UNESCO Silk Roads Youth Research Grant 2023 uchun arizalar qab | O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
UNESCO Silk Roads Youth Research Grant 2023 uchun arizalar qabul qilmoqda – tashabbus yosh tadqiqotchilarni Ipak yoʻlining umumiy merosini yanada oʻrganishga safarbar etishga qaratilgan va 35 yoshgacha boʻlgan yosh ayollar va erkaklarga 12 ta tadqiqot grantini taqdim etadi.
Tadqiqotlar roʻyxatda taqdim etilgan har qanday mavzularni qamrab olishi mumkin, jumladan, Ipak yo‘lining umumiy merosi bilan bog‘liq bo‘lgan mavzular bilan cheklanmagan holda:
Fan va texnologiya; An’anaviy hunarmandchilik; Din va ma’naviyat; Til va adabiyot; San’at va musiqa; An’anaviy o‘yinlar va sport turlari.
Taklif etilayotgan tadqiqot madaniy o‘zaro ta’sirlar va almashinuvlar natijalariga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak va ma'lum bir sohada moddiy va nomoddiy bo‘lgan aniq aktivlarni ko‘rsatishi kerak.
Grant miqdori: 12 ta grant – har biri uchun 10 000 AQSH dollari Ariza topshirish ohirgi muddati: 2023-yil 31-may
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!. • www.yoshlarittifoqi.uz. • facebook.com/yoshlarittifoqi.uz. • instagram.com/yoshlarittifoqi.uz. 📞 I...