Get Mystery Box with random crypto!

#Referendum2023 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloy | O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

#Referendum2023

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi va boshqa bir qator hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda Guliston shahridagi Alpomish sport majmuasida “Konstitusiya meniki, seniki, bizniki. Konstitusiya o‘zimizniki!” shiori ostidagi targ‘ibot tadbirini o‘tkazdi.

Unda estrada yulduzlari, sportchilar, davlat idoralari vakillari, tadbirkorlar va yoshlardan iborat faollar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan turli kasb vakillari yangi konstitusiyamizning mamlakatimiz hayotida tutgan o‘rni, unga kiritilayotgan yangi qo‘shimchalar va o‘zgarishlar xalqimizning turmush tarzini yanada farovonlashishiga xizmat qilishini ta’kidlab, 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishlariga da’vat etdi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook