Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

Telegram kanalining logotibi yoshlarittifoqi_uz — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi O
Telegram kanalining logotibi yoshlarittifoqi_uz — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
Kanal manzili: @yoshlarittifoqi_uz
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 14.96K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!
• www.yoshlarittifoqi.uz
• facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
• instagram.com/yoshlarittifoqiofficial
📞 Ishonch raqami: 1093
📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 10

2023-04-09 13:23:46
#konstitutsiya #gerb

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi va gerbining qabul qilinganligiga 30 yil to‘ldi

1993-yil 9-aprel kuni “Qoraqalpog‘iston Respublikasining davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonuni va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi muqaddima, 6 bo‘lim, 26 bob, 121 moddadan iborat.

Shu munosabat bilan barcha Qoraqalpoq xalqini O‘zbekiston yoshlar ittifoqi nomidan chin yurakdan muborakbod etamiz.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
8.1K views10:23
Ochish/sharhlash
2023-04-09 05:00:58
#AmirTemur687

“Yuz ming otliq askar qila olmagan ishni bir to‘g‘ri tadbir bilan amalga oshirish mumkin!”


Bugun buyuk sarkarda, yirik davlat arbobi, qonunshunos, iqtidorli me’mor va notiq - Amir Temur tavalludiga 687 yil to‘ldi. Ismi tilga olinganda iroda, matonat, vatanparvarlik timsoli sifatida namoyon boʻluvchi buyuk bobokalonimiz 1336-yil, 9-aprelda Kesh(hozirgi Shahrisabz) shahri yaqinida, Amir Tarag‘ay oilasida dunyoga kelgan.

Boshqaruv yillari davomida Amir Temur feodal tarqoqlikka barham beradi, Fransiya, Angliya, Kastiliya kabi yirik Ovrupa qirolliklari bilan savdo-diplomatik aloqalarni yo‘lga qo‘yadi. Mamlakatning iqtisodiy va madaniy rivoji, anʼanalarini qayta tiklash uchun oʻzining ulkan hissasini qoʻshadi.

Davlat arbobining ibratli hayot yoʻli, adolat tamoyili asosidagi boshqaruv faoliyati yosh avlod uchun oʻrnak boʻlib, ularda faxr hissini uygʻotadi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
4.9K views02:00
Ochish/sharhlash
2023-04-08 14:11:30
#YoshlarSayli

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyati Kengashi va boshqa bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda Termiz shahridagi “San’at saroyi”da “O‘zbekiston — yoshlar mamlakati” shiori ostida Yoshlar sayli o‘tkazildi.

Yoshlar sayli doirasida sport musoboqalari, intellektual o‘yinlar, kamondan o‘q otish hamda baxshichilik festivallari ham tashkil etildi. Yakunida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar qimmatbaho sovg‘alar va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Kechki dasturlarda xushovoz xonandalarning eng sara kuy-qo‘shiqlari hamda DJ’lar ishtirokidagi shoular tadbir qatnashchilariga quvonch ulashdi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
1.1K views11:11
Ochish/sharhlash
2023-04-08 13:15:02
#JasoratMaktabi #YoshlarIttifoqi

Andijon viloyatida tashkil etilgan “Jasorat maktabi” oʻquv yigʻinining tantanali yopilish marosimi o‘tkazildi.

Tadbir davomida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi raisi so‘zga chiqib yig‘in qatnashchilarining olgan bilim va ko‘nikmalari hayot maktabi vazifasini o‘tashiga ishonch bildirib, kelgusi faoliyatlariga muvaffaqiyat tiladi.

Tadbir yakunida yig‘in ishtirokchilarining 9 nafariga bir oylik Safarbarlik chaqiruv rezervida xizmat o‘tashi uchun maxsus vaucherlar hamda kasb-hunarga yo‘naltirilganligi bo‘yicha sertifikatlar topshirildi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
1.2K views10:15
Ochish/sharhlash
2023-04-08 11:12:20
UNESCO XOTIN-QIZLAR TA’LIMI UCHUN $50 000 MIQDORIDA GRANT TANLOVINI E’LON QILADI

UNESCO xalqaro tashkiloti xotin — qizlarning ta’lim sohasidagi salohiyati va qiziqishini oshirish, gender tengligini targ’ib qilish, adolatli, teng va inklyuziv jamiyatga erishish maqsadida xotin-qizlar ta’limi rivojlanishiga hissa qo‘shgan muvafaqqiyatli loyihalar uchun 2 nafar nomzodga $50.000 grant taqdim etadi.

Nomzodlar belgilangan tanlov mezonlari asosida tanlab olinadi. Taqdim etiladigan loyihalar 2 yil davomida xotin-qizlarning savodxonligini, ularning kasb va hayot uchun ko‘nikmalarini oshirishga hissa qo’shgan bo’lishi lozim.

Tanlov uchun arizalar 2023-yilning 19-may sanasiga qadar qabul qilinadi.

Batafsil: http://bit.ly/GrantTanlov

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
9.1K viewsedited  08:12
Ochish/sharhlash
2023-04-08 06:00:42
#YoshlarSayli

Poytaxtimizning Olmazor tumanida joylashgan “Talabalar shaharchasi”da “O‘zbekiston — yoshlar mamlakati” shiori ostida yoshlar sayli o‘tkazildi.

Batafsil: http://bit.ly/YoshlarSayli

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
291 views03:00
Ochish/sharhlash
2023-04-07 17:08:10
#memorandum

YOSHLAR MASALALARI SOHASIDA O‘ZARO HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI

Bugun O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyat Kengashi va Qarshi innovatsion taʼlim universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Endilikda mazkur oliy ta’lim muassasasi bilan iste’dodli yoshlarni kashf etish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish, intellektual va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga ko‘maklashadigan klub va to‘garaklar faoliyatini tashkil etish maqsadida ikki tomonlama o‘zaro manfaatli hamkorlik amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, ushbu oliy ta’lim muassasalarida ham boshlang‘ich tashkilotning ta‘sis yig‘ilishi o‘tkazilib, universitetlar tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar ovozga qo‘yildi. Yoshlar tomonidan berilgan ovozlar natijasiga ko‘ra universitet boshlang‘ich tashkilot yoshlar yetakchisi va yo‘nalish kordinatorlari saylandi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
4.1K views14:08
Ochish/sharhlash
2023-04-07 15:18:55


OTM yetakchilariga qanday imkoniyatlar yaratilmoqda? (1-qism)

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shma qaror qabul qilingan.

Qaror bilan oliy ta’lim muassasalaridagi yoshlar yetakchilari uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratilmoqda. Xususan:

Yoshlar yetakchilari oliy ta’lim muassasalari rektorlarining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib belgilandi;

Boshlang‘ich tashkilotlar yoshlar yetakchilarining Respublika Yetakchilar Kengashi tashkil qilinadi;

Har yili “Yoshlar kuni” arafasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining tavsiyasi bilan faol yetakchilar “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi;

Oliy ta’lim muassasalarida Yoshlar Kengashlari tashkil etiladi;

Kengash a’zolari ya’ni boshlang‘ich tashkilot kordinatorlari doimiy tarzda moddiy rag‘batlantirib boriladi.

Qarorning to‘liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin:

Batafsil: http://bit.ly/QarorMatni

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
23.2K views12:18
Ochish/sharhlash
2023-04-07 14:53:22
#memorandum

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Buxoro viloyat Kengashi va Osiyo Xalqaro universiteti o‘rtasida memorandum imzolandi

Endilikda mazkur oliy ta'lim muassasasi bilan iste’dodli yoshlarni kashf etish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish, intellektual va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga ko‘maklashadigan klub va to‘garaklar faoliyatini tashkil etish, hamkorlikda yoshlarga oid davlat siyosatini to‘laqonli joriy etish, “Yoshlar press klubi”da xorijiy va xalqaro ekspertlar, talabalar ishtirokida uchrashuvlar tashkil etishga kelishib olindi.

Hamroyev Fayoziddin — Osiyo Xalqaro Universiteti boshlang‘ich tashkilot yetakchisi etib saylandi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
1.4K views11:53
Ochish/sharhlash
2023-04-07 13:03:34
#Imtiyoz

Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga beriladigan arzon uy-joylar to‘lovining:

10 foizi Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi, talabgor ishlayotgan tashkilot va boshqa manbalar hisobiga (boshlang‘ich badal sifatida);

90 foizi banklarning imtiyozli kreditlari hisobiga qoplanadi.

Arizalar tuman hokimi boshchiligidagi hududiy komissiyaga beriladi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
6.2K views10:03
Ochish/sharhlash