalistlar va jamoatchilik vakillariga o‘zbekistonning yosh dizaynerlari tomonidan tikilgan milliy liboslar kolleksiyalari taqdim etildi.

Tadbir davomida katta sahnada mehmonlarga o‘zbek milliy raqsi “Lazgi” namoyish etildi. Bundan tashqari O‘zbekistondan keltirilgan mevalar, sumalak va qandolat mahsulotlari barchaga ulashildi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
526 views08:20
Ochish/sharhlash
2023-04-01 16:16:07


UNESCO Silk Roads Youth Research Grant 2023 uchun arizalar qabul qilmoqda – tashabbus yosh tadqiqotchilarni Ipak yoʻlining umumiy merosini yanada oʻrganishga safarbar etishga qaratilgan va 35 yoshgacha boʻlgan yosh ayollar va erkaklarga 12 ta tadqiqot grantini taqdim etadi.

Tadqiqotlar roʻyxatda taqdim etilgan har qanday mavzularni qamrab olishi mumkin, jumladan, Ipak yo‘lining umumiy merosi bilan bogliq bolgan mavzular bilan cheklanmagan holda:

Fan va texnologiya;
An’anaviy hunarmandchilik;
Din va ma’naviyat;
Til va adabiyot;
San’at va musiqa;
An’anaviy o‘yinlar va sport turlari.

Taklif etilayotgan tadqiqot madaniy o‘zaro ta’sirlar va almashinuvlar natijalariga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak va ma'lum bir sohada moddiy va nomoddiy bo‘lgan aniq aktivlarni ko‘rsatishi kerak.

Grant miqdori: 12 ta grant – har biri uchun 10 000
AQSH dollari
Ariza topshirish ohirgi muddati: 2023-yil 31-may

Batafsil: shorturl.at/hrGWX

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
4.5K views13:16
Ochish/sharhlash
2023-04-01 12:13:23
#QVZ #YoshlarIttifoqi

O‘zbekiston Quvnoqlar va zukkolar assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi va boshqa bir qator mutasaddi tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilgan “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi PREMYER ligasi 1-mavsumining yarim final bosqich bellashuvlari yakunlandi.

Unda:

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash Milliy tadqiqot universiteti “Targ‘ibot” jamoasi,
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Duv-duv gap” jamoasi,
Favqulotda vaziyatlar vazirligi akademiyasi “Fayrmens” jamoasi,
Jizzax davlat pedagogika universiteti “Jizzax siti” jamoasi,
Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti “Maroqandlik bojalar” jamoasi,
Mudofaa vazirligi Toshkent harbiy okrugi Chirchiq garnizoni Ma’naviyat va ma’rifat markazi “Artilleriya” jamoalari muvaffaqiyatli chiqishlari bilan FINALga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

Final o‘yini 29-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
Kirish istagida bo‘lgan yoshlarni “ZO‘R TV” telekanalining 3-pavilioniga soat 17:30 da taklif etamiz.

+998935470909

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
3.7K viewsedited  09:13
Ochish/sharhlash
2023-04-01 09:44:53
#Referendum2023

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Buxoro viloyati Kengashi tashabbusi bilan Buxoro tumanida joylashgan harbiy qism xizmatchilari uchun “Yangi O‘zbekiston — yangi Konstitutsiya” shiori ostidagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Deputati, Respublika “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi — Madina Baratova so‘zga chiqib, konstitutsiyamizning mamlakatimiz hayotida tutgan o‘rni, unga kiritilayotgan yangi qo‘shimchalar va o‘zgarishlar xalqimizning turmush tarzini yanada farovonlashishiga, inson qadrini bundanda yuksalishiga xizmat qilishi ta’kidlab, harbiy xizmatchilar hamda ularning oila a’zolarini ham 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishga chaqirdi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
2.0K views06:44
Ochish/sharhlash