Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

Telegram kanalining logotibi yoshlarittifoqi_uz — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi O
Telegram kanalining logotibi yoshlarittifoqi_uz — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
Kanal manzili: @yoshlarittifoqi_uz
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 15.59K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!
• www.yoshlarittifoqi.uz
• facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
• instagram.com/yoshlarittifoqi.uz
📞 Ishonch raqami:
📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 15

2023-03-26 13:24:39
#OʻzbekistonYoshlarIttifoqiKubogi

Jizzax viloyatida joylashgan harbiy qism va muassasalardagi yosh harbiy xizmatchilar va xodimlar o‘rtasida “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi kubogi” uchun mini-futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Murosasiz va qizg‘in bellashuvlarga boy tarzda o‘tgan uchrashuvlarda 12 ta jamoa o‘zaro bahs olib borishdi.

Natijalar quyidagicha:
Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi jamoasi
Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism jamoasi
Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi jamoasi

Gʻolib jamoalar esdalik sovgʻalar va medallar bilan taqdirlandi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
1.1K views10:24
Ochish/sharhlash
2023-03-26 12:13:38
#befarqemasman

“Zakovat” o‘yini bo‘yicha Buxoro viloyat hokimi kubogi ishtirokchilari ta’limga, iqtisodiyotga, ekologiyaga, siyosatga befarq emasliklarini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu musobaqada yurtimizning turli hududlaridan jami 43 ta jamoa hamda 300 nafardan oshiq bilimdonlar ishtirok etdi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
1.2K views09:13
Ochish/sharhlash
2023-03-25 15:08:30
#Referendum2023

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyat Kengashi va boshqa bir qator hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda Qarshi tumanida “Konstitusiya meniki, seniki, bizniki. Konstitusiya o‘zimizniki!” shiori ostidagi targ‘ibot tadbirini o‘tkazdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar yangi konstitusiyamizning mamlakatimiz hayotida tutgan o‘rni, unga kiritilayotgan yangi qo‘shimchalar va o‘zgarishlar xalqimizning turmush tarzini yanada farovonlashishiga, inson qadrini bundanda yuksalishiga xizmat qilishini ta’kidlab, 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishlariga da’vat etdi.

Elimiz sevgan bir guruh san’atkorlarning eng sara kuy-qo‘shiqlari vohaliklarga olam-olam quvonch ulashdi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
5.9K views12:08
Ochish/sharhlash
2023-03-25 08:13:26
#BilimlarBellashuvi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi, viloyat kuch tuzilmalari va boshqa bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda musobaqa tashkil etdi.

Eʼtiborlisi, musobaqa harbiy qismlardagi 270 nafar harbiy xizmatchilarning 6-7-8 sinfda o‘qiydigan farzandlari o‘rtasida “Yosh matematik” va “Ingliz tili bilimdoni” yo‘nalishlarida o‘tkazildi.

Bilimlar bellashuvi yakunida g‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
1.1K views05:13
Ochish/sharhlash
2023-03-25 06:28:49
#BeshTashabbus

Mahalla yoshlari oʻrtasida “Besh tashabbus” olimpiadasiga start berilmoqda!

Joriy yilning aprel, may, iyun oylarida “Yoshlar raqs festivali” tanlovi, yoshlar orasida sogʻlom turmush tarzi va sportni ommalashtirishga qaratilgan gimnastrada, quvnoq startlar, yengil atletika, mini-futbol, stol tennisi, shashka, futbol,stritbol, workout boʻyicha respublika sport musobaqalari “Yoshlar kubogi” kibersport musobaqalari hamda ilk marotaba yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirishga qaratilgan tikuvchilik, sartaroshlik, oshpazlik, qandolatchilik, hunarmandchilik tanlovlari oʻtkaziladi!

Arizalar beshtashabbus.uz sayti orqali qabul qilinmoqda. O‘z iqtidor va iste’dodingizni namoyish qilish uchun ajoyib imkoniyat!

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
1.9K views03:28
Ochish/sharhlash
2023-03-24 13:22:03


«27-mart Xalqaro TEATR kuni» munosabati bilan barcha davlat teatrlarida ochiq eshiklar haftaligi oʻtkaziladi.

24–27-mart kunlarida barcha davlat teatrlariga kirish mutlaqo BEPUL.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
4.5K views10:22
Ochish/sharhlash
2023-03-24 08:58:22
#JasoratMaktabi #YoshlarIttifoqi

Qashqadaryoda “Jasorat maktabi” oʻquv yigʻini yakunlandi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi va boshqa bir qator hamkor tashkilorlar ishtirokida tashkil etilgan “Jasorat maktabi” o‘quv yigʻini davomida viloyat hokimi va sektor rahbarlari ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi ham bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar bu yerda olingan bilim va ko‘nikmalari hayot maktabi vazifasini o‘tashiga ishonch bildirishdi.

O‘tkazilgan tadbir va musobaqalarda faol ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlarga diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
1.2K viewsedited  05:58
Ochish/sharhlash
2023-03-23 13:00:29
#EkoPatrul

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Namangan viloyati Sardorlar Kengashi tomonidan “Obod va fayzli mahalla — yurt koʻrki” shiori ostida “Eko-patrul” loyihasi amalga oshirildi.

Loyiha davomida Davlatobod tumanida joylashgan “Yoshlar bog‘i” hududida yigʻilgan chiqindilar tozalandi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
1.4K views10:00
Ochish/sharhlash
2023-03-23 07:01:40
#yoshlarovozi

Yoshlar ovozi gazetasining bayramona kayfiyatga to‘la sonini e'tiboringizga taqdim qilamiz!

Gazetaning Navroz bayrami arafasida nashr qilingan 14-sonida quyidagi maqolalarni oqishingiz mumkin:

- O‘lkada Navro‘z!
- Ot bosmagan joylarni toylar bosadi
- Kimlar yosh oila hisoblanadi?
- Yosh oila: Topgani qarzga!
- 60 ga yaqin loyiha muallifi
- F - 2, 136
- 2x2=5, yoxud “katta og‘a” seni kuzatyabdi!

Quyidagi havola orqali gazetani elektron shaklda mutolaa qilishingiz mumkin:

https://bit.ly/42IIOno

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
2.9K views04:01
Ochish/sharhlash
2023-03-22 14:01:13
“Ibrat farzandlari” orqali 10 dan ortiq chet tillarini bepul o‘rganing!

Ingliz tilini “0”dan o‘rganish;
Rus tilini “0”dan o‘rganish;
Turk tilini “0”dan o‘rganish;
Nemis tilini “0”dan o‘rganish;
Koreys tilini “0”dan o‘rganish;
Xitoy tilini “0”dan o‘rganish;
Ispan tilini “0”dan o‘rganish;
Yapon tilini “0”dan o‘rganish;
Arab tilini “0”dan o‘rganish;
Hind tilini “0”dan o‘rganish;
Fransuz tilini “0”dan o‘rganish;
Italyan tilini “0”dan o‘rganish;
O‘zbek tilini “0”dan o‘rganish.

Xorijiy tillarni o'zingizga qulay vaqtda va istalgan joyda “Ibrat farzandlari” bilan oson, kreativ va mutlaqo bepul usulda o‘rganishingiz mumkin.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
5.8K views11:01
Ochish/sharhlash