Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

Telegram kanalining logotibi yoshlarittifoqi_uz — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi O
Telegram kanalining logotibi yoshlarittifoqi_uz — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
Kanal manzili: @yoshlarittifoqi_uz
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 14.96K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!
• www.yoshlarittifoqi.uz
• facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
• instagram.com/yoshlarittifoqiofficial
📞 Ishonch raqami: 1093
📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-06-10 18:55:16


"Yoshlar oyligi" doirasida Sirdaryolik yoshlar “Zakovat Quiz” o‘yinida bellashishdi!

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi tomonidan "Yoshlar oyligi" doirasida “Bilim va tafakkurimiz - shu el uchun, shu yurt uchun!” shiori ostida “Zakovat Quiz” o‘yini o‘tkazildi. O‘yin davomida ishtirokchilar detektiv mavzudagi qiziqarli savollarga javob berishdi.

Bellashuvda talaba yoshlar hamda yosh harbiy xizmatchilardan iborat 14 ta jamoalar ishtirok etdi. G‘olib jamoalar va faol ishtirok etgan yoshlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

#yoshlaroyligi #zakovatquiz #yoshlarittifoqi

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
910 views15:55
Ochish/sharhlash
2023-06-10 18:36:03


Toshkent davlat texnika universitetida “Bilim va tafakkurimiz - shu el uchun, shu yurt uchun!” shiori ostida festival bo‘lib o‘tdi.

Festival doirasida talaba-yoshlar o‘rtasida osh chempionati, mohir qo‘llar, voleybol, stol tennis, street workout, armwrestling, shaxmat, shashka, kamondan o‘q otish, tosh ko‘tarish kabi musobaqalar tashkil etildi.

#yoshlaroyligi #festival #yoshlarittifoqi

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
798 views15:36
Ochish/sharhlash
2023-06-10 18:25:34


"Yoshlar oyligi" doirasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi!

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyati Kengashi tomonidan "Yoshlar oyligi" doirasida “Bilim va tafakkurimiz - shu el uchun, shu yurt uchun!” shiori ostida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Talaba yoshlardan iborat 18 ta jamoa ishtirokida o‘tkazilgan bellashuv natijalariga ko‘ra "Bilimdonlar" jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

#yoshlaroyligi #zakovat #yoshlarittifoqi

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
832 views15:25
Ochish/sharhlash
2023-06-10 18:23:09


"Yoshlar oyligi" doirasida Qoraqalpog'istonda "Biz bir oila farzandlarimiz!" festivali o‘tkazildi.

Talaba yoshlar ishtirokida o‘tkazilgan festival davomida turli o‘yinlar, fleshmob chiqishlari, sport musobaqalari va shu kabi boshqa ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etildi.

#yoshlaroyligi #festival #yoshlarittifoqi

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
1.3K views15:23
Ochish/sharhlash
2023-06-09 13:20:26


Navoiyda "Yoshlar oyligi" doirasida "Zukko kitobxon" tanlovi tashkil etildi!

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyat Kengashi tomonidan "Yoshlar oyligi" doirasida “Bilim va tafakkurimiz - shu el uchun, shu yurt uchun!” shiori ostida "Zukko kitobxon" tanlovi o‘tkazildi.

Talaba yoshlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan tanlov natijalariga ko‘ra "O‘zbek qizlari" jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

#yoshlaroyligi #zukkokitobxon #yoshlarittifoqi

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
1.5K views10:20
Ochish/sharhlash
2023-05-20 18:16:39
#XXIIAnjuman #uchrashuv

Anjuman doirasida "Kamalakda mehmonda" loyihasining navbatdagi soni bo'lib o'tdi.

Sardorlarimizning an'anaviy loyihalaridan biri hisoblangan "Kamalakda mehmonda" loyihasining navbatdagi sonida Amirxon Umarov mehmon bo'ldi. Taniqli boshlovchi loyiha davomida faoliyatidagi qiziqarli voqealar, sohadagi qiyinchiliklar hamda sardorlarimizga o'z tavsiyalarini o'rtoqlashdi.

Loyiha savol-javob tarzida davom etib, sardorlarimiz o'zini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Loyiha yakunida eng yaxshi savol egalari mehmonimizning esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
796 views15:16
Ochish/sharhlash
2023-05-20 17:44:31
#XXIIAnjuman #uchrashuv

"Yoshlar parlamenti" raisi sardorlar bilan fikr almashdi.

Anjumanning ilk kunlaridan sardorlar uchun foydali bo'lgan o'quv-seminarlar va uchrashuvlarga start berildi. Xususan, "Yoshlar parlamenti" raisi Shaxnoza Jo'ldasova ishtirokida "Yoshlarga oid davlat siyosati" mavzusida uchrashuv tashkil qilindi.

Uchrashuvda sardorlarimiz parlament faoliyati, yangilanayotgan Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonun yuzasidan o'z takliflarini bildirishdi hamda mehmonizdan o'zlarini qiziqtirgan mavzular yuzasidan savollariga javob olishdi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
1.0K views14:44
Ochish/sharhlash
2023-05-20 07:23:32
#ochilishmarosimi #anjuman

Anjumanning tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi

Anjumanning an'analariga sodiq qolgan holda tadbir avvalida yil davomida faoliyat olib borga hududiy va respublika sardorlarimizning faoliyatlari yuzasidan axboroti tinglandi va qabul qilindi.

Anjumanning tantanali ochilish marosimida Qashqadaryo viloyati hokimi o'rinbosari, O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, "Kamalak" bolalar tashkiloti va "Yoshlar parlamenti" raislari so'zga chiqib anjuman ishiga omad tilashdi hamda yoshlar va bolalar o’rtasida yanada samarali loyihalarni o’tkazishda Sardorlarning o’rni yuqoriligiga yana bir bor ishonch bildirishdi.

Tadbirda estrada yulduzlari, ijodiy guruhlar va bir guruh iste'dodli yoshlarimiz o'zlarining musiqiy chiqishlari bilan ishtirok etishdi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
2.7K views04:23
Ochish/sharhlash
2023-05-20 07:23:31
2.2K views04:23
Ochish/sharhlash
2023-05-16 20:05:36
Sardorlarning an'anaviy Anjumaniga 3 kun qoldi!

#Sardorlar #Anjuman #3kun

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
4.0K views17:05
Ochish/sharhlash