Get Mystery Box with random crypto!

#Bilasizmi #Bolalar Bolalarning quyidagi kontingenti bog‘ch | O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

#Bilasizmi #Bolalar

Bolalarning quyidagi kontingenti bog‘chaga ustunlik bilan qabul qilinish huquqiga ega:

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning bolalari;

Ko‘p bolali oilalarning bolalari;

Yetim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar;

“Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning bolalari;

Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning va ichki ishlar organlari xodimlarining bolalari;

Talabalar va pedagoglarning bolalari;

Akalari yoki opalari ushbu muassasaning tarbiyalanuvchilari jumlasidan bo‘lgan bolalar;

Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlardan umumiy turdagi maktabgacha tashkilotlarga o‘tkazilayotgan sog‘aygan bolalar.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook