Get Mystery Box with random crypto!

#Referendum2023 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Buxoro viloyat | O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

#Referendum2023

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Buxoro viloyati Kengashi tashabbusi bilan Buxoro tumanida joylashgan harbiy qism xizmatchilari uchun “Yangi O‘zbekiston — yangi Konstitutsiya” shiori ostidagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Deputati, Respublika “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi — Madina Baratova so‘zga chiqib, konstitutsiyamizning mamlakatimiz hayotida tutgan o‘rni, unga kiritilayotgan yangi qo‘shimchalar va o‘zgarishlar xalqimizning turmush tarzini yanada farovonlashishiga, inson qadrini bundanda yuksalishiga xizmat qilishi ta’kidlab, harbiy xizmatchilar hamda ularning oila a’zolarini ham 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishga chaqirdi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook