Get Mystery Box with random crypto!

#YoshDizaynerlarKengashi #YoshlarIttifoqi Dubay shahrida O | O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

#YoshDizaynerlarKengashi #YoshlarIttifoqi

Dubay shahrida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Yosh dizaynerlar kengashi va BAAdagi O‘zbekiston elchixonasi bilan hamkorlikda “Grand fashion week: Dubai” modalar ko‘rgazmasini o‘tkazdi.

Mazkur tadbir davomida Osiyo va Yevropa mamlakatlaridan tashrif buyurgan moda ixlosmandlari, tadbirkorlar, jurnalistlar va jamoatchilik vakillariga o‘zbekistonning yosh dizaynerlari tomonidan tikilgan milliy liboslar kolleksiyalari taqdim etildi.

Tadbir davomida katta sahnada mehmonlarga o‘zbek milliy raqsi “Lazgi” namoyish etildi. Bundan tashqari O‘zbekistondan keltirilgan mevalar, sumalak va qandolat mahsulotlari barchaga ulashildi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook