Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

Telegram kanalining logotibi yoshlarittifoqi_uz — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi O
Telegram kanalining logotibi yoshlarittifoqi_uz — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
Kanal manzili: @yoshlarittifoqi_uz
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 14.96K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!
• www.yoshlarittifoqi.uz
• facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
• instagram.com/yoshlarittifoqiofficial
📞 Ishonch raqami: 1093
📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 13

2023-04-01 08:33:06


Magistratura hamda doktoranturada talab etiladigan til bilish sertifikatlari ro‘yxati yangilandi.

Ushbu oʻzgarishlar joriy yildan boshlab amal qiladi.

Nima oʻzgarishlar bor?

Yangi ro’yxatda ingliz, italyan va turk tilida bittadan oʻzgarish boʻldi.

Olib tashlandi:

Ingliz tilidan — Cambridge Assessment English Linguaskill

Italyan tilidan — Accademia Italiana di Lingua (AIL)

Turk tilidan — İstanbul Aydın Üniversitesi Türkçe Öğretimi Uygulama ve Araştırma Merkezi (Aydin TÖMER)

Qoʻshildi:

Ingliz tiliga — International Test of English Proficiency (iTEP) Academic-Plus


Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
2.7K views05:33
Ochish/sharhlash
2023-03-31 17:04:17


Diqqat yoshlar!

O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolariga oliy ta’lim muassasalariga kirishda imtiyozlar berilishidan xabaringiz bormi?

Vazirlar Mahkamasining 2017-yilning 14-noyabrdagi 914-son qarorida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolariga oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli qabul qilishi belgilangan.

Mazkur qarorga muvofiq nomzodlar quyidagi toifalar bo‘yicha tavsiyanomaga ega bo‘lishi mumkin:

1) Yoshlar ittifoqining sardorlari;
2) Yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilotlaridagi yo‘nalish yetakchilari;
3) Yoshlar ittifoqi tizimida ikki yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan fidoyi yoshlar.

Mazkur imtiyozga ega bo‘lish istagini bildirgan yoshlar joriy yilning 5-aprel sanasidan 12-aprel sanasiga qadar O‘zbekiston yoshlar ittifoqining hududiy Kengashiga hujjat topshirishlari mumkin.

Batafsil: yoshlarittifoqi.uz/uz/projects/vm-914-batafsil

SHOSHILING, IMKONIYATNI QO‘LDAN BOY BERMANG!!!

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
23.4K views14:04
Ochish/sharhlash
2023-03-31 12:14:06
#HokimVaYoshlar #BefarqEmasman

“Hokim va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi va Guliston davlat universiteti boshlang‘ich tashkilot yetakchisi tashabbusi bilan Guliston davlat universitetining “Talabalar xiyoboni”da viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Maxmudaliyev va talaba yoshlar uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Eʼtiborli jihati, unda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva ham ishtirok etdi.

Muloqot jarayonida, 12-aprel — Kosmonavtika kuni munosabati bilan universitet talabalari oʻrtasida texnologik ishlanmalar koʻrik-tanlovi, aprel oyi mobaynida sportning ommaviy turlari boʻyicha “Hokim va rektor kubogi” musobaqasini tashkil etish, shuningdek, talabalar tomonidan ishlangan tasviriy va amaliy sanʼat namunalari sotuvini yoʻlga qoʻyishga kelishib olindi.

Shuningdek tadbir davomida 30-aprel sanasida boʻlib o‘tadigan Referendumda faol ishtirok etishga targʻib etildi. Tadbirda iqtidorli talabalar ham referendum doirasida oʻz fikrlarini bildirib oʻtishdi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
765 views09:14
Ochish/sharhlash
2023-03-31 10:15:47
#Universitetlar #YoshlarIttifoqi

Eng nufuzli universitetlar soni boʻyicha qaysi davlatlar yetakchi?

Bilsangiz kerak, dunyoda QS, THE va ARWU reytingi boʻyicha kuchli 1000 talikka kirgan xorijiy universitetlarning diplomi Oʻzbekistonda toʻgʻridan-toʻgʻri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadi.

Xoʻsh, eng nufuzli universitetlar soni boʻyicha dunyoda qaysi davlatlar yetakchi?

Quyida bu boradagi yetakchi 11 ta davlatni ARWU reytingi asosida koʻrib chiqamiz.

1-oʻrin: AQSH. AQSHdagi 196 ta oliy taʼlim muassasasi (OTM) dunyoning eng nufuzli 1000 ta oliygohi roʻyxatidan joy olgan.

2-oʻrin: Xitoy. Xitoydagi 186 ta OTM dunyoning eng nufuzli 1000 ta oliygohi roʻyxatidan joy olgan.

3-oʻrin: Birlashgan Qirollik (Buyuk Britaniya). Birlashgan Qirollikdagi 63 ta oliy OTM dunyoning eng nufuzli 1000 ta oliygohi roʻyxatidan joy olgan.

4-oʻrin: Germaniya. Germaniyadagi 47 ta OTM dunyoning eng nufuzli 1000 ta oliygohi roʻyxatidan joy olgan.

5-oʻrin: Italiya. Italiyadagi 46 ta OTM dunyoning eng nufuzli 1000 ta oliygohi roʻyxatidan joy olgan.

6-oʻrin: Ispaniya. Ispaniyadagi 40 ta OTM dunyoning eng nufuzli 1000 ta oliygohi roʻyxatidan joy olgan.

7-oʻrin: Avstraliya. Avstraliyadagi 33 ta OTM dunyoning eng nufuzli 1000 ta oliygohi roʻyxatidan joy olgan.

8-oʻrin: Yaponiya. Yaponiyadagi 32 ta OTM dunyoning eng nufuzli 1000 ta oliygohi roʻyxatidan joy olgan.

9-oʻrin: Janubiy Koreya. Janubiy Koreyadagi 30 ta OTM dunyoning eng nufuzli 1000 ta oliygohi roʻyxatidan joy olgan.

10-oʻrin: Fransiya. Fransiyadagi 28 ta OTM dunyoning eng nufuzli 1000 ta oliygohi roʻyxatidan joy olgan.

11-oʻrin: Kanada. Kanadadagi 26 ta OTM dunyoning eng nufuzli 1000 ta oliygohi roʻyxatidan joy olgan.

Eslatma: Yuqoridagi yetakchi davlatlar ARWU reytingining 2022-yilning iikinchi choragi roʻyxati boʻyicha keltirilgan. Keyingi yillarda yoki boshqa reytinglarda ushbu davlatlarning oʻrni yoki ulardagi top 1000 talikka kirgan oliygohlar soni farq qilishi mumkin.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
2.5K views07:15
Ochish/sharhlash
2023-03-31 06:59:47


«Ibrat Farzandlari» bilan xorijiy tillarni mutlaqo bepul, oson va kreativ usulda oʻrganing!

Endi har bir til uchun alohida rasmiy telegram kanallar ochildi. Oʻrganayotgan tilingizning kanaliga qoʻshilishingiz mumkin. Darsliklar kanallarga yuklab boriladi.

Ingliz tilini 0 dan oʻrganish

Ingliz tili Speaking darslari

Rus tilini 0 dan oʻrganish

Oʻzbek tilini 0 dan oʻrganish

Turk tilini 0 dan oʻrganish

Nemis tilini 0 dan oʻrganish

Ispan tilini 0 dan oʻrganish

Italyan tilini 0 dan oʻrganish

Fransuz tilini 0 dan oʻrganish

Xitoy tilini 0 dan oʻrganish

Yapon tilini 0 dan oʻrganish

Koreys tilini 0 dan oʻrganish

Arab tilini 0 dan oʻrganish

Hindiy tilini 0 dan oʻrganish

Yaqinlaringizga ham yuboring, yaxshilikka sherik boʻling.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
2.0K views03:59
Ochish/sharhlash
2023-03-30 19:08:49
Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus yoshlar texnoparkini borib ko‘rdi, u yerda amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar bilan tanishdi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
1.8K views16:08
Ochish/sharhlash
2023-03-30 11:56:30


Ingliz tilini o‘rganish uchun onlayn manbalar ro‘yxati

1.
Duolingo
2.
Englishcentral
3.
Polyglotclub
4.
Lingualeo
5.
Busuu
6.
Lang-8
7.
Memrise
8. Fluentu
9.
Conversationexchange
10.
Babbel
11.
Rosettastone
12.
Fsi-Languages
13.
Reddit
14.
Mosalingua
15.
Lingust

Ma’lumotlarni do‘stlaringizga ham yuborib qo‘ying!

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
7.0K views08:56
Ochish/sharhlash
2023-03-29 12:00:21
#yoshlarovozi

Yoshlar ovozi gazetasining jamiyatimizdagi so'ngi voqealarga bag‘ishlangan qiziqarli maqolalar va foyqali tavsiyalarga to‘la yangi sonini e’tiboringizga taqdim qilamiz!

Gazetaning ushbu haftada nashr qilingan 15-sonida quyidagi maqolalarni oqishingiz mumkin:

- Matonat “qal’a”si
- Zilzila, oldindan prognoz qilish imkonsiz(mi?)
- Ovoz yig‘ishga ham o‘qituvchi
- Yetakchi, mukofot muborak!
- Mashxur yozuvchilar hayoti
- Bu shunchaki qiziqish emas...

Pastdagi havola orqali gazetani elektron shaklda mutolaa qilishingiz mumkin:

https://bit.ly/40oc69j

Yuklab olish

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
6.4K viewsedited  09:00
Ochish/sharhlash
2023-03-29 10:34:04
#Referendum2023

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyat Kengashi va boshqa bir qator hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki. Konstitutsiya o‘zimizniki!” shiori ostidagi targ‘ibot tadbirini o‘tkazdi.

Tadbir davomida “O‘zbekiston — yoshlar mamlakati” shiori ostida katta gala konsert dasturi ham tashkil etildi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar yangi konstitutsiyamizning mamlakatimiz hayotida tutgan o‘rni, unga kiritilayotgan yangi qo‘shimchalar va o‘zgarishlar xalqimizning turmush tarzini yanada yuksalishiga xizmat qilishini ta’kidlab, 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishlariga da’vat etdi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
1.1K views07:34
Ochish/sharhlash
2023-03-29 09:24:53
#YoshQutqaruvchi #YoshlarIttifoqi

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Namangan viloyati Kengashi, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va boshqa bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Yosh qutqaruvchi” musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Musobaqaning asosiy maqsadi favqulodda vaziyatlar chog‘ida to‘g‘ri harakat qilish, jabrlanganlarni qutqarish, ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishda tezkorlik va aniqlik darajasini amalda sinab ko‘rishdan iborat.

Yakuniy natijalar quyidagicha:

Chortoq tumani 54-maktab jamoasi
To‘raqo‘rg‘on tumani 30-maktab jamoasi
Uchqo‘rg‘on tumani 37-maktab jamoasi

Faol ishtirok etgan jamoalar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
1.5K views06:24
Ochish/sharhlash