Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

Telegram kanalining logotibi yoshlarittifoqi_uz — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi O
Telegram kanalining logotibi yoshlarittifoqi_uz — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
Kanal manzili: @yoshlarittifoqi_uz
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 14.96K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!
• www.yoshlarittifoqi.uz
• facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
• instagram.com/yoshlarittifoqiofficial
📞 Ishonch raqami: 1093
📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 11

2023-04-07 07:02:28
#memorandum #saylov

Xorazm viloyatidagi xususiy oliy ta'lim muassasalarida boshlang'ich tashkilotlar faoliyati tashkil qilinmoqda.

Bugun O'zbekiston yoshlar ittifoqi Xorazm viloyat Kengashi hamda Urganch Ranch texnologiya universiteti va Urganch innovatsion universitetlari o'rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Endilikda mazkur oliy ta'lim muassasalari bilan iste’dodli yoshlarni kashf etish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish, intellektual va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga ko‘maklashadigan klub va to‘garaklar faoliyatini tashkil etish maqsadida ikki tomonlama o‘zaro manfaatli hamkorlik amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, ushbu oliy ta’lim muassasalarida ham Boshlang‘ich tashkilotning ta‘sis yig'ilishi o'tkazilib, universitetlar tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar ovozga qo'yildi. Yoshlar tomonidan berilgan ovozlar natijasiga ko'ra universitet Boshlang'ich tashkilot yoshlar yetakchisi va yo'nalish kordinatorlari saylandi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
872 views04:02
Ochish/sharhlash
2023-04-06 17:08:58


Tashkilotning faol aʼzolariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanomalar berish boʻyicha hujjatlarni qabul boshlandi!

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yilning 14-noyabrdagi 914-son qarorida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolariga oliy ta’lim muassasalariga kirishda imtiyozlar berish belgilangan boʻlib, hujjatlar hududiy Kengashlarimizning masʼul xodimlari tomonidan qabul qilinmoqda.

Nizomga asosan tashkilot hodimlari, sardorlar va boshlangʻich tashkilot yetakchilari nomzod sifatida ishtirok etishlari mumkin.

Tavsiyanomalar berish tartibi va hududiy masʼullar haqidagi maʼlumotlarni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin:

Batafsil: yoshlarittifoqi.uz/uz/announcement/914-qabul-boshlandi

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
6.9K views14:08
Ochish/sharhlash
2023-04-06 12:21:30
#Memorandum #YoshlarIttifoqi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyat Kengashi hamda University of Business and science o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi

Hamkorlik doirasida yoshlarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida belgilangan fuqarolik huquq va burchlarini anglatish ularga mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik va huquqiy islohotlarni mazmun-mohiyatini tushuntirish, oliy ta’lim muassasasidagi yoshlar muammolarini ko‘rib chiqish va hal etishda ko‘maklashish, yoshlarning chuqur bilim olishi, chet tillarini o‘rganishi va zamonaviy axborot texnologiyalarini puxta egallashiga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan kelishib olindi.

Shuningdek iste’dodli yoshlarni kashf etish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish, intellektual va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga ko‘maklashadigan klub va to‘garaklar faoliyatini tashkil etish maqsadida ikki tomonlama o‘zaro manfaatli hamkorlikni amalga oshirish bo'yicha ham memorandumda belgilab o‘tildi.

Universitetning rivoji va kelajakdagi loyihalarini rivojlantriish yo‘lida Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda ishlash bo‘yicha viloyat Kengash raisi va universitet rahbariyati ikki tomon birgalikda harakat qilishlarini kelishib olishdi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
886 views09:21
Ochish/sharhlash
2023-04-06 11:28:56


O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi va Birlashgan millatlar tashkilotining “Aholishunoslik jamg‘armasi” vakillari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi

http://bit.ly/BMTvaYoshlarIttifoqi

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
3.9K views08:28
Ochish/sharhlash
2023-04-06 09:10:21
#Bilarmidingiz #Taʼlim

Qonunchilikka ko‘ra, abituriyent OTM bakalavriatiga kirishda chet tillar sifatida ingliz, nemis, fransuz tillaridan biri bo‘yicha test sinovi topshiradi.

Shuningdek, abituriyent o‘qigan chet tilidan qat’i nazar, xohlagan (ingliz, nemis, fransuz) chet tilidan test topshirishi ham mumkin.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
1.9K views06:10
Ochish/sharhlash
2023-04-05 13:51:48
#QVZ #YoshlarIttifoqi

O‘zbekiston Quvnoqlar va zukkolar assotsiatsiyasi taqdim etadi!

“Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi PREMYER ligasi 1-mavsumi final o‘yini 29-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
Kirish istagida bo‘lgan yoshlarni “ZO‘R TV” telekanalining 3-pavilioniga soat 18:00 da taklif etamiz.

+998935470909

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
1.9K views10:51
Ochish/sharhlash
2023-04-05 10:42:47
#yoshlarovozi

Yoshlar ovozi gazetasining bosh qomusimizda belgilanayotgan yangi normalar va kiritilayotgan o‘zgarishlarga mamlakatimiz yoshlarining munosabati haqida so‘zlovchi yangi sonini e’tiboringizga taqdim qilamiz!

Gazetaning ushbu haftada nashr qilingan 16-sonida quyidagi maqolalarni oqishingiz mumkin:

- Yangi konstitutsiya loyihasini yoshlar nima uchun faol qo‘llab-quvvatlamoqda?
- Referendum nima?
- Ayol teng huquqlidir!
- Referendum va saylov, farqi nimada?
- Bizning fikrimiz muhim!
- O‘z kelajagim uchun ovoz beraman!
- Oliy qonun qanday o‘zgartiriladi?

Pastdagi havola orqali gazetani elektron shaklda mutolaa qilishingiz mumkin:

https://bit.ly/3nKX1A3

Yuklab olish

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
7.9K viewsedited  07:42
Ochish/sharhlash
2023-04-05 09:46:03


Bugungi kunda respublikamizning barcha hududlarida “O‘zbekiston yoshlar mamlakati” shiori ostida yoshlar sayli o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyati Kengashi va Namangan davlat universiteti hamkorligida, oliygohning talabalar turar joyida ham turli xil ko‘ngilochar musobaqalarni o‘z ichiga olgan yoshlar saylini tashkil etdi.

3000 nafardan ziyod talabalarni qamrab olgan tadbir doirasida milliy liboslar tanlovi, manti va karvin tayyorlash, sportning milliy kurash, armrestling, tosh koʻtarish, arqon tortish, shaxmat-shashka va stol tennis turlaridan musobaqalar oʻtkazildi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
4.8K views06:46
Ochish/sharhlash
2023-04-05 08:11:59


Diqqat yoshlar!

O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolariga oliy ta’lim muassasalariga kirishda imtiyozlar berilishidan xabaringiz bormi?

Vazirlar Mahkamasining 2017-yilning 14-noyabrdagi 914-son qarorida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolariga oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli qabul qilishi belgilangan.

Mazkur qarorga muvofiq nomzodlar quyidagi toifalar bo‘yicha tavsiyanomaga ega bo‘lishi mumkin:

1) Yoshlar ittifoqining sardorlari;
2) Yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilotlaridagi yo‘nalish yetakchilari;
3) Yoshlar ittifoqi tizimida ikki yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan fidoyi yoshlar.

Mazkur imtiyozga ega bo‘lish istagini bildirgan yoshlar joriy yilning 5-aprel sanasidan 12-aprel sanasiga qadar O‘zbekiston yoshlar ittifoqining hududiy Kengashiga hujjat topshirishlari mumkin.

Batafsil: yoshlarittifoqi.uz/uz/projects/vm-914-batafsil

SHOSHILING, IMKONIYATNI QO‘LDAN BOY BERMANG!!!

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
5.3K views05:11
Ochish/sharhlash
2023-04-04 20:33:05
#yoshlaryetakchilari #qaror

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining “O‘zbekiston yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qo’shma qarori qabul qilindi.

Qaror bilan yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish bo'yicha quyidagilar belgilanmoqda:

Yoshlar ittifoqining oliy taʼlim muassasalaridagi boshlangʻich tashkilotlari yoshlar yetakchilarini oliy taʼlim muassasalari rektorlarining yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi etib belgilash;

Boshlangʻich tashkilotlari yoshlar yetakchilarini (ilmiy darajaga ega boʻlgan taqdirda) oliy taʼlim muassasalarining prorektori (direktor oʻrinbosari) lavozimiga kadrlar zaxirasiga kiritish;

Har yili namunali faoliyat yuritib kelayotgan Ittifoqning oliy taʼlim muassasalari (tashkilotlari)dagi boshlangʻich tashkilotlari yetakchilarini “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlab borish;

Oliy taʼlim muassasalaridagi boshlangʻich tashkilotlari yoshlar yetakchilarining Respublika Yetakchilar Kengashi aʼzolarini vazirlikning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan doimiy ragʻbatlantirib borish.

Qaror bilan batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin:

http://bit.ly/QarorMatni

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
22.4K views17:33
Ochish/sharhlash