Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

Telegram kanalining logotibi yoshlarittifoqi_uz — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi O
Telegram kanalining logotibi yoshlarittifoqi_uz — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
Kanal manzili: @yoshlarittifoqi_uz
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 15.59K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!
• www.yoshlarittifoqi.uz
• facebook.com/yoshlarittifoqi.uz
• instagram.com/yoshlarittifoqi.uz
📞 Ishonch raqami:
📝 Yordam: @yoshlargayordamchi_bot

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 14

2023-03-29 08:11:57
#Referendum2023 #Qoraqalpogʻiston

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi va boshqa bir qator hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda Qo‘ng‘irot tumanida “Konstitusiya meniki, seniki, bizniki. Konstitutsiya o‘zimizniki!” shiori ostida targ‘ibot tadbirini o‘tkazdi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
2.1K views05:11
Ochish/sharhlash
2023-03-28 19:11:27
#Raisvayoshlar #Uchrashuv

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyat Kengashi raisi T.Abdurahmonov Navoiy davlat konchilik texnologiyalar universiteti faol yoshlari va yetakchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda yoshlarning fikr va mulohazalari eshitilib universitetda 3 ta loyiha ya’ni haftaning chorshanba kuni “Har haftada bir kitob”, payshanba kuni “Quvnoq startlar” sport musobaqasi va har juma kuni “Talabalar uchun konsert dasturi” loyihalarini oʻtkazish takliflari qoʻllab-quvvatlandi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
1.6K views16:11
Ochish/sharhlash
2023-03-28 17:51:45
#Konstitutsiya

Oldin kimgadir jinoyat ishi qo‘zg‘atilsa, odamlar uni darrov jinoyatchiga chiqarishardi.

Endi esa ochiq sudda ayblov o‘z isbotini topib, sud qarori kuchga kirmaguncha u aybdor hisoblanmaydi” — yangilanayotgan Konstitutsiyaning 28-moddasi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
681 views14:51
Ochish/sharhlash
2023-03-28 15:44:28
#Referendum2023

Andijon shahrida joylashgan harbiy qism xizmatchilari hamda talabalar ishtirokida “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki. Konstitusiya o‘zimizniki!” shiori ostidagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar yangi konstitutsiyamizning mamlakatimiz hayotida tutgan o‘rni, unga kiritilayotgan yangi qo‘shimchalar va o‘zgarishlar xalqimizning turmush tarzini yanada farovonlashishiga, inson qadrini bundanda yuksalishiga xizmat qilishini ta’kidlab, 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishlariga da’vat etdi.

Elimiz sevgan bir guruh san’atkorlarning eng sara kuy-qo‘shiqlari vohaliklarga olam-olam quvonch ulashdi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
1.1K views12:44
Ochish/sharhlash
2023-03-28 12:53:26


SOVRIN JAMG‘ARMASI 1 MILLIARD SO‘M BO‘LGAN FAN OLIMPIADASIDA QATNASHING

Yangi O‘zbekiston” universiteti tomonidan umumiy sovrin jamg‘armasi 1 milliard so‘m bo‘lgan “Buyuk allomalar izidan” nomli fizika va kimyo fanlaridan olimpiada o‘tkazilmoqda.

Olimpiadada barcha maktab, akademik litsey va professional ta’lim muassasalari bitiruvchilari ishtirok etishi mumkin.

Olimpiada saralash va final bosqichlaridan iborat.

Mukofotlar:

Har bir fan bo‘yicha mutloq g‘olib bo'lgan bir nafardan ishtirokchiga 20 million so‘mdan pul mukofoti hamda “Yangi O‘zbekiston” universitetida tahsil olish uchun bir yillik 100% grant taqdim etiladi.

Shuningdek, har bir fan bo'yicha eng yuqori natijani qayd etgan 10 nafardan sovrindorga 2 million so‘mdan pul mukofoti va “Yangi O‘zbekiston” universitetida tahsil olish uchun bir yillik 100% grant taqdim etiladi.

Shoshiling, ro‘yxatdan o‘tish 7-aprelga qadar davom etadi!

Ro‘yxatdan o‘tish

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
3.6K views09:53
Ochish/sharhlash
2023-03-28 11:17:54
Jizzaxda OTM yetakchilari faoliyati bo‘yicha vazifalar belgilab olindi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyat Kengashi raisi tomonidan viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari boshlang‘ich tashkilotlari va fakultetlarida faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilari ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida yetakchilar tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobotlar tinglanib, kelgusi rejalar bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi.

Yoshlar yetakchilariga konstitutsiyaviy qonun loyihasi mazmun mohiyati ham tushuntirilib, siyosiy jarayonlarda talabalarning faolligini oshirish borasida ham ko‘rsatmalar berildi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
1.4K views08:17
Ochish/sharhlash
2023-03-28 07:21:31


“El-yurt umidi” jamg‘armasi 2023-yilgi 1-stipendiya tanlovini eʼlon qiladi!

Tanlov 500 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, bakalavriat taʼlim dasturi uchun 75 o‘rin, magistratura uchun 275 o‘rin, doktorantura uchun 150 o‘rin stipendiyalar ajratiladi.

Nomzodlarning hujjatlari 2023-yil 1-apreldan 1-mayga qadar respublikaning barcha hududlari vakillari uchun yagona tartib va teng imkoniyat asosida onlayn rejimda va elektron tarzda qabul qilinadi.

Saralash bosqichlari 2023-yil 1-maydan 1-iyunga qadar davom etadi.

Nomzodlar uchun barcha zarur maʼlumotlar jamg‘armaning onlayn hujjat topshirish platformasida batafsil yoritib berilgan: http://admission.eyuf.uz

Tanlovda g‘olib bo‘lgan stipendiatlarning xorijiy universitetlarda taʼlim olishlari uchun barcha xarajatlar Jamg‘arma tomonidan qoplab beriladi.

BATAFSIL

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
4.2K views04:21
Ochish/sharhlash
2023-03-28 07:17:27
"Oʻzbekiston - yoshlar mamlakati" shiori ostida yoshlar sayli Namanganda

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
1.1K views04:17
Ochish/sharhlash
2023-03-27 18:14:12
Poytaxtimizda "Oʻzbekiston - yoshlar mamlakati" shiori ostida yoshlar sayli oʻtkazildi

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
3.4K views15:14
Ochish/sharhlash
2023-03-26 16:02:29
#Soʻrovnoma

Qadrli yoshlar!

Ijtimoiy tarmoqlarimizda sizga kerakli ma’lumot va postlarni, siz istagan vaqtda va shaklda yetkazish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

Mazkur so‘rovnomada faol ishtirok etishga chaqiramiz. Sizning fikringiz biz uchun muhim.

S O‘ R O V N O M A

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
4.8K views13:02
Ochish/sharhlash