Get Mystery Box with random crypto!

Xushnudbek.uz

Telegram kanalining logotibi xushnudbek — Xushnudbek.uz X
Kanaldagi mavzular:
Қурбонлик
Перевод
Euro
Abituriyent
Telegram kanalining logotibi xushnudbek — Xushnudbek.uz
Kanaldagi mavzular:
Қурбонлик
Перевод
Euro
Abituriyent
Kanal manzili: @xushnudbek
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 551.91K
Kanalning ta’rifi

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz!
•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev
•fb.com/xushnudjohn
•twitter.com/xushnudbeck
•instagram.com/xushnudbek
•tiktok.com/@xushnudbekofficial
Reklama uchun:
@xushnudbekreklama

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2024-06-12 09:02:33
Toshkent shahrida 23-iyun kuni Pepsi Zero Marathon bo‘lib o‘tadi!

Avtomobilni uyda qoldirib, Magic City'ga keling, bizga qo‘shiling.  Velomarafon qahramoniga aylaning — tetiklaning va musaffo kelajakka hissa qo‘shing! 

Sizni Toshkentning rang-barang ko‘chalari bo‘ylab 15 km.lik masofa, shuningdek, qimmatbaho sovg‘alar yutib olish imkoniyati kutmoqda!

Har bir ishtirokchiga:
- Start-to‘plam (raqam va futbolka)
- Ishtirok etish uchun medal beriladi.
Har bir nominatsiya bo'yicha mukofot jamg'armasi:
1-o‘rin – 15 million so‘m
2-o‘rin – 7,5 million so‘m
3-o‘rin – 2,5 million so‘m

Ro‘yxatdan o‘tish: iTicket.uz
Chipta sotuvidan tushgan barcha mablag‘ xayriya ishlariga yo‘naltiriladi.
Reklama
65.6K views06:02
Ochish/sharhlash
2024-06-12 07:58:15
DXX: prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, advokat va boshqalarning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi

Jizzax viloyati prokuraturasining bo‘lim prokurori muqaddam sudlangan fuqaroni sudlanganlik holatini o‘zining vakolatli hamkasbi orqali olib tashlashni va’da qilib, evaziga 1000 AQSh dollari va 1 dona “Samsung Galaxy S24 Ultra” rusumli telefon apparatini olgan vaqtida DXX xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

***

Toshkent shahar Yakkasaroy tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tergovchisi va 2 nafar surishtiruvchisi o‘zaro til biriktirib, xizmat mavqeyidan foydalangan holda, bo‘lim ish yurituvida bo‘lgan jinoyat ishi bo‘yicha ayblanuvchiga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llamaslik hamda uning harakatlarini JKning 273-moddasi 5-qismidan 276-moddasining 2-qismi “a” bandiga qayta malakalash evaziga, ayblanuvchining tanishi Q.O. orqali 7 ming AQSh dollari olgan vaqtlarida DXX xodimlari tomonidan ushlandi.

***

Toshkent shahrida yashovchi muqaddam sudlangan 2 nafar shaxs 1980-yilda tug‘ilgan fuqaroning ishonchiga kirib, unga nisbatan IIV huzuridagi Tergov departamenti ish yurituvidagi JKning 168-moddasi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini prokuratura organlaridagi tanishlari orqali uning foydasiga ijobiy hal qilib berish va “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llamaslik evaziga 50 ming AQSh dollari talab qilishadi.

DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda firibgarlardan biri so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda ularni prokuratura tizimidagi tanishlarining shaxsiga aniqlik kiritish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

***

Namangan shahridagi advokatlar hay’ati advokati hozirda JIB Namangan shahar sudida ko‘rib chiqilayotgan jinoyat ishi bo‘yicha sudlanuvchiga nisbatan sud organlaridagi tanishlari orqali ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlanishiga yordam berish evaziga 10 ming AQSh dollari talab qilib, 8 ming AQSh dollari olgan vaqtida DXX xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Ushbu advokat muqaddam JKning 25, 97-moddasi bilan sudlangan shaxs hisoblanadi.

Hozirda mazkur shaxslarning barchasiga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.


@xushnudbek
78.9K views04:58
Ochish/sharhlash
2024-06-11 18:32:24
Prezidentning tadbirkorlar bilan muloqotiga tayyorgarlik boshlandi

Bu yilgi muloqot Qoraqalpogʻistonda boʻlishi kutilmoqda. Oʻtgan yili boʻlib oʻtgan muloqotda biznes egalari uchun qator yangiliklar aytilgan edi. Jumladan, 2024-yilning 1-fevralidan joriy etilgan tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi boʻyicha ham ayni oʻtgan yilgi uchrashuvda topshiriq berilgandi.

Savdo-sanoat palatasining maʼlumot berishicha, mazkur tartib joriy qilingan paytda eng yuqori – “AAA”, “AA” va “A” koʻrsatkichga ega boʻlgan tadbirkorlar soni 727 nafar boʻlgan boʻlsa, hozirga kelib ular 4 ming 398 tani tashkil etmoqda. Oʻrta “BBB”, “BB” va “B” reytingli tadbirkorlik subyektlari esa 36 ming 853 tadan 87 ming 922 taga oshgan.

Reytingda eng yuqori boʻlgan “AAA” koʻrsatkichli tadbirkorlik subyektlariga tizim joriy qilinganidan buyon 213 ta holatda 213,5 milliard soʻm qoʻshilgan qiymat soligʻidan boʻlgan ortiqcha mablagʻlar qaytarib berilgan.

Bu yilgi tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda ham biznes uchun bir qator yangiliklar eʼlon qilinishi kutilmoqda.


@xushnudbek
124.8K views15:32
Ochish/sharhlash
2024-06-11 18:03:59
Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol 13-15-iyun kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda boʻladi.


@xushnudbek
122.6K views15:03
Ochish/sharhlash
2024-06-11 17:33:05
Bugun oʻyin kuni

Jahon chempionatining saralash bosqichida guruhdagi oxirgi o’yinda O’zbekiston terma jamoasi Tehrondagi “Ozodiy” stadionida Eronga qarshi maydonga tushadi.

Uchrashuv soat 22:00 da boshlanadi.


@xushnudbek
129.0K views14:33
Ochish/sharhlash
2024-06-11 16:57:31
Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universitetida (TIFT) 2024-2025-o‘quv yili uchun qabul boshlandi

Bakalavrda 18 ta ta'lim yo‘nalishlari va magistraturada 3 ta mutaxassislik bo‘yicha ta'lim oling

TIFT Universitetida quyidagilar Sizni kutmoqda:

milliy va xalqaro standartlarga asoslangan ta’lim dasturlari;
davlat standartidagi diplom;
malakali professor-o‘qituvchilardan zamonaviy va sifatli ta’lim;
Study & tour dasturida qatnashish va boshqa imkoniyatlar.

Shuningdek, TIFT Universiteti 2 ta xalqaro reytingga ega xususiy universitet hisoblanadi.

TIFT Universiteti Sizni orzularga, mukammallikka va farovon kelajakka yetaklaydi.

Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting yoki qo‘ng‘iroq qiling.

Aloqa markazi: +998712029229

Onlayn ro‘yxatdan o‘tish: tift.uz | @tift_admission_bot

Litsenziya (№216331, 03.11.2022)

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube

Taʼlim reklamasi
124.6K views13:57
Ochish/sharhlash
2024-06-11 13:38:49
Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor Abdulla Qo‘ldoshev "Hisorak" suv omborining tagida turib, holat bo’yicha video bayonot berdi.

Ayni daqiqalarda suv ombori normal rejimda ishlab turibdi, hech qanday vahimaga o’rin yo’q.

Vazirning aytishicha, “Hisorak”suv omborining yon inshoatlaridan chiqarishiga ruxsat etilgan suvning miqdori soniyasiga 122 litrni tashkil etadi. Ya’ni shuncha miqdorgacha suv chiqarilsa, normal hisoblanadi, bundan oshig’i xavfli bo’ladi. Kechagi voqeada esa suv omborning yon inshoatlaridan soniyasiga 66 litr miqdorda suv chiqarilgan. Ya’ni ruxsat etilgan miqdordan ancha kam, yarmidan sal ko’proq.


@xushnudbek
159.2K viewsedited  10:38
Ochish/sharhlash
2024-06-11 11:47:18
Kasb-hunar maktablari uchun qabul kvotalar tasdiqlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun kasb-hunar maktablariga kunduzgi va dual ta’lim shakllari bo‘yicha jami 123 570 ta qabul parametri tasdiqlandi.

Shundan:
Kunduzgi ta’lim shakli – 109 246 ta;
Dual ta’lim shakli – 14 324 ta.

KUNDUZGI ta’lim shakli bo‘yicha kvotani yuklab olish

DUAL ta’lim shakli bo‘yicha kvotani yuklab olish

Hujjatlar 1-iyuldan 20-iyulga qadar (shu kuni ham) vazirlikning my.edu.uz elektron platformasi orqali qabul qilinadi.

Kasb-hunar maktablarida o‘qish to‘liq davlat granti asosida amalga oshiriladi.


@xushnudbek
153.5K views08:47
Ochish/sharhlash
2024-06-11 08:43:12 Rasman: Qurbon hayiti 2024-yil 16-iyun, yakshanba kuni nishonlanadi @xushnudbek
308.2K views05:43
Ochish/sharhlash
2024-06-11 08:34:07 Rasman: Qurbon hayiti 2024-yil 16-iyun, yakshanba kuni nishonlanadi


@xushnudbek
277.5K viewsedited  05:34
Ochish/sharhlash